O'zbekiston tarixi
Садиков A.C. Россия и Хива в конце XIX - начале - XX века. — Т.: Фан, 1972
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Садиков A.C. Россия и Хива в конце XIX - начале - XX века. — Т.: Фан, 1972, 199-bet. 169 Ana shu holda «Yosh xivaliklar»ning inqilobiy dastur»ini amalga oshirishdan Rossiya shoio hukumati va kommunistik partiya manfaatdor edi. Sho'rolar o„zlarining qora maqsadlarini amalga oshirishda har doim «baynalminal burch» deb atalmish g„oya pardasiga yashirindilar. Buning uchun ular o„zlarini mahalliy xalqni xon, beklar, boy va feodallar zulmidan ozod bo„lishiga «yordam» beruvchilar qilib ko„rsatib, amalda «harbiy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar. Bu borada ular «Yosh xivaliklar»ning islohotchi tashkilotini kompartiyaga aylantirish va mahalliy «inqilobchi»lami ko„paytirish zarur deb hisoblaydilar. Shuning uchun To„rtko„ldagi g„ayrimusul- mon kommunistik partiya qoshida «Yosh xivaliklar boiimi» tashkil etildi. 1919- yilning o„rtalarida bu kommunistik guruh Turkiston va Rossiya kompartiyalari Markaziy Qo„mitalariga murojaat qilib, Rossiya Kommunistik partiyasi tarkibiga kirishi uchun ruxsat so'radi. Shu yil 15 - iyulda kompartiyaning To„rtqo„l qo„mitasi va «Yosh xivaliklar» inqilobiy qo„mitasining birlashgan yig„ilishi bo„ldi. Unda qabul qilingan maxsus qarorda qo„mita a‟zosi bo„lish uchun faqat Rossiya kompartiyasi safida bo„lish shart qilib qo„yildi. Shundan ham maiumki, hamma ish, ya‟ni xon hokimiyatini ag„darish markaz tuzgan reja asosida amalga oshirilishi kerak edi. Boshqa yoidan borish mumkin emas edi. Sho„ro davrida yozilgan manbalarda 1919-yilning kuzi va oxirlariga kelib Xivada «inqilobiy harakat» yangi bosqichga ko„tarildi, «inqilobiy vaziyat yetildi», «Xivada inqilob boshlandi», deb Leninga kommunistik bosqinni teskari talqin qilindi. Bu sho„ro tarixchiligiga xos soxtakorlik edi, albatta. Xivada bundan oldin va keyin ham inqilob u yoqda tursin, hatto, uning sharpasi ham bo„lgan emas. To„g„ri, bu davrda xalq ommasining xon zulmidan noroziligi kuchaygan, sho„ro hokimiyati va kompartiyaning bosqinchilik harakati hamda mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik kurashi boshlangan edi. Bu harakatlar sho'ro tarixchiligida «xalq inqilobi» deb ko„rsatildi. Har ikki tomon ham shu paytgacha goh oshkora va goh yashirin tarzda bir-biriga qarshi qurollandi, harbiy kuch to„pladi, targ„ibot- tashviqot ishlarini olib bordi. Nihoyat bu harakatlar sho„ro hukumati bilan xonlik o'rtasida o„zaro harbiy to„qnashuv boshlanishiga olib keldi. Bu urush rus sho„ro hukumati tomonidan bosqinchilik urushi, Xiva hukmdori Junaidxon tomonidan esa mustaqillik uchun, istiqlol uchun urush bo„ldi. 170 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling