O‘zbekiston tarixi
-mavzu: Mustabid sovet tuzumining O‘zbekistondagi qatag‘onchilik
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovetlar mamlakatida totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining shaklllantirilishi
13-mavzu: Mustabid sovet tuzumining O‘zbekistondagi qatag‘onchilik
siyosati va uning oqibatlari REJA: 1. Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi. 2. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. 3. Urushdan keyingi yillarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zo‘ravonligining kuchayishi. 4. Milliy ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi to‘lqini. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. «Har qanday muxolifat bilan bahslashmoqqa tayyorman». T. 1. –T.: O’zbekiston, 1996, 227-237 betlar. 2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston, 1997, 49-69 betlar. 3. Usmonov Q. va boshqalar. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006, 335-350-betlar. 4. O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000, 385-410 betlar. 5. Usmonov Q., Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. (1917-1991 yillar). -T.: Sharq, 2002, 121-132 betlar 6. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003, 464-451-betlar 1.Sovetlar mamlakatida totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining shaklllantirilishi. XX asrning 20-yillari davomida sovetlar mamlakatining boshqaruv idora qilish tizimi ham keskin o‘zgarishlarga yuzi tutib bordi. Ayniqsa, “sotsialistik inqilob” yo‘lboshchisi V.Lenin vafotidan keyin (1924) partiya va davlat hokimiyati muruvatlarini o‘z qo‘liga to‘play borgan I.Stalin tez orada o‘z hokimiyatparastlik va amalparastlik nafsoniyatlariga erk berib, butun mamlakatni boshqarishda yakka xukmdor bo‘lishga zo‘r berib intildi. Bunda u o‘ziga bildirilgan katta ishonch hamda berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilib, o‘z atrofiga bir gurux xushomadgo‘y, laganbardor, labbaychi raxbar kadarlarni to‘plab, ularni o‘z izmiga bo‘ysindirib, o‘z bilganicha xohlaganicha, o‘zboshimchalik bilan siyosat yuritish yo‘lini tutdi. V.M.Molotov, K.Ch.Voroshilov, L.M.Kaganovits, A.A.Jdanov keyinroq esa G.M.Molenkov, N.I.Ejov, L.P.Beriya singari malakdosh-u, hamfikr safdoshlar bu borada unga elkadosh bo‘lib, sadoqad va sodiqlik namunalarini ko‘rsatdilar. Bundan mamnunlikni his etgan Stalin esa ilmiy va nazariy bilimlari bo‘sh sayoz, g‘oyaviy saviyasi past asosan ma’muriy metodlar bilan ish ko‘rish, irodasini boshqalarga majbur qilishga ustamon bo‘lgan bu sinashta arboblar bilan bir yoqadan bosh chiqarib, partiyaning etuk, bilimdon inqilobiy kurashlarda toblangan raxbar kalrlarni birin- ketin o‘z yo‘lidan supra bordi. Masalan, mamlakat va partiya hayotining juda ko‘plab bolzarb masalalarida xusussan industriallashtirish, qishloqda dexqon xo‘jaliklarini jamoalashtirish, yohud aholining turli ijtimoiy, tabaqalariga munosib, xarbiy qurilish sohalarida o‘x xolis. xaqqoniy qarashlari nuqtai nazarini bayon qilgan Protskiy, Kamenov, Buxarin, Tomskiy, Rikov, Krestinskiy, Raskolnikov singari o‘nlab etuk arboblar partiyaning bosh yo‘liga qarshi chiqishda ayblanib, har-hil asossiz tuxmat-bo‘xtonlar bilan qoarlanib, vazifalardan chetlashtirildi. Keyinchalik esa Stalin qatag‘onchiligi avjiga mingan 30-yillarga kelib, ular deyarli jismonan yo‘q qilib yuborildi. Ayni chog‘da ularning milliy respublikalardagi “dumlari” topilib, ular ham turli partiyaviy va jinoiy jazo choralariga duchor etildi. Agar mazkur masalaga chuqurroq mantiqan yondashadigan bo‘lsak, u holda sovetlar mamlakatida 20-yillarda shakllanib, muayyan shaklu tamoyil va qiyofa kashf etib borgan totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi faqat birgina Stalin va uning yaqinlarining xohish-irodasi, mayl-istagi bilangina qaror topgan deyish etarli asosga ega bo‘lmagan bo‘lardi. bu tizimga xos va mos bo‘lgan sinfiylik, partiyaviylik, mafkuraviylik tamoyillari hamda shu pozitsiyadan turib voqea, xodisalarga yondashish, jamiyat kuchlariga zulm-zo‘ravonlik o‘tkazish, o‘z irodasi, g‘oyalarini majburlash bunga ko‘nmaganlarni esa qiyin-qistovlarga olish, irodasini so‘ndirish, xatto ularni ma’nan va jismonnan yo‘q qilishgacha borish xollari va ko‘rinishlari aslida sovetlarning dastlab zo‘rlik bilan hokimiyat tepasiga kelishidan shuningdek, Turkison o‘lkasida ham uning jangu jadal bilan o‘rnatilishidan boshlanganligi ayni xaqiqatdir. Demak, SSRda totalitar va avtolitar xarakterdagi ma’muriy-boshqaruv tizimi sovet xokimiyatining butun borishi, jamiyat hayotining barcha jabxalarida uning pozitsiyasi va mavqeyining kuchayishi davomida shakllantirib borilgan, uning sarchashmalarida eng avvalo kompartiya dohiysi Leninning o‘zi turgan. Uning sinfiylik partiyaviylik negiziga qurilgan odamlarni aldash, chalg‘itish, tafakkuri, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish maqsadlariga yo‘nalgan usti yaltiroq, jimjimador puch komunistik g‘oya, ideallari bu tizimni oziqlantirgan, to‘yintirgan va asosiy manba bo‘lgan. Stalin esa Lenindan so‘ng partiya va davlat boshqaruvi tizimidagi katta xokimiyatga ega bo‘lib olgach, siyosati va an’analarini davom ettirib, buni o‘z mayl-maqsadlariga xoxish-irodasiga yanada moslashtirib bordi. Yagona sotsializm qurayotgan mamlakatning alohida o‘ziga xos mavqei, uning kapitalistik dunyo qurshovida ekanligi , shu bois bu tuzumga nisbatan turli ichki va tashqi kuchlar xuruji xavf-xatari bo‘lishi ehtimolining saqlanib qolyotganligi va shu singari holatlar uning rahbariyati, yo‘lboshchilari uchun tabiiy suratda shu qadar katta, chegara bilmas xuquq va vakolatlarni bergan ediki, bulardan Stalin o‘z nafsoniyati va yakka xukmdorligini to‘la qaror toptirish boarsida g‘oyatda ustamonlik bilan foydalangan. Ayniqsa bunday qulay vaziyat va imkoniyatlar uning partiya va mamlakat nomidan bir yoqlama tarzda o‘zboshimchalik bilan o‘tkazib borgan siyosatiga, Markazqo‘mning “bosh siyosatiga”, u yoki va darajada e’tiroz bildirgan ichki muhofatchi kuchlarni o‘ziga yoqmagan partiya va davlat arboblarini qoralash va daf etishda qo‘l kelgan. Ayni paytda tarix saxniga ko‘tarilgan bu shaxs nomini ayricha ulug‘lash, ko‘klarga ko‘tarish, mamlakat erishb borgan barcha yutuq, zafarlarni unga nisbat berish, uni har qanday xatto nuqsonlardan holi buyuk dohiy, sifatida ta’rif tavsiflash an’anaviy tusga kirib, komfirkaning barcha mafkuraviy kuril, vositalari, tuzui moddoxlarining betinim da’vati to‘lig‘icha oqibati xunuk va xalokatli shu mumtoz maqsadalar sari yo‘naltirilgan. 20-yillar ohiri, 30-yillar boshlariga kelib, partiya Marazqo‘mi va uning bosh yo‘liga, ichki va tashqi siyosatiga qarshi yo‘nalgan xar-xil muxolifatchilik chiqishlari barham toptirilib, partiya saflari “yot unsurlardan” to‘la “tozalangach”, Stalin bosh bo‘lgan tanho hokimiyat rejimi qz bilganicha, xohish-istagicha faoliyat yurita boshladi. Endilikda to‘la shakllanib avjiga mingan totalitar mustabid tizimning po‘lat panjasi etaydigan ijtimoiy hayotning biror bir sohasi qolmagandi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling