O'zbekiston tarixi
Amir Sayid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. Т.: Fan, 1991, 16-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Amir Sayid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. Т.: Fan, 1991, 16-bet. 9-1746 257 dushman bilan bo„ladigan istiqboldagi jang rejalarini ishlab chiqqanligini ta‟kidlaydi. «Men, - deydi amir Olimxon, - amr- farmon chiqarib, uni (Muhammad Ibrohimbekni demoqchi - muall.) muayyan joylarga yubordim. Muhammad Ibrohimbek bilan Davlatmandbekka mening o„sha ruxsatlarim bilan ish yuritishga, dushman yoiini istehkom qilib turishga buyurdim» 1 . Afg„oniston amiri Omonullaxon amir Olimxonni yaxshi qarshi oladi. Amir sarbozlariga Mozori Sharif va Xonoboddan joy ajratiladi. Uning o„ziga esa amiming Qobul yaqinidagi bog„i - Qal‟ayi Fatudan joy ajratiladi. Dastlabki paytda bu yerda Sayid / Olimxon bilan birgaliqda Karmana beki Yovqochbek, Sherobocr beki Abdulhafizbek, Mirfattohbek udaychi, amiming savdo bo„yicha Londondagi vakili boiib ishlagan Yusufboy Muqimboyev Qori Mizrob, Harbiy vazir Ibrohimbek, Abdullabek to„qsabo, A‟zamhoji va boshqalar boigan. Bulardan tashqari Buxorodagi harbiy bosqindan so„ng amir- likdagi musulmonlaming boshligi, faqat Markaziy Osiyodagina emas, balki barcha musulmon olamida islom va shariat, fiqh ilmining bilimdoni sifatida tanilgan, notiqlik san‟atida ham dong chiqargan mulla Ibodulla Mufti ham Afg„onistondan boshpana topgan edi. U ham Buxoro amiri huzuriga kelib turardi. Amir Olimxon huzuriga Buxoro Xalq Respublikasi MIQsining sobiq raisi, 1922- yilda Afg„onistonga qochgach Usmonxo„ja Po„latxo„jayev, Buxoro Xalq Respublikasining sobiq Moliya noziri, 1922-yilda Turkiyaga qochgan Nosir Hakimov, Buxoro Xalq Respublikasining Afg„onistondagi sobiq elchisi, 1922-yilda elchilikdan SSSRga qaytishdan voz kechib Afg„oniston hukumatidan siyosiy boshpana so„ragan Hoshim Shayx Yoqubov va boshqalar ham kelib turar edi. Bu uchrashuvlar chogida Buxoro mustaqilligi va ozodligi uchun kurashning dolzarb muammolari va yoilari muhokama etilar edi. Sho„ro hukumati bir necha marta Afg„oniston hukumatiga tazyiq o„tkazib, Buxoro amiri Sayid Olimxonni mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qildi. Ammo Omonullaxon hukumati bu ish mamlakatda xalq ommasining norozilik qo„zg„olonlariga olib kelishi mumkin, degan sababni ko„rsatib, Sho„ro hukumatining talablarini bajarmadi. Ayni paytda, Afg„oniston hukumati Sho„ro Rossiyasi bilan munosabatlami chigallashtirmaslik maqsadida amir Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling