«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni
Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik
Download 1.82 Mb.
|
Ma\'ruza matin
3. Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik.
O’zbekistondagi ta'limning barcha bosqichlari uchun zamon talablariga javob beradigan yangi davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, shu jumladan, mulitimediyali o'quv dasturlari hamda millionlab nusxada nashr qilinayotgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda. Har bir o'quv muassasasida o'quv adabiyotlarning, shu jumladan, elektron o'quv adabiyotlarining katta zahiralariga ega, o'z axborot-resurs markazlari mavjud. Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ta'limning kutilayotgan davomiylik muddati 1990 yildagi 13,7 yildan 2010 yilda 15,6 yilga o'sdi. Ushbu ko'rsatkich va aholining savodxonlik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha O’zbekiston ko'plab rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetib oldi. Mustaqillik yillarida oliy o'quv yurtlari soni 37 tadan 66 taga o'sdi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993- yil «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis kadrlarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. 1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996- yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi. Mamlakat oliy o'quv yurtlarida ta'lim, fan va ishlab chiqarishni birlashtirish jarayoni rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar, innovasion faoliyat bilan, shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko'ra shug'ullanmoqda. Talabalarning ishlari mamlakatimizning yangi texnologiyalarini va fan keng qo'llaniladigan mahsulotlarni namoyon etuvchi har yillik ko'rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Faqat 2011 yilning o'zida Innovasion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida oliy o'quv yurtlarida yaratilgan texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun 3 milliard 579,4 million so'mlik shartnomalar tuzildi. Talabalarni fundamental izlanishlarga jalb qiluvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o'zaro manfaatli aloqalar yaqindan yo'lga qo'yilgan. Bu yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga keng imkon berdi. Yetakchi oliy o'quv yurtlarida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishtirokida hozirgi vaqtda fan, texnika va texnologiyalarning eng istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha o'quv-ilmiy laboratoriya majmualari yaratilmoqda. Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi. Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentning 2015-yildagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling