O‘zbekiston tarixi
-yillar oxiriga kelib (1958) O‘rta Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib Toshkentda
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodiqov, H. Usmonov, T.A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov, I. Hamraev, O. Akromxo‘jaev, T. Zohidov, V. Qobulov, Yo.H. To‘raqulov, Q. Islombekov, J. Saidov, M. O‘razboev, M. V.
50-yillar oxiriga kelib (1958) O‘rta Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib Toshkentda
atom reaktori ishga tushirildi. O‘zbek selektsioner olimlari paxtaning vilt kasalligiga chidamli, tezpishar ko‘plab yangi navlarini yaratdilar. Fizika-texnika instituti olimlarining Quyosh nurlaridan foydalanish bobida yaratgan noyob kashfiyotlari jahon ilmiy ahli e’tirofiga sazovar bo‘ldi. O‘zbekiston hududida ko‘plab neft, gaz, oltin, volfram, simob, qo‘rg‘oshin kabi qimmatli ma’donlarning topilib, foydalanishga topshirilishi-bu geologiya- minerologiya fanining katta, bebaho yutug‘idir. Shu o‘rinda fanda o‘z maktabini yaratgan, ilm-fan ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan T.N. Qoriniyoziy, H. Abdullaev, O. Sodiqov, H. Usmonov, T.A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov, I. Hamraev, O. Akromxo‘jaev, T. Zohidov, V. Qobulov, Yo.H. To‘raqulov, Q. Islombekov, J. Saidov, M. O‘razboev, M. V. Muhammadjonov, S. Mirahamedov, I. Mo‘minov, Ya. G‘ulomov, S.Kamolov, H. Sulaemonova, Z. Umidova, R.N. Nabiev, M. Sharifxo‘jaev, E. Yusupov singari etuk allomalarimizning tabarruk nomlarini tilag olib o‘tish joyiz bo‘ladi. Biroq kezi kelganda aytish lozimki, sobiq tuzum mutasaddilari milliy hududlarda ilmu fanning ravnaq topishiga, uning zaxmatkash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e’tirof topishiga muttasil to‘sqinlik ko‘rsatib keldilar. Buning natijasida olimlarimizning ko‘p yillik mashaqqatli ijodiy izlanishlari mahsuli bo‘lgan qancha-qanchalar noyob kashfiyotlar, ixtirolar hayot yuzini ko‘rmay, amaliyotga tadbiq etilmay qolaverdi. Buning ustiga ilm-fanda katta kashfiyotlar qilgan, o‘z maktabini yaratgan respublikaning mashhur allomalari ham sovet fanining bosh markazi – SSSR Fanlari Akademiyasi nazar-etiboridan chetda qolaverdi. Sovetlar hukmronligining butun 70 yillik davri davomida sobiq SSSR FA tarkibiga O. Sodiqov, H. Abdullaev, S.Yunusov, E.Yusupov singari barmoq bilan sanalarli o‘zbek olimlarininggina a’zo bo‘lib saylanganligi fakti ham bunga jonli misol bo‘la oladi. O‘zbek adabiyoti va san’ati ham urushdan keyngi yillarda nihoyatda murakkab, ziddiyatli jarayonlar silsilasida rivojlanib, davr qiyinchiliklari va muammolariga duch kelib bordi. Negaki, voqelik, real hayot manzarasining badiiy in’ikosi bo‘lgan adabiyot va san’at hukmron mafkuraning doimiy diqqat markazida turganligidan, ijodkorlar faoliyati, ularning har bir sa’y- harakati hamma vaqt tuzum mutasaddilarining qa’tiy nazorati ostida kechgan. Bu esa ular ijodiga, iste’dodi va talantining to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmagin, albatta. Biroq shunday g‘ov va ta’qiblarga, keskin cheklashlarga qaramay o‘zbek adiblari va san’atkorlari har qanday dardu alamlarini ichlariga yutib, o‘z ona yurti, xalqiga xolis xizmat etishga, uning vijdoni bo‘lib yuksak badiiy asarlar, sa’nat polotnolarini yaratishga o‘zlarida kuch, iroda va jasorat topa bildilar. Taniqli adib Oybekning “Nur qidirib”, “Oltin vodiydan shabadalar”, A. Qahhorning “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, Sh. Rashidovning “G‘oliblar”, “Bo‘rondan kuchli”, M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek”, “Toshkentnoma”, R. Fayziyning “Hazrati inson”, S. Ahmadning “Ufq”, P. Tursunning “O‘qituvchi”, P. Qodirovning “Uch ildiz”, O. Yoqubovning “Diyonat”, Shuhratning “Oltin zanglamas”, “Shinelli yillar” singari asarlari buning ayni isboti ifodasidir. Adabiyot maydoniga keyinroq 60-yillardan boshlab kirib kelgan A. Oripov, E.Vohidov, O‘.Hoshimov, J. Kamol, O. Matchon, N. Narzullaev, O‘. Umarbekov, B. Boyqobilov, S. Zunnunova, E. Oxunova, G. Jo‘raeva, O. Xojeva,H. Hudoeberdieva singari yorqin ist’dod sohiblari ham katta avlod namoyondalari an’analariga sodiq qolib, o‘z xalqining dardu tashvishlar, orzu-armonlarini haqqoniy aks ettirgan etuk baddiy asarlar ijod qildilar. Jumladan, E. Vohidov, A. Oripov singari ijodkorlarning o‘z qa’tiy e’tiqodida, fuqarolik pozitsiyasida turib bitgan go‘zal she’riyatining umrboqiyligi, yashovchanligining muhim boisi ham uning xalq ruhiyati, kechinmalari bilan chuqur uyg‘unlashib ketganligidadir E. Vohidovning birgina “O‘zbegim” she’ri muallifga qanchalik bezovtalik, besaranjonlik keltirmasin, ammo u 60-yillarda millionlab o‘zbek kitobxonlari orasida shuhrat qozonib, katta shov-shuvga savob bo‘lganligining o‘zi katta tarixiy voqea bo‘lgan. Xullas, o‘zbek adabiyoti o‘zining buyuk istiqlol sari asta-sekin ilgarilab borishi davomida tez o‘zgaruvchan tarixiy jarayonlarning kutilmagan ne-ne siru sinoatlari, sinovlariga, hukmron tuzumning larzalariyu zarbalariga duch kelganligi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan o‘zbek ijodkorlari faoliyatiga baho beradigan bo‘lsak, so‘z sa’natkorlari vaziyat taqozosi bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi talablari va yo‘l-yo‘riqlarini bajarishga majbur etildilar. Turli janrlarga mansub o‘zbek san’ati, to‘g‘risida gap borganda, bu davrda teatr, kino, tasviriy san’at sohalarida bir muncha o‘sish, o‘zgarish jarayonlari ko‘zga tashlanib turadi. Garchand ko‘pchilik san’at asarlarining mazmun-mundarijasida kommunistik mafkura ta’siri va tazyiqi sezilib tursa-da, biroq shu bilan birlikda ularda xalqchillik ruhi, zamondoshlarimizning maqsad, intilishlari, orzu-umidlari, tashvishlariga hamdardlik, hamohanglik hissi ham aks etib turadi. O‘zbek teatr san’atining otaxoni – Xamza teatri (hozirgi O‘zbekiston akademik milliy teatri)da sahna yuzini ko‘rgan V.Shekspirning “Otello”, “Hamlet”, “Yuliy Tsezar”, R.Tagrning “Gang daryosining qizi”, N.Hikmatning “Sevgi afsonasi”, Uyg‘unning “Navbahor”, Uyg‘un va I.Sultonning “Alisher Navoiy”, M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” spektakllari yana shunisi bilan tamoshabin diqqatini o‘ziga tortadiki, ularda mangu barhayot umuminsoniy qadriyatlar, keng ma’nodagi sevgi, muxabbat, sadoqat tuyg‘ulari keng tarannum etiladi. Respublika teatr jamoalari repertuaridan keng o‘rin olgan va 60-70 yillarda teatr sahnalariga olib chiqilgan I.Sultonning «Noma’lum kishi» S.Azimovning «Qonli sarob», M.Oybekning «Qutluq qon», Uyg‘unning «Qotil», «Iymon», AQahxorning «Ayajonlarim», H.G‘ulomning «Toshbolta oshiq», «Farg‘ona qizi», S.Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni», O‘.Umarbekning «Shoshma, quyosh» singari xalqchil sahna asarlarida ko‘tarilgan muhim ijtimoiy va ma’naviy masalalar keng tomoshobinlar e’tiborini qozonish, ularga estetik zavq-shavq bag‘ishlash barobarida ularni chuqur o‘y-fikrga cho‘mdirgani, qalbi-dilini to‘lqinlantirgani shubhasiz. O‘zbek teatr san’ati dovrug‘ini ko‘tarish, uni elga manzur qilishda katta ijodiy mehnati singan, unga butun umrini bag‘shlagan M.Uyg‘ur, E.Bobojonov, A.Hidoyatov, S.Eshonto‘raeva, O.Xo‘jaev, Sh.Burxonov, R.Hamraev, N.Rahimov, A.Bakirov, Z.Muhammadjanov, H.Nosirova, S.Qobulova, L.Sarimsoqova, G.Izmaylova, B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, S.Xo‘jaev, H.Umarov singari atoqli san’at darg‘alari nomi hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘lib kelgan. Xalq orasidan etishib chiqqan bu fidoiy san’atkorlar har qanday qaltis vaziyatlarda ham katta qalb va jo‘shqin extiros bilan o‘z xalqiga xizmat qilib, uning chinakam mehrini qozonganlar. O‘zbek musiqa madaniyati nufuzi ham bu yillarda ancha yuksalib bordi. Mashrafiy nomidagi O‘zbek Davlat KONSERVATORIYaSI va O‘zbek Filarmoniyasining musiqiy jamoalarining ijrochilik mahorati o‘sib, tobora ko‘proq musiqa shinavandlarining ishonchiga erishib bordi. Ayni vaqtda «Lazgi», «Shodlik», «Go‘zal», xoreografik «Bahor» xalq raqs va «Yalla» vokal cholg‘u ansambllari jamoalarining o‘zbek san’atini rivojlantirish va boyitishda qtlga kiritgan yutuqlari ham tahsinga loyiqdir. Shuningdek bu davr o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati, uning muhim tarkibi-maqom (mumtoz kuy-qtshiqlar) san’ati bobida ham sezilarli izlanishlar bilan bog‘liq kechdi. G‘arbning engil-elpi musiqasi va uning turli-tuman janrlarining faol ta’siriga hamda yoshlarimiz ancha qismining ongi, diliga singishiga qaramay, xalqimizning ko‘p asrlar bilan bo‘ylashadigan, uning azaliy kechikmalari, asl ma’naviy ruhiyatini ifodalab kelgan mumtoz san’ati yashashda davom etdi. Bugina emas, u ajoyib bastakorlarimiz, betimsol xofizlarimiz tomonidan yanada sayqal topib, boyitib borildi. Bunda buyuk bastakorlar bastakor, akad. Yu.Rajabiy, I.Ikromov, T.Jalolov, K.Otoniyozov va boshqa san’atkorlarning xizmati kattadir. O‘zbek klassik san’atini ulug‘lagan, unga yangidan jon bag‘ishlagan sehrli ovoz sohiblari: J.Sultonov, M.Uzoqov, M.Ahmedov, T.Qodirov, E.Haydarov, aka-uka Shojalilovlar, B.Dovidova, N.Yusupova, H.Ohunova, X.Mavlonova, X.Ibrohimova singari xalq hofizlari va hofizalarining tabarruk nomlari xalqimiz dilida bir umrga muhrlanib qoldi. Bu yillarda O‘zbekistonda kino san’ati, tasviriy san’at rivoji bobida ham muayyan o‘sish, o‘zgarish jarayonlari ko‘zatildi. L.Fayzievning «Ulug‘bek yulduzi», Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap», «Sen etim emassan», M.Qayumovning «Bahordan bahorgacha», E.Eshmuhammedovning «Nafosat», «umid qushi» filmlari yoritilgan voqealarining keng qamrovliligi, o‘tkir ijtimoiy xarakterga egaligi bilan alohida ajralib turdi. Biroq bu davrdagi san’at asarlarining ko‘pligiga xolis, haqqoniy baho beradigan bo‘lsak, ularda sobiq sovet tuzimini ulug‘lash, sotsialistik jamiyat afzalliklarini, uning «Yangi zamon kishilari» uchun ochib bergan «Mislsiz» imkoniyatlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtash ohanglari «ufirib» turadi. Bu hol amaliy, tasviriy san’at yohud monumental san’at asarlariga ham, teatr va kino san’ati mahsulotlariga ham birdek xosdir. Chunonchi, sovet hokimiyati davrida O‘zbekistonda yaratilgan7 mahobatli haykallarning eng kamida 99 foizi «Ino‘ilob yo‘lboshchisi» Leninga baYoishlanganligi anio‘dir. Shunningdek Lenin va kompartiya mavzularini keng rejada yoritish, uluYolash respublikada ishlangan va ekranlarga chio‘arilgan behisob kinofilmlarning bosh mazmuni,mohiyatini tashkil etgani faktdir. Bunday filmlar sirasiga «Ino‘ilob tongi», «Ino‘ilob chavandozlari», «Yo‘lchi yulduz», «Lenin yo‘llanmasi bilan», «Olovli yillar» singari kino mahsulotlarini nisbat berish mumkin. Ularning bosh o‘ahramonlari, «harakatlantiruvchi» kuchlari hamishagidek Lenin va uning yao‘in safdoshlari, Rus kommunistlari bordiyu bu asarlarga asosiy o‘ahramon etib mahalliy ino‘ilobchi yohud ilbbor mehnat kishisi tanlab olingan tao‘dirda ham voo‘ealarning o‘sishi, rivoji davomida uning faoliyati «UluYo oYoalar» vakillarining Yooyaviy-tarbiyaviy ta’sirida ularga o‘orashib, singishib, sezilarsiz holga kelib o‘olganligiga shubha yo‘o‘dir. Sovetlar mamlakatida shakllantirilib, keng ildiz otgan o‘udratli mafkuraviy vositalar-radio, televidenie, matbuot va bosho‘a ommaviy axborot kanallari to‘liYoicha yuukmron tuzum minbariga aylantirilib, ular vositasida xalo‘ ommasining ongi, tafakkuri va dunyoo‘arashini «zabt etish» uchun tom ma’noda informatsion kurash olib borilgan. Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o‘zbek zamonida o‘ilgan o‘abohati, o‘oldirgan asorati yana shunda namoyon bo‘ladiki, ular xalo‘imizning ming yilliklar o‘a’riga borib tushuvchi bebaho ma’naviy o‘adriyatlari, asori atiqalari, umrboqiy udumlari va an’analarini yo‘q qilishga, uning imoni, e’tiqodi, islomiy ahkomlarini suslashtirish, pirovardida esa barham toptirishga zo‘r berib harakat etdilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini hukmron tuzumning har qanday topshirig‘ini quloq qoqmay bajaradigan passiv, loqayd, manqurt kishilarga aylantirishga umid bog‘lagan edilar. Ayniqsa bunday nomunosib, notabiiy hatti-harakatlar totalitar tuzum o‘zining so‘ngi nafasini kechirayotgan 80 yillarning ikkinchi yarmida avj oldirilganligi g‘oyatda taassuflanarlidir. Ma’naviyatimiz dushmanlari hatto xalqimiz asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan milliy bayramimiz – «Navro‘z» ni ham tortib olish payida bo‘ldilar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib etdilar. Shunga qaramay iymon-e’tiqodi but, buyuk ajdodlari barhayot udumlariga sodiq o‘zbek xalqi o‘z Navro‘zini xoh oshkora, xoh pinxona bo‘lsin, baholi qudrat nishonlash, u bilan bog‘liq xayrli marosimlarni o‘tkazishda davom etdi va bu orqali yorug‘, dorilamon zamonlar kelishiga chuqur ishonch va umidvorlik tuyg‘usi bilan intiqib yashadi. Nihoyat, Mustaqillik davri kelib boshqa bebaho milliy qadriyatlarimiz qatorida Navro‘zimiz ham o‘z munosib maqomiga ega bo‘ldi va xalqimizning eng sevimli bayrami sifatida har yili yuksak saviyada o‘tkaziladigan bo‘ldi. Xullas, o‘zbek xalqi totalitar kommunistik tuzumning barcha makkorona nayranglari, zug‘umiga dosh berib, o‘z boshiga tushgan og‘ir sinov-sinoatlarni mardonavor engib, oxir-oqibatda g‘olib chiqdi. Uning tabiatan bardoshligi, e’tiqodiga sobitligi, ma’naviy, islomiy qadriyatlarga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi, qolaversa, buyuk bobokolonlarimiz ma’naviy sarchashmalaridan to‘yinganligi – bular hukmron tuzum zulmkorlarining har qanday zulm-zo‘ravonligi sharoitida ham xalqimizning o‘zligini, milliy-ruhiy qiyofasini saqlab qolishida hamda istiqlol so‘qmoqlaridan ilgarilab borishida muhim, hal qiluvchi rol o‘ynadi. Sinov savollari. 1. Sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan madaniy siїsati o‘anday mao‘sadlarni ko‘zda tutgan edi? 2. Respublikada Xalo‘ ta’limining rivojlanish jarayoni o‘anday kechdi va uning jiddiy muammolari hao‘ida nimalar deya olasiz? 3. Respublikada Oliy va o‘rta maxsus ta’limning shakllanishi, uning yutuo‘ va nuo‘sonlari, muammolari to‘Yorisida fikrlaringiz? 4. O‘zbekistonning ilm-fani tarao‘o‘iїti va uning tanio‘li namoyandalari faoliyati hao‘ida so‘zlab bering. 5. O‘zbek adabiyoti va san’atining rivojlanishi o‘anday murakkab, ziddiyatli jarayonda kechdi va buning asosiy sabablari nimada? 6. O‘zbekistonda «Hujum» harakati mavsumini o‘tkazishdan ko‘zlangan mao‘sad nima edi? 7. XX asr 20 yillarida o‘tkazilgan «Hujum» harakati o‘zbek xotin-o‘izlari hayotiga o‘anday yangi o‘zgarishlar olib kirdi? 8. O‘zbekistonda din va dindorlarga o‘arshi hujumkor kurash nima mao‘sadlarda avj oldirildi? 9. Stalin o‘ataYoonligi respublikaning ma’naviy-madaniy haїtini o‘anday mudhish oo‘ibatlarga duchar etdi? 10. Nima sababdan o‘zbek milliy ziyolilari o‘ataYoon o‘ilindi? 11. 30-yillar o‘aataYoonlik o‘urbonlari – atoo‘li o‘zbek adiblari va san’atkorlari nomlarini tilga oling. 12. Urushdan keyin respublikada avj oldirilgan stalincha o‘atataYoonlikning yangi to‘lo‘ini hao‘ida so‘zlab bering. 13. Urushdan keyingi davrlarda O‘zbekistonda Xalo‘ ta’lim, ilm-fanning ahvoli, muammolari to‘Yorisida tushuncha bering. 14. Urushdan keyingi yillarda o‘zbek adabiyoti va san’atining murakkab, ziddiyatli kechgan jarayoni, uning yutuo‘ va jiddiy nuo‘sonlari, muammolari hao‘ida so‘zlab bering. 15. Respublika ma’naviy-madaniy hayoti sohalariga ztravonlik ta’siri va taziyo‘i o‘ay tarzda kuchayib bordi? 16. «O‘ayta o‘urish» siyosati o‘zbek xalo‘ining ma’naviy hayotiga, uning milliy o‘adriyatlariga o‘anday asoratli ta’sir o‘tkazdi? 17. O‘zbek xalqining milliy istio‘lol Yooyasiga sodio‘ligi va chuo‘ur ishonchining asl ma’naviy ildizlari nimada? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling