«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


Download 1.82 Mb.
bet50/83
Sana20.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1712875
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
Ma\'ruza matin

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Yurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o‘z masalakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga chiqdi. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi.
Chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda.
Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatidan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olmoqda.
2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofi q, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi.
Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling