O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

!
 
0
‘sha manba, 
2
-varaq.
2
0‘sha manba, 2-5-varaqlar. 
263


borish, Pavlik Morozov «jasorati»ni takrorlash yoii edi. Ikkinchi yoi 
Shohmurod hayotini saqlab qolishning kafolatigina boiib qolmasdan, unga 
«oltin qafasda parvoz» qilish imkoniyatini ham berar edi. U ikkinchi yoini 
tanladi. Shohmurod sho„rolar bilan «bitim» tuzadi, otasi yoiini inkor etuvchi 
va uni la‟natlovchi xatga imzo chekadi. Bu xat 1929-yil 16-iyunda 
«Izvestiya» gazetasida «Buxoro amirining o„g„li o„z otasiga shunday deydi» 
degan sarlavhada eion qilinadi. Unda biz quyidagilami o„qiymiz: 
«Men senga umrimda birinchi va sc^nggi marotaba xat yozayapman. 
Men xat yozishni, oramizda hech qanday aloqa o'matilishini istamagan edim. 
Lekin keyingi kunlarda yuz bergan voqealar meni senga yuragimning qoni 
bilan xat yozishga majbur etdi. 1917-yilda dunyo insoniyat tarixida birinchi 
marta ikki lagerga boiindi: kapitalizm lageri va sotsializm lageri. 
1918-yil keldi. Bu vaqtda sening krepostnoy hokimiyatingda 
teskarichilik juda kuchaydi. Registon kambag'al kosiblari va dehqonlari 
qattiq zulmga qarshi bosh ko„tarishga jur‟at etgan va sen hukmronlik qilgan 
vaqtda butunlay talangan kishilaming qoni bilan toidi. 
Sen esa aysh-ishrat bilan mashg„ul eding. Ota-o„g„il boi- ganimiz holda 
men bilan yiliga bir marotaba uchrashar, boshqa vaqtlarda bizlar (uch 
birodar) o„z onalarimiz bilan birga yashar edik. Sen o„g„illaring borligini 
bilmas eding! Sen ulami anglamas eding. Lekin onamning shikoyatlari hali 
esimda turibdi. 1920-yil keldi. Buxorodagi mustabid, krepostnoy, yarim 
mustamlaka va teskarichi hokimiyat qulatildi. Mullalaming, boylaming 
hokimiyati, sening hokimiyating qulatildi. Amir hokimiyati yo„q boidi. 
Uning o„miga yangi hokimiyat - xalq hokimiyati keldi. Yangi tashkil etilgan 
Buxoro xalq sho„rolar respublikasi bizlami o„z bag„riga oldi. U bizlami 
boqdi va kiyintirdi. 1923-yilda bizlar o„qimoq uchun Moskvaga bordik. Bu 
vaqtga kelib Turkiston sho„rolari, Buxoro va Xorazm respublikalari 
birlashib, 0„zbekiston sho„rolar respublikasini jumhuriyatini tashkil etdilar. 
0„zbekiston Respublikasi boshqa respublikalar bilan teng huquqqa ega 
boigan holda SSSR tarkibiga kirdi. Yolgiz sengina emas, balki sening 
xo„jayining boigan msiya samoderjaviesi tomonidan ham ezilgan amir 
Buxorosi tugadi. Buxoro yangi, boshqa boidi. Hozir u yerda zo„rlik va zulm 
yo„q, u yerda nodonlik, savodsizlik yo„qolmoqda, maktablaming soni 
ko„paymoqda. Batraklar va mehnatkash xalqning o„n minglab bolalari bu 
maktablarda har xil ilmlami o„rganishmoqda. 
264


Bolsheviklar partiyasining to„g„ri rahnamoligi ostida xalq xo„jaligi 
rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda. 
Men olti yildan buyon Butunittifoqning siyosiy va iqtisodiy markazi 
bo„lgan Moskvada o„qimoqdaman. Men ishchilar fakultetida bilim oldim. 
Bu yerda orttirgan o„rtoqlarim bilan birga o„qib va yashab katta sho„rolar 
jamoasining a‟zosi bo„ldim. Men seni yomon ko„raman. Men otam yo„q, 
deb hisoblayman va senga ham o„g„ling borligini yodingdan chiqarishingni 
taklif etaman. Men sening ilgarigi o„g„ling emasman, u yangi til bilan 
gapiradi. U hur fikrli va turmushga yangicha qaraydigan kishiga aylandi. 
Dunyo ikki lagerga boiindi. Inqilobiy harakat yolg„iz G„arbda emas, balki 
Sharqda ham o„smoqda. Xitoy qullari mustamlakachilik zulmiga qarshi 
qo„zg„oldilar, hindilar mustaqillik uchun intilmoqdalar. Inqilob o„ti butun 
yer yuziga yoyilmoqdakim, u shubhasiz alangaga aylanib, zindonlami 
yondiradi. Mustamlakachilar millatlar o„rtasiga nifoq soladilar, ulami o„z 
qullariga aylantirish uchun aldaydilar... Sen, inidan quvilgan tulki, Sho„ro 
Turkistoniga hujum qilishni, keyin esa mustamlakachi homiylaring 
himoyasi ostida Buxoroga kelishni o„ylabsan. Sen shu yo„1 bilan Sho„ro 
hukumatini yiqitib, yana amir Buxorosini tuzmoqchi boiayapsan. Bu yerda 
farq bitta: ilgari sen xalqni ezib, topganlaringni Russiya hokimi mutlag„i 
bilan bo„lishar eding. Endilikda esa ochofatligi bilan tanilgan dunyo 
yirtqichi - Angliya bilan hamtovoqlik qilmoqchisan. Lekin sen chuchvarani 
xom sanayapsan. Tojikistonda Sho„ro hokimiyati yashaydi va yashayajak. 
Sho„ro hokimiyatini barpo qilish oson boimadi. Senday iflos, ahmoq va 
darbadar odam Sho„ro hukumatini osonlik bilan yo„qota olmaydi. Sen 1920-
yilda Buxorodan qochayotib butun Sharqiy Buxoroga bosmachilik umg„ini 
sepding. G„olib ishchi- dehqon qizil qo„shini va ko„ngilli askarlar 
bosmachilami tor-mor keltirdilar. Lekin bosmachi shaykalari sho„ro 
tuprog„ida yana paydo bo„la boshladilar. Bu gal ham Qizil qo„shin aldangan 
kishilar to„dasini tor-mor qilajak. Sho„ro Tojikistonining ortida 140 million 
kishilik kuchli Sho„ro Ittifoqi turibdi. Sho„ro Ittifoqini G„arbdagi ishchilar 
sinfi va butun mustamlaka Sharqi himoya qiladi. Bular mening senga aytgan 
eng so„nggi so„zlarimdir. Sen bilan abadiy ajralishamiz. Agar o„zim 
istamaganim holda taqdir meni sen bilan uchrashtirsa, unda sen bilan 
dushmanlarcha uchrashamiz. 
Sening sobiq o„giing Shohmurod»
1

1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling