O‘zbekiston tarixi


Urushdan keyingi davrda O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy hayoti. Unga hukmron


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

2. Urushdan keyingi davrda O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy hayoti. Unga hukmron 
kommunistik mafkura tazyiqining kuchayishi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin kechgan va to yurtimiz milliy istiqloliga qadar davom 
etgan so‘nggi o‘n yilliklar davridagi ma’naviy-madaniy hayotimiz qiyofasini ko‘zdan 
kechirarkanmiz, bunda juda ko‘plab murakkab holatlarga duch kelamiz. Dastavval, bu davr 
nechog‘liq ziddiyatli, bo‘hron va tanazzullik hollar bilan kechmasin, u respublikaning ma’naviy-
madaniy hayotida ancha sezilarli iz qoldirdi. Eng muhimi, hukmron mafkuraning har qanday 
zo‘rligi, tazyiqiga qaramay xalqimiz o‘zligi, imon-e’tiqodi e’timadini, yorqin istiqlolga bo‘lgan 
chuqur ishonchini saqlab qololdi. Bugina emas, u shu istiqlolga erishish uchun o‘zida etarli 
qudrat, iroda topa bildi. Shu bilan birlikda ma’naviy-madaniy hayotning barcha sohalarida, 
chunonchi,xalq ta’limi, tibbiyot, ilm-fan, adabiyot, sa’nat singari jabxalarda muayan 
o‘zgarishlar, ijobiy siljishlar qo‘lga kiritib borildi. Ayni zamonda bu soxaga oid jiddiy 
muammolar ham ko‘paygandan ko‘payib, hayot kun tartibiga qo‘yila bordi. Respublika 
ma’naviy hayotining muhim soholaridan biri hamma vaqt ham halq ta’limi tizimi bo‘lib kelgan.
1958 yil dekabrida SSSR Oliy Soveti «SSSR dagi maktabning turmush bilan aloqasini 
mustahkamlash va xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» qonun qabul qildi. 
Unda o‘qitishni turmush bilan bog‘lab olib borish, yoshlarni aqliy axloqiy va ma’naviy etuk 
shaxslar etib shakllantirish, ularga umumiy politexnik ta’lim berish vazifalari ilgari surildi. Bu 
qonun va undan kelib chiqadigan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining 
rivojlanishi uchun ham asos qilib olindi. 10 yillik maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi. 
Maktablar uchun yangi zamonaviy o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar yaratildi. Maktablarda 
ustaxonalar qurildi, tajriba lobaratoriyalari barpo etildi. O‘quvchilarga politexnik ta’lim berish 
uchun mashinasozlik, qurilish, sanoat va qishloq ho‘jligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot darslari 
o‘tish yo‘lga qo‘yildi. 
1962 yilga kelib umumiy majburiy 8 yillik ta’limga o‘tish amalga oshirildi. Barcha 7 
yillik maktablar 8 yillik maktablarga aylantirildi. 
Respublika hukumati xalq ta’limi sohasini takomillashtirib borishga doimiy e’tibor 
qaratib bordi. Buning konkret ifodali o‘laroq 1966 yilda chiqarilgan «Respublika umumta’lim 
maktablari ishini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida» va 1969 yildagi «Respublika umumiy 


o‘rta ta’limga o‘tish munosabati bilan xalq maorifini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi 
qarorlarni keltirib o‘tish joizdir. Bu qarorlarda yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga katta e’tibor 
berish umumiy o‘rta ta’limga o‘tish bilan bir qatorda xalq ta’limi muassasalarining moddiy 
bazasini mustahkamlash, kapital qurilishi ishlarini kuchaytirish masalalariga ham alohida urg‘u 
berildi. 70-yillar o‘rtalariga kelib respublikada umumiy o‘rta ta’limga o‘tish yakunlandi.1965-
1985 yillar davomida barcha turdagi umumta’lim maktablari 8716 tadan 9188 taga ko‘paydi, 
o‘quvchilar soni esa 3055,8 ming nafar boladan 6519,6 ming nafar bolaga ortdi. 1965-1985 
yillarda respublika maktablarida o‘rta ma’lumot olganlar soni 5,7 mln. kishidan oshib ketdi. 
Biroq xalq ta’limi tizimi manzarasini ko‘rsatuvchi bu raqamlar bu sohada ko‘zga tashlanib 
borgan jiddiy kamchiliklar va nuqsonlarni ko‘rish va ularni tahlil etishimizga xech bir monelik 
qila olmaydi. Negaki, totalitar tuzum zug‘umi va bedodligi, qolaversa ijtimoiy xayot sohalarida 
va kechgan turg‘unlik jarayonlari bu sohaga ham o‘z asoratini o‘tkazmay qolmagan. Ta’lim 
tizimi mazmuni va mundarijasining kompartiya dasturlari va rejalari asosida belgilanishi va 
xuqmron mafkura tamoyillari va talabalariga bo‘ymingirilishi, o‘quv dasturlari qo‘llanmalari va 
darsliklarning har bir milliy respublika xalqning o‘ziga xoslik, milliylik xususiyatlaridan ayricha
umumsovet andozalari asosida tuzilishi - bular novqiron avlodning to‘laqonli shaxs sifatida 
kamol topishiga o‘z yurti, xalqi ona zamini uchun munosib farzand bo‘lib ulg‘ayishiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Muhtaram Yurtboshimiz sobiq sovet tuzumi davridagi ta’lim 
tizimining nomaqbul, qusurli jihatlari xususida fikr yuritib, bunda shularni aloxida uqtirgandi: 
o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yo‘l qo‘yilmaslik xar qaysi 
o‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, uning sobiq sovet tuzimiga va 
sohta g‘oyalarga sadoqatini xisobga olib baholash va hayotga yo‘llash tamoyili asosiy o‘rin 
egallardi. Ko‘p joylarda sifat o‘rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Bu tizim Vatanga, 
xalqiga, millatiga fidokor mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli, ijodiy ravishda yoki 
izlanuvchan tarzda hal qiladigan kadrlarni emas, balki sayoz saviyali, mute xodimlarni ko‘plab 
etishtirgani sir emas.
1
Shu bois ham umumta’lim maktablarini tamomlab chiqqan yoshlar hayotga etarli tayyor 
bo‘lmaganligidan ular na biror ishning boshini ushlay olar va na biron bir kasb-xunar bilan 
shug‘ullana olardilar. Shuningdek maktab binolarining etishmasligi, moddiy – texnik bazaning 
zaifligi ham xalq ta’limi tizimining umumiy ta’lim va tarbiya sifatiga jiddiy salbiy ta’sir 
ko‘rsatgan. 
Respublikaning Oliy va O‘rta maxsus ta’lim tizimi ham urushdan keyingi davrlarda ancha 
murakab jarayonlarni boshdan kechirdi. 
Xukmron tuzum o‘z mafaatlaridan kelib chiqib O‘zbekistonda bu tizimni rivojlantirish 
uning muammolarini hal etish, uni davr talabalari darajasida tashkil etishga qarata yo‘l tutdi. 
Hayot taqazosi, zamon zayli bilan Respubikada Oliy ta’lim dargohlari ko‘payib, ularda turli 
yo‘nalishlarda yuqori ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlari olib borildi. Jumladan, 50 
yillarda 3 ta Oliy o‘quv yurti –Andijon tibbiyot, Toshkent elektrotexnika aloqa, fizkultura 
institutlari; 60 yillarda yana 8 ta oliy o‘quv yurtlari - Andijon paxtachilik, Farg‘ona politexnika, 
Samarqand arxitektura - qurilish institutlari, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika 
institulari, Andijon tillari pedagogika instituti, Toshkent rus tili va adabiyot pedagogika Instituti 
tashkil etildi. 70 yillarda yana 5 ta Oliy o‘quv yurti Nukus davlat universiteti, Toshkent 
avtomobil- yo‘llar instituti, Toshkent pediatriya instituti ochildi. Shuningdek yangi fakultetlar 
viloyatlarda esa yirik oliy o‘quv yurtlarining filiallari tashkil etildi. Yangi zamonaviy 
mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshladi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling