O'zbekiston tarixi


‘zR MDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 49-ish, 5-varaq


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 0‘zR MDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 49-ish, 5-varaq.
2
O'sha manba.
3
 
0
‘sha manba, 
2
-varaq.
262


Buxoro ma‟rifatchilar uyiga yuboriladi
1
. Amir oila a‟zolaridan: uning 
onalari To„raoy, Shamsiyaoy, To„tioy; Qizlari: Xosiyatoy, Saodatoy, 
Muharramaoy; Xotinlari: Sharifaoy, Muborakoy, Xursandoy va boshqalami 
ja‟mi 51 kishini Afg„onistonga jo„natish va 63 kishini ozod qilishga
2
qaror 
qilindi. Amiming kenja o„g„li Rahimning taqdiri masalasida ikki xil 
ma‟lumot bor. Rasmiy ma‟lumotlarga qaraganda Rahim chet eldagi 
aksilinqilobiy kuchlar bilan aloqada bo„lgan, deb 1937-yilda qamoqqa 
olingan va otib tashlangan. Ikkinchisi esa xalq orasida keng tarqalgan, ya‟ni 
amiming bolalarini bilgan kishilar bergan ma‟lumotlardir. Bu ma‟lumotlarga 
qaraganda, Sayid Olimxonning iltimosiga binoan Afg„onistonning 
Moskvadagi elchisi Muhammad Azizxon amiming bolalarini Afg„onistonga 
olib ketish uchun ko„p yelib-yuguradi. Ammo Sho„ro hukumatidan rasmiy 
raxsatnoma ola olmaydi. Shundan so„ng Rahim vizasiz Afg„onistonga o„tib 
ketmoqchi boiadi. Ammo u chegarada qo„lga olinadi va otib tashlanadi. 
Ikkinchi ma‟lumot haqiqatga yaqinroqdir. 
Amiming bosh farzandi Sultonmurodning bir oyog„i nogiron bo„lgan. 
Moskvada nogironlar fabrikasida ishlagan. Uni 40- yillarda Sho„ro 
davlatining dushmani sifatida qamoqqa olishgan. Sultonmurod nohaq 
ayblanganligiga nisbatan norozilik bildirib ochlik e‟lon qiladi va shu tariqa 
qamoqxonada bandalikni bajo keltiradi. 
Amiming ikkinchi o„gii Shohmurod awal harbiy bilim yurtiga, keyin 
Kuybishev nomidagi harbiy-injenerlik akademiyasiga kirib o„qiydi. Sho„ro 
armiyasining generali darajasiga yetadi, umrining oxirigacha shu 
akademiyada dars beradi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, birinchilar 
qatorida umshga jo„nab ketadi. 1944- yilda Qrimni ozod qilishda og„ir 
yaralanadi va Moskvadagi uyiga qaytadi. Shohmurod 1965-yilda 75 yoshida 
vafot etadi. U umrining oxirigacha qalbidagi yurak dardini hech kimga 
oshkor eta olmasdan bu dunyoni tark etdi. Shohmurodga Sho'ro yurtida 
bunday yorqin parvoz yo„li qanday nasib qildi, degan muammo har bir 
o„quvchini qiziqtiradi, albatta. Shohmurod ikki o„t o„rtasida qolgan edi. 
Birinchisi - Sho„rolaming ashaddiy dushmani Buxoro amirining o„gii 
sifatida otaga sodiq qolish edi. Bu yo„1 uni ham Sultonmurod va Rahimlar 
orqasidan yetaklab borardi. Ikkinchi yo„1 esa, jonni saqlab qolish, shafqatsiz 
dushman bilan kelishuvga - kompromissga 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling