O‘zbekiston tarixi
Urushgacha bo‘lgan davrda sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan qatag‘onchilik
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
2.
Urushgacha bo‘lgan davrda sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan qatag‘onchilik siyosati, uning oqibatlari Sobiq sovetlar mamlakatida, Sialin yakkaxokimligi totalitar ma’muriy boshqaruv tizimining uzil-kesil shakllanib faol xarakatga kelishi uning millionlab oddiy fuqorolaridan tortib, to bu tizimning turli bo‘g‘inlarida faoliyat yurgizgan ko‘p sonli sofdil, vijdonli, diyonatli, yurtparvar, vatanparvar rahbar, kadrlar, ziyolilar uchun, ularning hayoti qismati uchun mislsiz fojia bo‘ldi. Endilikda hukmron siyosat va mafkura xizmatiga shay turgan son-sanoqsiz tuzum gamashtalari, kallakesarlari butun mamlakatni larzaga solib, o‘ziga nishon qidirib, odamlarni qon-qaqshatib, o‘zlarining jirkanch, qaboxali ishlarini bemalol amalga oshira olardilar. Negaki, bunday qonli fojiali voqealarning sodir etilishi rasmiy siyosat tusini olgan edi. Ayniqsa bunday milliy sovet respublikalari, shu jumladan O‘zbekiston zaxmatkash, jabrdiyda xalqi ko‘proq aziyat chekdi. Gap shundaki, o‘z yuksak hokimiyati kuch-qudratini to‘la ishga solishga qodir bo‘lib olgan hukmron Markaz bu respublikalarda kechayotgan hayot maromi, turli-tuman ijtimoiy jarayonlarni o‘z nazoratida tutib, ularning borishiga o‘z amri, ta’sirini bemalol o‘tkaza olardi. Mustabid tuzum Markazda va joylarda o‘z mutloq hokimiyatini shakllantirib borar ekan, bunda u o‘ziga sodiq muayyan ijtimoiy va siyosiy kuchlarga tayanishi ham kerak bo‘lardi. Shu maqsadda markaz hukumati “Sotsialistik qurilish” jarayonining butun davomida O‘zbekistonga o‘zining ko‘p sonli sadoqatli xodimlarini mas’ul vazifalarda ishlash uchun yuborib turganligi tasodifiy emasdir. Shuningdek Markaz O‘zbeksitonlik milliy kadrlarning kundalik ishlariga “ko‘z-quloq” bo‘lish ularning faoliyatini tekshirish, taftish qilish barobarida sotsializm yo‘liga sadoqat bildirganlarni tanlash, lozim bo‘lganda ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarishni ham o‘z e’tiborida tutgan. Shu bois Markaz ishonchini qozonib, uning nufuzli nomoyondalari bilan yaqindan hamkorlik qilgan, kerak bo‘lganda o‘z xalqining manfaati qiziqishlarini ko‘zlab ish yuritgan tajribali bilimdon milliy kadrlar soni ham ko‘payib borgan. Ammo Stalinning yakka xokimligi kuchayib, totalitar tuzum bedodligi avj olib borgan sari bunday kadrlarni arzimas sabab va bahonalar bilan qiyin-qistovga olish, vazifalardan chetlatish yohud har hil darajadagi jazo choralariga mahkum qilish odatiy tusga kirib borgan. “Qosimovchilik” guruxi ham 1929-30 yillarda sovet xukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag‘on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma ish bo‘lgan. O‘zbekiston Oliy sudi lavozimida ishlagan Sa’dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari Olimov, Musaboev, Sharipov, Spirodonov, va boshqalar 1929 yilning ikkkinchi yarmida qamoqqa olinadilar. Ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqadorlikda ayblanadilar. Guruxning ko‘pchilik a’zolari asossiz ayblar bilan qoralanib xukm etiladi, qolganlari esa ko‘p yillik qamoq jazolariga tortiladi. Biroq Stalinning shaxsiy rejimi zulmkorlari uchun bu berilgan qurbonlar, shubxasiz kamlik qilardi. Mustabid tuzum farmonbardonlari uchun O‘zbekiston singari milliy respulika rahbarlari, xodimlarini to‘la itoatda tutishning birdan bir sharti bu ularning mustaqillik faoliyatiga izn bermaslik, vaqti-vaqti bilan milliy kadrlarni siltab turish, ularning yo‘q xatolari ayblarini topib, shavqatsiz jazolash edi. Milliy kadrlar faoliyatida bunday noinsoniy, g‘ayriqonuniy va g‘ayritabiiy tarzda yondashuv oqibatida respublikada o‘n yillar davomida o‘z tinimsiz jo‘shqin faoliyati, ongli hayotini sovetlar ishiga, sotsializmning soxta g‘oyalari g‘alabasiga bag‘ishlangan qachalab etuk partiya va davlat rahbarlari qatag‘onlik komiga duchor bo‘ldilar. Bunga A.Ikromov, F.Xo‘jaev, A.Rahimboev, N.Xo‘jaev, N.Turaqulov, T.Risqulov, S.Segizboev S.Tursinxo‘jaev, I.Oriqov, A.Karimov singari yurt rahnamolarining ayanchli achchiq qismati yorqin misol bo‘la oladi. 1937-39 yillarda O‘zbekistonda bir qator yirik aksilinqilobiy tuzilmalar “fosh etildi” va “tugatildi”. Bular: respublika rahbarlari A.Ikromov, F.Xo‘jaev boshchiligidagi “Burjua – millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti Markazi”, Abdurauf Qoriev rahbar bo‘lgan “musulmon ruxoniylarining millatchi isyonkor tashkiloti”, “Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”, “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli aksilinqilobiy tashkilot, I.Oriqov boshliq “Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”, “Ingliz josuslik rezidenturasi”, “Yapon josuslik - qo‘poruvchilik rezidenturasi” va boshqalar edi. Eng so‘ngi ma’lumotlar, xujjatlarni har tomonlama o‘rganish, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika xududida respublika xududida umuman bo‘lmaganligini tasdiq etmoqda. Demak, bular aslida Markaz buyurtmasi asosida tayin to‘qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq soxta jinsiy ishlar bo‘lgan. Vaholanki, buning orqasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shavqatsiz jajolangan, aziz umrlari xazon bo‘lgan. Faqat 1937-39 yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari esa turli muddatli qamoq va surgunlarga xukm etilgan. Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligi va battolligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu qorong‘u saxifasi xalqimiz dilida mangu o‘chmas armon bo‘lib qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayligina to‘la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqorolari chinakam ro‘shnolik topishga erishdi. Stalincha qatag‘onchilik butun mamlakat va milliy xududlar, ittifoqdosh respublikalarbo‘ylab keng miqqiyosda kasb etib, o‘z komiga duch kelgan hamma narsani, avvalo, jamiyatning ilg‘or sog‘lom kuchlarini topib bordiki, bundan eng ko‘p milliy ziyoli kadrlar aziyat chekdi, mislsiz qurbonlar berdi. Negaki, bu xunxo‘r rejim mutasaddilari o‘zlari nodon, joxilkimsalar bo‘lganligadan ilmu-urfon, ma’rifat va ziyo ahlini qadrlash, e’zozlash emas, balki ularni xo‘rlash taxqirlash, kerak bo‘lsa yo‘q qilishni o‘zlariga kasb qilib olgandilar. Shu sababli vaqti-vaqti bilan ziyoli kadrlarni “elak-elak” qilish, qatmi om chig‘irig‘idan o‘tkazish ular uchun odatiy xolga aylangan edi. Eng alamli jixati shuki o‘z elini jonu dildan sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror ma’naviyatiga murojat etib undan asarlar bitgan, buyuk ajdodlar nomini tilga olib, ulug‘lagan vatanparvar ijodkorlar, ilm-ma’rifat ahli birinchilar qatorida qatli omga duchor qilindi. Masalan butun hayotini, barakali ijodini millat baxt-saodati, yurt istig‘boli uchun bag‘ishlagan Munavvar qori mana shu davrda avj olgan sovetlar ig‘vosi va bo‘xtoni qurboni bo‘ldi. Uning rahnaioligada millat istiqloli, kelajagi yo‘lida faoliyat yuritib, xalqqa ziyo taratib kelgan “milliy istiqlol” tashkilotining 87 a’zosi ustidan sud uyushtirldi. Ularning 49 nafari xalq dushmani, burjua millatchisi degan bo‘lmag‘ur ayblar bilan qoralanib, og‘ir jazolarga xukm qilingan yohud otib tashlangan. Bu o‘rinda o‘zbek adabiyoti va ilmu-ma’rifatining tayanch ustunlari bo‘lgan, noyob ijodlari xalq mexrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Maxmud Botu, Usmon Nosir, Elbek, G‘ozi Yunus, Said Ahroriy, Said Fizo Altizoda kabi ajoyib iste’dodlarini quruq tuxmatlar asosida “xalq dushmanlari” sifatida jismonan yo‘q qilinb, yorqin faoliyati so‘ndirilganligini nima deb izohlash va baholash mumkin, ahir. Yana shu narsa chuqur taassuflanarliki, O‘zbekiston xukumatining tashabbusi bilan 20- yillarda xorijga o‘qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, ilm-fan arboblari bo‘lib etishgan, yurt ertasini belgilovchi qanchalab yuksak salohiyatli insonlar ham qatli om qurbonlari bo‘ldilar. Agar ular Germaniya yoki Turkiyada ta’lim olgan bo‘lsalar, bundaylarga o‘sha mamlakat josuslari degan soxta ayblar tirkaldi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytida chet elda bosilgan nomiga kitob topilguday bo‘lsa, Shuning o‘zi etarli dalil hisoblangan. Ahir bu siymolar chet el oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan bo‘lsalar shunday kitoblarga ega b¹lishlari mumkin edik-u? Masalaning bunday oddiy, mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini aslo qiziqtirmagan. Bunga ular bosh qotirib o‘tirmaganlar ham. Xorijda ta’lim olib, professorlik unvoniga sazovor bo‘lgan Ahmadjon Ibrohimov, Majid Ibrohim, Ibrohim Yorqin, Tohir Shokir, Sattor Jabbor, otajon Xoshimov, Saida Shermuhammad qizi va boshqalar o‘sha davrdagi millat faxri bo‘lganlar. Biroq g‘addor tuzumning zulmkorligi va battolligi ularni ham chetlab o‘tmay qolmadi. Germaniya va Turkiyada o‘qib, u erda olgan bilim tajribalarini o‘z yurti ravnaqi uchun baxshida qilishga bel bog‘lagan O.Xoshim, S.Jobir, S.Muhammedov, M.Sultonmurodova singari ko‘plab bilimdon ishbilarmon yoki yosh mutaxassis kadrlarga “xalq dushmani”, “chet el josusi” qabilidagi tavqi la’nat tamg‘asi bosilib qatli om etildilar. Xukmron totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning xaddan ziyod kuchayib borishi nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismatini zavol toptirib qolmasdan, shu bilan birga millionlab oddiy yurt fuqorolarini ham o‘z ajdoxo komiga tortmay qolmagan. Bu davrda davlat maxsus organlari tomonidan keng amaliyotda qo‘llanilanilgan “uchlik” (uch kishining guvohligi asosida xukm chiqarish) qanchalab son-sanoqsiz begunoh odamlarning boshiga etmadi, ularni ne-ne shavqatsiz azob-uqubatlarga duchor etmadi. Ichki ishlar vazirligi davlat xavfsizlik organlarining necha o‘n yillar davomida po‘lat sandiqlarida saqlanib, odamlar nazaridan pinxon tutib kelingan maxsus papkalarning sarg‘ayib ketgan saxifalarini varaqlar ekanmiz, ularda turli-tuman kasb-xunar, ijtimoiy toifa, millat va elat, e’tiqod va maslakka mansub, faqat o‘z soxasi bilangina shug‘ullanib, mexnat qilib kelgan birovga zarari etmagan minglab, yuz minglab oddiy vatandoshlarimizning taqdir-qismati taxqirlanib, oyoq osti qilganligi, ularning elementar insoniy xaqqi-huquqlari poymol etilganligi ma’lum bo‘ladi. Xo‘sh, bu jabrdiyda sho‘r peshona yurtdoshlarimizni bunday kuyga tushishiga bunday kuyga, taqdir yukmiga tushishiga, “gunohi azimga” botishiga aslida nimalar sabab bo‘lgan? Hech bir asos bo‘ladigan ashyoviy dalilningg o‘zi yo‘q edi. Buning birdan bir asosiy sababi, bu insonlarning o‘ziga yarasha aql-idrokka ega ekanligi, u yoki bu masala mustaqil fikr, muloxaza yurita olishi, o‘sha davr hayotida kechayotgan noxaqlik, adolatsizlik xollarini anglab etishi, ularga nisbatan o‘z qarashlari, nuqtai-nazarlarini bildirishga o‘zlarida ma’lum darajada iroda va jur’at topa bilishlari bo‘lgan. Tuzum zulmkorlari o‘z g‘ayriqonuniy xarakatlarini avj oldirar ekanlar, bunga har bir insonning yurish-turishi, kundalik mashg‘uloti muomalasidan tortib, to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayonlarni o‘z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasi, xohishini jilovlash, uni muayyan chegarada ushlab turish va shu yo‘l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog‘ tushirmaslik, uning soxta obro‘ nufuzini asrab, avaylash bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, SSRning “G‘olib sotsializm” konstitutsiyasi va unga muvofiq tarzda O‘zbekistonnning Asosiy qonuni qabul qilinib, ularda inson huquqlari, sovet demokratiyasi afzalliklari to‘g‘risida lof urilib, olamga jar solingan bir paytda respublika fuqorolarining mutloq ko‘pchiligining oddiy insoniy xuquqlari, qadr-qiymati, or-nomusi, vijdonini oyoq osti qilishgan, ularning hayoti nochor, taxlikali kechgan. Bu insonlar komunistik siyosat va mafkura yolg‘onlariga ishonib, “porloq kelajak”ka umid bog‘lab jonlarini jabborga berib, ter to‘kib mexnat qilsalar, o‘zlarining soxta sotsializm ishiga, ideallariga bag‘ishlasalarda, biroq uning evaziga beadad zulm-stam ko‘rsalar! Ha, bu aldamchi, tag zamini omonat va uning son-sanoqsiz temir panjasi o‘tkir shovvozlari yurtimiz fuqorolarining fidokorona mexnati va zaxmatini qadrlash, munosib baholash o‘rniga ularning sha’nini badnom qilib, xohlagan noma’qulchiliklarini amalga oshira oladilar, zero qatag‘onchilik davrida bundan boshqachcharoq narsani ham kutish mumkin emas edi. Xukmron tuzum zulmkorligi to‘g‘risida gap borar ekan, ayniqsa bunda kishilar dunyoqarashi e’tiqodini o‘z izmiga bo‘sundirish, uni komunistik ahloq, ilmiy materialistik va atsistik tamoyillar ruxida shakllantirish uchun jon jahdi bilan xujumkor kurash olib borgan rasmiy sovet mafkurasining respublikamiz ma’naviy hayotiga etkazgan zarari behisob bo‘ldi. Bu borada qanchalar bedodliklar, qonunbuzarliklar amalga oshirilmay qolmadi. 1920 yilning ikkinchi yarmida ochiq- oshkor tarzda boshlanib ketgan din va diniy muassasalar, ularning xodimlarigan qarshi kurash mislsiz bo‘ldi. Butun mamlakat bo‘ylab keng quloch yozgan “Xudosizlar” jamiyatlari xalqimizning iymon-e’tiqodiga, islom qadriyatlariga ham jiddiy zarar etkazdi, uning tagasoslarini qaqshatdi. Shu yo‘l bilan xalq ma’naviy-ruxiy hayotiga asrlar osha muhim hissa qo‘shib kelgan butun boshliq ruxoniylar tabaqasi yo‘q qilib yuborildi. Ularning manman degan ulomoyu kiromalari, din peshvolari qattiq ta’qibu quvg‘in ostiga olindi. Ko‘plari begona yurtlarga ketib jon saqlash, umrguzaronlik qilishga majbur bo‘ldilar. Bunday jidab bo‘lmas qaboxatlar oqibatida xalqimizning ne-ne barhayot udumlari, marosimlari an’analari zavol topdi unutilishga yuz tutdi. Faqat milliy istiqlol davriga kelibgina ular yana yangidan ro‘yobga, chiqib bugunda kechayotgan hayotimiz voqeligidan munosib o‘rin topib, xalqimizni maxnat va ruxan boyitib bormoqda. Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda shu narsa kishini benihoya ajablantiridiki, u davrda insonni qoralash, uning peshonasiga “xalq dushmani” tamg‘asini bosish tuzum zolimlari uchun huddi “xamirdan qil sug‘irganday” gap bo‘lgan. Xatto shunday hollarga ham duch kelingandiki, respublikadagi ko‘p xonadonlarda vaqti-vaqti bilan o‘tkazilgan tintuv paytida moboda arab yozuvida bosilganbiror kitob topulguday bo‘lsa, uning nomi, mazmuni so‘rab, surishtirilmasdano‘sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan la’nat tamg‘asi bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga xukm etilavergan. O‘zbekistonning 30-yillar voqeligidan bunga istaganicha hayotiy misollar keltirish mumkin. Shuday qiblib, Stalin ijtimoiy keltirib chiqargan qatag‘onchilik respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojialar, beadad yo‘qotishlar, mahrumliklar bilan to‘lib toshgan davr bo‘ldi. U millionlab odamlarning taqdir, qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsizx xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o‘z bukimas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug‘ charog‘on kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi. U totalitar tizim qatli omining har qanday shiddatiga dosh berib, o‘z asriy qadriyatlari, udumlari, rasm-rusmlari, iymon-e’tiqodiga sodiq qoa bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil xarakatlanishda davom etdi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling