«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni
-jadval O‘zbekistonda 1995-2003 yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari
Download 1.82 Mb.
|
Ma\'ruza matin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar 1995 1996 1997
3.6-jadval
O‘zbekistonda 1995-2003 yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Jadvaldan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat ob’ekti xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hajmi 167,3 mlrd. So‘mni tashkil etgan. O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi16. Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, 2004-2008 yillar davomida 3904 ta davlat ob’ekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag‘larning jami hajmi 471,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan (3.7-jadval). Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling