O'zbekiston tarixi


partiyasi safiga kiradilar va targ„ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiyasi safiga kiradilar va targ„ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. 
Sho„ro hukumati va kompartiyaning Turkistonda cheklanmagan 
ma‟muriy va partiyaviy vakolatga ega bo„lgan «Turkkomissiya», 
«turkbyuro» kabi tashkilotlari xonga qarshi undan jabrlangan 
alamzadalardan partiya tashkil etish, turli xil guruhdagi qo„poruvchi- lami 
tayyorlash, zamonaviy harbiy texnika bilan qurollangan Qizil askarlar sonini 
ko„paytirish uchun kuch va mablag„lami ayamadi. 
Rossiya sotsial-demokratik partiyalari, ayniqsa bolsheviklar o„zlarining 
asosiy 
diqqat-e‟tiborlarini 
Xivaga 
qaratdilar. 
Jadidlaming 
yirik 
namoyondalaridan Jumaniyoz Sultonmurodov 10-15 kishidan 
168 


iborat «Yosh xivaliklar»ning To„rtko„l qo„mitasi (komiteti)ni tashkil etdi. 
1919-yilning boshida bu tashkilot a‟zolarining soni 600 ga yetdi, 200 
kishilik o„z harbiy qismiga ham ega boidi
1

Asli jadidlardan boigan bu «Yosh xivaliklar»ning dasturiy talablari ham 
Rossiya mustamlakachiligi va shovinizmi foydasiga o„zgardi. Agar ilgari 
ular Xivada xonning mutloq monarxiyasini konstitutsiyaviy monarxiya bilan 
almashtirish, Xivaning mustaqilligi va xususiy mulkchilikni saqlab qolish 
uchun kurashgan boisalar, ulaming yangi dasturida bu talablaming aksi qayd 
etildi. Jumladan, unda xon hokimiyatini ag„darib tashlab Xivani Rossiya 
Sho„ro Federativ Respublikasiga butunlay birlashtirish g„oyasi bosh maqsad 
qilib qo„yiladi. 
Xullas, «Yosh xivaliklar»ning bolsheviklar ta‟sirida inqilo- biylashuv 
jarayoni kuchaydi. Bu ulaming quyidagi amaliy dasturida o„z aksini topdi: 
1. Mustabid xon hokimiyatini tugatish. 
2. Xiva mulklarini (yerlarini - muall.) Turkiston bilan birlashtirib
ulami Rossiya Sho„ro Respublikasiga kiritish. 
3. Xiva xoni shahzodalari, beklari va vazirlariga tegishli mulklar 
qanday boiishidan qat‟i nazar musodara qilinishi. 
4. Yirik pomeshchik (dehqon)laming yerlarini kambag„allarga tortib 
olib berish. 
5. Vaqf mulklardan keladigan daromadlaming hammasini masjidlarga 
sarflash. 
6. Xivaning hamma joyida bolalami tekin o„qitadigan maktablar 
ochish. 
7. Xivaning shahar va aholi yashaydigan boshqa joylarida tekin tibbiy 
yordam beradigan kasalxona va davolash xonalarini tashkil etish. 
8. Xiva xoni tomonidan tortib olingan yer va boyliklami kamba- g„al 
aholiga qaytarish. 
9. Yoilami yaxshilash va ko„priklar qurilishiga kirishish. 
10. Majburiy mehnat turlarining hammasini bekor qilish. 
11. Xon hukmronligini tugatib yuqorida ko„rsatilgan tadbirlarni 
hayotga tadbiq eta oladigan xalq hokimiyatini tashkil etish, sho„ro 
hokimiyatining dushmanlari bilan shafqatsiz kurash olib borish. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling