O'zbekiston tarixi


 Непесов P. Из истории Хорезмской революции, 1920-1924 гг. - Т.: «Госиздат»


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Непесов P. Из истории Хорезмской революции, 1920-1924 гг. - Т.: «Госиздат», 
1962, 71-bet.
164 


yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etib, shahar va tumanliklarga 
taqsimlandi. Xalq ommasining haq-huquqlari rus askarlari tomonidan 
toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917- yilda xonlik 
hududida ocharchilik avj olabordi. May oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» 
ko„tarildi. Bu to„g„rida 1917-yil 27- avgustda Toshkentda chop etiladigan 
«Ulug„ Turkiston» gazetasi quyidagilami yozgan edi: «Hozirgi paytda 
Xivada dahshatli ochlik kuchaydi, mamlakat shaharlarida och qolganlaming 
qo„rqinchli isyoni avj oldi»
1

Mamlakatda ana shunday og„ir bir sharoitda 1917-yil sentabrda 
Junaidxon o„z qurolli to„dalari bilan Xivaga qaytib keldi. U 1916- yildagi 
qo„zg„olon davrida Afg„onistonga o„tib ketgan edi. Junaidxon xonlikda juda 
katta o„zgarishlar yasashga muvaffaq boidi. 
Junaidxon murakkab shaxs. Uning tarixda tutgan о„mi haqida turli 
manbalarda turlicha fikrlar mavjud. Sho„rolar tarixida u «o„g„ri», 
«qaroqchi», «siyosiy tovlamachi», aksilsho„roviy adabiyotda esa 
«turkmanlaming qahramoni» deb ko„rsatilgan. Sho„ro tarixchilari voqea va 
hodisalami soxtalashtirishda ustasi farang boisalar, albatta aksilsho„roviy 
muxoliflar ham ulardan qolishmaydilar. 
Junaidxon turkmanlaming yovmid urugidan, j unaid naslidan chiqqan. 
Uning asl nomi G„urban Mamed (ya‟ni Qurbonmamad) boigan. U dastlab 
o„z ovulida qozi boigan, miroblik qilgan. Qoraqum sahrosida o„z yigitlari 
bilan bir necha savdo karvonlarini talab, «sardor» nomini ham olgan, bir 
necha kichik «sardor»lami o„ziga tobe qilgan va shu tariqa nom chiqargan. 
So„ng u o„zini Xiva taxtiga da‟vogar deb eion qiladi. Shu bois uni 
yovmidlaming junaid nasli xoni - «Junaidxon» deb ataganlar. Junaidxon o„z 
yigitlari bilan to„g„ridan-to„g„ri Xiva xonligiga xavf solib turgan 
kommunistik bosqinga, ya‟ni sho„ro hokimiyatiga qarshi bosh ko„tardi. 
Uning bu maqsadi nafaqat Asfandiyorxonga, balki Chor Rossiyasining 
Xivadagi barcha aksilsho„roviy harbiylariga va umuman milliy mustaqillik 
uchun kurashayotgan kuchlarga ayni muddao edi. 
Asfandiyorxon 1918-yil yanvarida Junaidxon bilan aloqa o„matdi va 
xonlikni birgalikda idora qilish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish 
maqsadida Xivaga taklif qildi. 
Junaidxon va uning tarafdorlari xonning oliy amaldorlari oldida eski 
qabila va umg„chilik asoslaridagi adovatlami unutib, sidqidildan 
1
0„shajoyda. 
165 


rus bolsheviklari Xiva xonligida «qoibola proletar inqilobchi»ni tayyorlash 
uchun barcha jirkanch, noqonuniy, nodemokratik va noxalqchil xatti-
harakatlami ishga soldilar. Ular turli nayranglar bilan taraqqiyparvar jadidlar 
va oddiy mehnatkash xalqdan «inqi- lobchilar» yasadilar. 
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda «Taxtaqal‟a sulhi» Xiva xonligi 
uchun o„ziga xos tuzoq rolini o„ynadi. Chunki bu sulh Xiva xalqiga o„z 
taqdirini o„zi belgilashini rasman e‟lon qilishi bilan uni chalg„itdi va Sho„ro 
hukumatining go„yo tinchliksevar bo„lganligini soxtakorlik bilan ko„rsatib 
xalq ongini zaharladi. Bu sulh kuch to„plab olish va nafasni rostlash uchun 
Sho„ro niqobidagi bosqinchilarga juda zarur edi. 1917-yil dekabr va 
1918- 
yil yanvarida Sho„rolar Amudaryoning quyi oqimi va o„ng 
qirg„og„idagi To„rtko„1 (Petro Aleksandrovsk), Nukus, Chimboy, Qizil 
Arvot, Bayram Ali, Tejen, Krasnovodsk, Kazanjikda o„z hokimiyatlarini 
o„matdilar. 3 dekabrda Ashxobodda Kaspiy orti viloyati Xalq komissarlari 
kengashi tashkil topdi. Chunki, bu hududlarda ruslar boshqa joylardagiga 
nisbatan ko„pchilikni tashkil etar edi. Kommunistlar o„zlarining razil 
maqsadlarini amalga oshirish uchun To„rtko„l shahrini «Inqilob markazi»ga 
aylantirdilar. To„rtko„l siyosiy va strategik jihatdan juda qulay ahamiyatga 
ega joy edi. Shu boisdan ham RSFSR va uning Markaziy Osiyodagi asosiy 
tayanchi - Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi bu shaharga katta e‟tibor 
berdi. Bu yerga zudlik bilan Kaspiy orti frontidan bir necha harbiy boiimlar 
tashlandi. Ular maxfiy ravishda xonlikning ichkarisiga - Xiva va boshqa 
shahar va tumanlarga doimiy ravishda o„z «inqilobchi»larini - josuslarini 
yuborar edilar. Kommunistik tashviqotga aldanib Qalandar Odinayev, 
Bozorboy Suyarqulov, Shallazatdin Faxretdinov va boshqalar bolsheviklar 
Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling