«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni
Download 1.82 Mb.
|
Ma\'ruza matin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
Xulosalar:
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir. Asosiy tayanch tushunchalar: Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr. Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui. Iqtisodi uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari. Iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi. Islohotlar konsepsiyasi – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasi. Iqtisodiyotnibarqarorlashtirish – tanglikholatlarigabarhamberishasosidamakroiqtisodiymuvozanatliknisaqlashvaishlabchiqarishniyuksaltirishuchunshart-sharoitlarnivujudgakeltirish. Modernizatsiyalash – jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui. Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi. Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli. Mulk ob’ektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari – mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiymunosabatlar ishtirokchilari. Xususiylashtirish – mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o‘tishi. Davlat tassarrufidan chiqarish – mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling