O'zbekiston tarixi
Menmensi N. Anvar Poshsho Turkistonda. «Saodat» jumali, 1992-yil, 9-son
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Menmensi N. Anvar Poshsho Turkistonda. «Saodat» jumali, 1992-yil, 9-son, 6 -bet. 272 olishi» ta‟kidlangan edi. Buning evaziga Sho„ro hukumati Anvar Poshshodan Turkiston masalasiga aralashmaslikni talab qildi. Anvar Poshsho Sho„ro elchisiga: «Sulh bitimi faqat Turkiston tuproqlaridan butun rus askarlarini olib chiqib ketganlaridan keyingina so„z mavzui boiishi mumkin», deb javob berdi. 1922-yil 18-mayda RKP(b) MQ «Turkiston - Buxoro ishlari to„g„risida» maxsus qaror qabul qildi. Bu qarorda Sharqiy Buxoro hududlarida harakat qilayotgan istiqlolchi kuchlarga qarshi harbiy tadbirlar bilan birga, aholi o„rtasida tashviqot va targibot ishlarini kuchaytirish masalasiga ham e‟tibor berildi. Jumladan, unda «Anvar Poshshoni aholi orasida inglizlaming josusi va Sharq xalqlarining dushmani» qilib ko„rsatish lozimligi ta‟kidlandi. 1922-yilning yozida Rossiya Qurolli kuchlar bosh qo„mon- doni S.S.Kamenov, Qizil Armiya Otliq kuchlar qo„mondoni S.M.Budyonniy, A.N.Todorskiy va Turkkomissiya a‟zosi V.Kuybishev Turkistonga yuboriladilar. Ular zimmasiga Turkistondagi janglaming ahvolini o„rganish va amaliy tadbirlar belgilash vazifasi yuklatildi. Bu guruh oikadagi, xususan Sharqiy Buxorodagi ogir vaziyat bilan tanishgach, Turkistonga markazdan yana qo„shimcha qurol-yarogiar va askarlar yuborishni so„raydi. Anvar Poshsho ishi bilan shaxsan shug'ullanish uchun Sho„ro razvedkasining Sharq shu„basi mudiri Og'abekov Buxoroga maxsus jo„natildi. 1922- yil yoz oylarida shiddatli janglar qizib ketdi. Qizil askarlar markazdan yuborilgan qo„shimcha jangchilar va qurol-yarogiar bilan hujumga o„tdilar. 1922-yil 24-iyunga o„tar kechasi Anvar Poshsho Darband tumanida general Kaluginga qarshi o„zining 3 ming kishilik sarbozlari bilan hujum qildi va raqibining 8 ming kishilik diviziyasini yer bilan yakson etdi. Anvar Poshsho qizil askarlarga qarshi muvaffaqiyatli jang operasiyalarini olib borayotgan bir paytda Og„abekovning rejasi o„z ta‟sirini ko„rsatdi. Buni 1922-yil 4-avgust fojiasi ochiq-oydin ko„rsatadi. Bu kun qurbon hayiti edi. General G„ozi Anvar Poshsho o„z safdoshlari bilan Boljuvon tepaligida suhbatlashib dam olib o„tirgan. Kutilmaganda qizillar paydo boiib qoladi. 0„rtada qattiq qilichbozlik jangi boshlanadi. Dushman hujum qilganda orqaga chekinish imkoniyati boisa-da, Anvar Poshsho nomardlik boimasin, deb chekinmasdan qilichini qinidan sug„urib olib tengsiz dushman ustiga tashlanadi. Bir o„zi o„n bitta bosqinchini qilich damidan o„tkazadi. Kutilmaganda orqadan urilgan qilich zarbidan 273 Anvar Poshsho yiqiladi va jon beradi. Jang maydonidagi bu nomard Anvar Poshsho qo„shinlari safida xizmat qilib yurgan musulmon askari qiyofasidagi josus Muhammad G„oziy edi. Bu uning soxta taxallusi boiib, uning asli nomi Georgiy Gasparyan, ya‟ni armani millatiga mansub shaxs hisoblangan. Gap shundaki, Anvar Poshsho va Ibrohimbek Laqay armiyasida har xil millatlarga mansub jangchilar boigan: o„zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, o„rislar, hindlar, ozorlar va hokazo. Markazdan maxsus topshiriq bilan kelgan Og„abekov Turkiston Markaziy harbiy shtabidagilar bilan birga bu vaziyatdan ustalik bilan foydalangan. Ular Georgiy Gasparyanni musulmon jangchisi qiyofasida Muhammad Ahmad G„oziy ismi bilan Anvar Poshsho va Ibrohimbek lashkarlari safiga kiritadilar. Anvar Poshshoning oiimi milliy istiqlol jabhasi uchun katta yo„qotish edi. U bilan vidolashishga kelganlar, Ahmad Zaki Validiy To„g„onning yozishicha, 15-20 mingdan ortiq kishini tashkil etgan. Xalqning dardu hasrati va qayg„usini vatanparvar shoir, jadid harakatining ulug„ vakillaridan biri Abdulhamid Choipon quyidagi misralarda yonib kuylagan edi: Eng so'nggi umidni qonga bo'yagan, Oh, qanday xayrsiz zamonlar kelgan? Faryodim dunyoni bo„g„ib oidirsin; Qop-qora baxtimga shaytonlar kulsin. Anvar Poshshoning jasadi Dushanbedan 200 kilometr janubi- sharqda joylashgan Boljuvon tumanidagi Chegen qishlogida dafn qilinadi. 1996 -yil 3-avgustda Turkiya hukumatining qarori bilan Anvar Poshsho hoki solingan tobut Boljuvondan Istambulga olib kelindi va 4 avgustda u yerdagi abadiy oromgohga qo„yildi. Anvar Poshshoning siyosiy faoliyati haqida turlicha fikr- mulohazalar tarixda bitilgan. Sho„ro tarixida uni «panislamist», «panturkist» va «angliya josusi», «avantyurist» deb talqin etildi. Musulmon olami dunyosi esa uni «0„rta Osiyo musulmonlarini istilochilardan xalos qilish uchun yuborilgan buyuk siymo» deb baholadi, u bilan faxrlandi. Darhaqiqat, Anvar Poshsho tabiatan millat va yurt fidoyisi edi, mafitunkorlik va joziba kuchida tengsiz bir shaxs edi. Uning siyosiy faoliyati o„ta bir buyuk ilohiy maqsadga qaratildi. Bunga biz Anvar Poshshoning o„z sevikli xotini - go„zal shoh qizi - Najibaxonga yozgan so„nggi xatini o„qib toia ishonch hosil qilamiz: 274 «Sen maktubingda qilich va jangni sevganim qadar hech bir narsani sevmasligimni yozibsan. Ammo biror narsa to„g„risida «faqat shuni sevaman», deb ham ayta olmayman (aytsam yolg„on boiadi). Sen bilursankim, manim haqimda tuhmat tashviqotlar tarqatib yurgan badbaxt kimsalaming iddao etganlaridek, men bu olis diyorlarda mol-dunyo axtarib, boy boimoq yoki o„z hokimiyatimni qurmoq uchun kelganim yo„q. Meni sendan uzoqlashtirib, bu joylarga keltirgan Janobi Haqning zimmamga yuklagan muqaddas bir vazifasidir. Bu jihod vazifasi erur. «Jihod - islomda g„ayridinlarga qarshi «Muqaddas urush» Qur‟oni Karimda jangga qobiliyatli har bir musulmon «muqaddas urush»da ishtirok etishi shart deb ko„rsatilgan. U shunday ulug„ ishdurki, uni hatto sidiq ila niyat qilganlar ilohiy jannatga kirmoq huquqini olurlar. Ollohga hamid o„lg„ayki, men toia ma‟noda jihod eturman. Har naqadar sendan ayru qilmoq, sening sevging-la masrur qalbimni vayron etmakka esa hamki, ushbu yoida buyuk bir imtihon bermakdan ko„p baxtiyormen» 1 . Ha, Anvar Poshsho janoblari Haq yoiida buyuk imtihondan muvafaqqiyatli o„tdi. U o„zining qadimiy Ota yurti Turkistonning mustaqilligi uchun kuchda tengsiz dushmanga qarshi jangga kirdi, o„zining cheksiz harbiy qobiliyati va tashkilotchiligi tufayli xalq hurmat-e‟tiborini qozondi, tarqoq qo„rboshilaming boshini ulug„ bir maqsad yoiida birlashtirdi. Uning lashkarlaridagi muhojidlar soni 17 ming kishiga yetdi 2 . Shu bois Anvar Poshshoni haqli sur‟atda nafaqat turk millatining, balki ayni paytda butun Turkiston oikasining ham asl farzandi, deb atashga hamma asoslar bor. U bosqinchi sho„rolarga qarshi «Buxoro, Xiva, Turkiston qo„shinlari oliy qo„mondoni» sifatida Turkiston Mustaqilligi va ozodligi yoiida o„zining eng aziz va mo„tabar jonini fido etgan buyuk shaxsdir. Janubiy-Sharqiy Buxoro hududida Ibrohimbek va Anvar Poshsholar rahbarligida va ulardan mustaqil sur‟atda harakat qilgan boshqa istiqlolchi kuchlar ham bor edi. Ulaming safi sharoit va vaziyatga qarab gohida ko„payib, gohida kamayib turgan. Istiqlolchi kuchlar bu yerda qizil askarlar to„dalariga bir necha bor qaqshatqich zarbalar berganlar. Jumladan, 1924-yil 30-yanvarda Buxoro Qizil askarlar shtabi tashkiliy boiimining boshligi 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling