O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
1920-1930 yillar adabiy xarakatchanligi to‘g‘risida gap borganda shuni ta’kidlash
joizki, azaldan badiiy tafakkuri yuksak bo‘lib olamni xayratlantirib kelgan o‘zbek xalqi bu davrda ham o‘z orasidan ko‘plab ajoyib so‘z san’atkorlarini etishtirib chiqardi. O‘z xalqi orzu- umidlari, maqsad-muddaolarini jonu dilidan kuylab, etuk badiiy asarlar bitgan A.Qodiriy, Hamza Hakimzoda, S.Ayniy, A.Cho‘lpon, M.Sufizoda, A.Fitrat, A.Avloniy singari yozuvchilar sovet voqeligi sharoitida ham o‘z xalqchil pozitsiyalarida sobit qoldilar. Keyinchalik ularning saflariga M.Oybek, G‘.G‘ulom, X.Olimjon, A.G‘ayratiy, A.Qahhor, Uyg‘un, U.Nosir, G.Zafariy, A.Umariy, Oydin, Zafar Diyor singari yangi, navqiron ijodkorlar kelib qo‘shildi. Ular xukmron sovet tuzumi mafkurasi va siyosatining har qanday zo‘ravonligi va tazyiqiga qaramay o‘z xalqining tub milliy manfaatlari, tarixiy an’analari, udumlariga monand tarzda yuksak adabiy asarlar yaratishda davom etdilar. O‘zbek romanchiligi janrida muhim voqea bo‘lgan A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari, shuningdek, A.Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Sadriddin Ayniyning “Qullar”, “Doxunda” asarlari yoxud Hamid Olimjon, U. Nosir, G‘.G‘ulom, A.G‘ayratiy, Uyg‘un sheriyati, K.Yashin, Xurshid, G‘.Zafariy dramatugiyasi buning yaqqol ifodasidir. O‘zbek ijodkorlari mumtoz adabiyotimiz an’analarini davom ettirib umumbashariy va umuminsoniy g‘oyalarni tarannum etuvchi umrboqiy asarlar yaratib, xalq ruhiyatini ko‘tarishda, uning ma’naviy qadriyatlarini ulug‘lashda kamarbasta bo‘ldilar. Dramaturg Xurshid qalamiga mansub “Layli va Majnun”, “Farxod va Shirin” pesalari, Komil Yashinning “Gulsara”, “Ulug‘ kanal” saxna asarlari xuddi mana shu ruxda yaratilganligi bilan ajralib turadi. 30-yillarning alg‘ov-dalg‘ovli kechgan murakkab, ziddiyatli jarayoni o‘zbek san’atining o‘sishi, o‘zgarishida ham muhim iz qoldirdi. Xalq san’atining etuk namoyandalari: A.Hidoyatov, M.Uyg‘ur, E.Bobojonov, X.Nosirova, S.Eshonto‘raeva, Tamaraxonim, Mukarramaxonim, Qori Yokubov, Usta Olim Komilov singarilarning yuksak ijrochilik mahorati mashhuri jahon bo‘ldi. Akademik Xamza teatirida namoyish qilingan “Otello”, “Hamlet” spektakllari xatto chet ellarda, shu jumladan, Shekspir vatani-Angliyada ham yuksak bahoga sazovor bo‘ldi. O‘zbek kinosining shakllanishi va rivojlanishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keldi. “Asal”, “Qasam”, “Ravot qashqirlari”, “Azamat” singari qiziqarli va dolzarb mavzularda yaratilgan ilk kinofil’mlarning o‘sha davrda munosib baholanganligi ham alohida diqatga sazovardir. O‘zbek kinosining dastlabki namoyandalari - N. G‘aniev, K.Yormatov, S. Xo‘jaev, R.Pirmuhammedov singarilarning ijodi ayni shu yillarda elga manzur bo‘ldi. Respublikada madaniy-oqartuv muassalari soni ham yil sayin ortib, ularning ma’rifiy- tarbiyaviy faoliyati, estetik ta’sir ko‘lami to‘xtovsiz oshib bordi. 30- yillarda O‘zbekistonda 205 nomda gazeta va 56 nomda jurnallar (shulardan 132 ta gazeta va jurnal o‘zbek tilida)chiqib turdi. Nashr etilgan kitoblarning umumiy nusxasi 38 mln. 909 ming donadan ortdi. Bu yillarda respublikada 707 ta ommaviy kutubxona, 3078 ta klub muassasalari, 469 ta kinoustanovkalar, 32 ta teatr va 13 ta muzeylar faoliyat ko‘rsatardi. Biroq, respublikamiz madaniy hayotida yuz berib borgan bu xildagi ijobiy o‘zgarishlar, muhim siljishlar bilan bir qatorda juda ko‘plab noxush holatlar, chuqur asoratli hodisalar ham voqe bo‘lganligi sir emas. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling