«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni


Download 1.82 Mb.
bet46/83
Sana20.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1712875
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
Ma\'ruza matin

2. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. SHu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. YOshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.



3. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.
Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
1995 yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston evangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bir osmon ostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allomalar, islom olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar etishib chiqqan. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. AQSH sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000 yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat qilgandan keyin: «O‘zbekistonda yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berayotgani vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi», degan edi.


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga va xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida “...jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqamiz” degan g‘oyani aloxida ta’kidladilar. Ma’lumki, O‘zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko‘ra aholisi ko‘p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O‘zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi deb ta’kidlangan. Konstitutsiyaning 18-moddasiga asosan ular bir xil huquq va erkinliklarga ega. 4-moddada O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi deb qayd qilingan.
Davlatimizning ushbu muxim soxadagi davlat siyosati “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining beshinchi ”Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat soxasidagi ustivor yo‘nalishida” belgilangan.
YUrtboshimizning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal madaniyat markazi hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan. 139 ta milliy madaniy markazlar faoliyat olib bormoqda. Xozirda mamlakatimizda davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib boriladi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etadi, o‘ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. SHu bilan bir qatorda har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. O‘zbekiston kabi ko‘p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi.
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.
O‘zbekiston azaldan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Azal-azaldan ona yurtimizda islom, xristian, yahudiylik, buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab kelgan. Ajdodlarimiz turli din vakillariga bag‘rikeng hamda doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida elkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan norma kiritilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda ham fuqorolarning yuqorida keltirilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari mustaxkamlangan. O‘zbekiston Respublikasida davlat va din munosabatlari qadimiy an’analarga suyanib, ushbu soxaga bag‘ishlangan qonunlar bilan ta’minlangan quyidagi tamoyillar asosida olib borilmoqda:
- Dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
- Diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
- Diniy e’tiqodga ega fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash;
- Dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘zbekistonda fuqarolarning vijdon va diniy erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Hukumatimiz tomonidan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bag‘rikenglik an’anasi qo‘llab-quvvatlanib, yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Xozirda mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub bo‘lgan 2276 ta diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2093 tasi islomiy, 183 tasi noislomiy, shu qatorda 166 ta xristian cherkovi, 8 ta yaxudiy ibodatxonalari, 6 ta baxoiy jamoalari va 1 ta krishnani anglash jamiyati mavjud. Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub yuqorida qayd qilingan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng asosiysi — bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlikning to‘la ta’minlanganligi.
Ushbu oqilona siyosatning mahsuli sifatida bugun yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda, turli din va millat vakillari bir oiladek inoq hayot kechirmoqda. Respublikamizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarning barcha ibodat va marosimlarni emin-erkin bajarib, diniy bayramlarini keng ko‘lamda nishonlashlariga ham har tomonlama sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, musulmonlarning Hayit bayramlari, nasroniylarning Pasxa va Rojdestvo bayramlari, yahudiylarning Peysax, Purim va Xanuka bayramlari ko‘tarinki ruhda tantana etilmoqda. Turli konfessiya etakchilarining diniy bayram kunlari bir-birlarini tabriklab, tadbirlarda ishtirok etishlari an’anaga aylangan. O‘tgan 2019 yilda 7200 dan ortiq fuqarolarimiz haj ziyoratini emin-erkin amalga oshirdilar. Kuniga 500 ga yaqin fuqarolarimiz musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka va Madina shaharlariga borib, umra ziyoratini ado etishdi.
Hukumatimiz tomonidan musulmonlar singari boshqa din vakillari, xususan, pravoslav xristianlari Isroilning Ierusalim – Quddusi sharif shahriga borib, Pasxa bayrami munosabati bilan muqaddas olov olib kelishlariga ham imkoniyatlar yaratib berilgan. U erga zamonaviy samolyotda charter-reys bilan borib kelishlari uchun ham Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent va O‘zbekiston eparxiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” va boshqa tegishli tashkilotlar xizmat ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida respublikamizda yuzlab masjid, cherkov, sinagoga va ibodat uylari qurildi, qayta ta’mirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmui, “Minor” masjidi, viloyat markazlaridagi jome masjidlar, Toshkent, Samarqand va Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, shuningdek, Toshkentdagi katolik cherkovi va buddaviylik ibodatxonasi, Samarqanddagi Arman Apostol cherkovi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifini ilgari surdilar. Ushbu taklifdan kelib chiqib, 2018 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining 51-yig‘ilishida A/Res/73/128-sonli “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi tashkilotga a’zo 193 mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. BMTga a’zo mamlakatlarning 50 dan ortig‘i bu rezolyusiyani nafaqat qo‘llab-quvvatlashlarini, balki unga hammuallif bo‘lishlarini ta’kidladilar.
SHuningdek, yurtboshimiz murojaatnomada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyusiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olgan xolda ushbu sanani O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni taklif etdilar.
Mamlakatimizda ushbu soxadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Xususan shu yilning 7 dekabr kuni AQSH Davlat departamentining rasmiy saytida Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqarganligi haqida xabar qilindi. AQSH Davlat kotibi M.Pompeo diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, qisqa muddat ichida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilgan tezkor va maqsadli chora-tadbirlarning natijasi ekanini qayd etgan. SHuningdek, Davlat kotibi maxsus ro‘yxatdan chiqishda O‘zbekiston tajribasi boshqa davlatlarga namuna bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidladi.
Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida jaholatga qarshi – jaholat bilan kurashish oqibatida nizoli vaziyatlar avj olib bormoqda. Ayniqsa YAqin SHarq mamlakatlarida milliy, diniy, va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar negizida yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida yuzlab odamlarning qurbon bo‘layotgani, minglab kishilarning o‘z boshpanalaridan ayrilib, tug‘ilib o‘sgan yurtlarini tashlab ketishga majbur bo‘layotgani kabi ayanchli jarayonlarning guvohi bo‘lmoqdamiz.
Ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish amaliyotida “O‘zbekiston omili”ning o‘rni, jumladan Prezidentimiz SH.Mirziyoevning xalqaro miqyosda o‘tkazilgan anjumanlarda, masalan BMT Bosh Assambleyasining 72, 75 sessiyalarida, MDH, SHXT davlatlari raxbarlarining oliy darajadagi kengashlarida, Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining uchrashuvlaridagi tashabbuskorliklari omil sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning din soxasidagi siyosati zamirida davlatning dunyoviyligi, din va davlat bir-biridan ajratilganligi haqidagi tamoyil yotadi. O‘zbekistonning din soxasidagi siyosati, o‘z navbatida, xalqaro shartnomalarning bu boradagi talablarini to‘liq e’tirof etadi va fuqorolarning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini ta’minlashni nazarda tutadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling