«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi


Download 1.82 Mb.
bet43/83
Sana20.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1712875
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Bog'liq
Ma\'ruza matin

3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta’kidlash lozim.
Istiqlol Sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda ular ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga ko‘ngdalang qo‘yildi. Islom olami allomalarining diniy qarashlari, ijodiy faoliyatlari o‘rganilib, tavallud topgan kunlari bayram qilindi. Ularga yodgorlik maydonlari yaratilib haykallar o‘rnatildi.
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro‘z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Qadimiy xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda.
Mustaqillik Sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti qayta tiklandi va bu kunlar dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo’lsa, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakat aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi.
Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining erkin va ozod yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi.
Davlatimiz siyosatiga ko’ra, din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar».
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, diniy bag‘rikenglik mamlakatda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir.
O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi:

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling