O'zbekiston tarixi


 Abdulla Rajab Boysun. Turkiston milliy harakatlari. - Istambul, 1943, 58-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Abdulla Rajab Boysun. Turkiston milliy harakatlari. - Istambul, 1943, 58-bet. 
271


Toshpo„latbek Norbo„tabekov, S.Tillaxonov va boshqa Vatanimizdan 
borgan delegatlar bilan bir necha marta rasmiy va norasmiy sur‟atda 
uchrashadi, ma‟ruzalar qiladi va suhbatlar uyushtiradi. Ana shu tadbirlaming 
hammasida qatnashgan Salimxon Tillaxonov Anvardan:»Siz Turkistonning 
kelajagini qanday tasawur etasiz?» deb-so„raganida «Bosmachilik harakatini 
tashkiliy jihatdan uyush- tirib, bir yoiga solmoq kerak!», deb javob beradi. 
S.Tillaxonovning yozishicha, Munawar qori o„sha uchrashuv- lardan 
so„ng: «Biz Sharq xalqlari qurultoyi bilan bir qatorda o„zimizning 
qurultoyimizni o„tkazdik» deb aytgan ekan. 
Shahobiddin Yassaviy o„zining «Turkiston achchiq haqiqatlari» 
kitobida: «G„ozi Anvar Poshsho - buyuk qo„mondon», deb baho beradi. Bu 
bahoni Anvar Poshsho o„z faoliyatida isbotladi. U dastlab Sharqiy Buxoroda 
160 otliq mujohidlar bilan ish boshladi. Anvami amir Olimxon tarafdorlari 
katta hurmat va ehtirom bilan kutib oldilar. U sho„ro hokimiyatiga qarshi bir 
necha to„qnashuvlarda g'alaba qozonadi. Anvar Poshshoning eng katta 
g„alabasi 1922-yil 22-yanvarda Dushanbedagi 7-8 ming kishilik sho„ro 
armiyasiga qarshi 1.500 sarboz (mujohid) bilan qilgan jang chogida qoiga 
kiritildi. 
Bu tarixiy g„alabadan so„ng Anvar Poshsho 28 martda amir 
Olimxondan barcha musulmon qo„shinlariga bosh qo„mondon - Amir-ul-
muslumiyn etib tayinlanganligi haqida xat oladi
1

Shu yil 15 aprelda Kofimihonda mujohidlaming qurultoyi o'tkaziladi va 
unda qo„rboshilar Anvar Poshshoni siyosiy rahbar va qo„mondon etib 
saylaydilar. Anvar Poshshoga Afg„oniston amiri Omonulloxon ham o„z 
sarbozlaridan tuzilgan 300 kishilik guruhni va boshqa qurol-yarogiami 
sovg„a sifatida yuboradi. Shundan so„ng Anvar Poshsho bosh qo'mondon 
sifatida Ozarboyjon xalq komissarlari Sho„rosi raisi N.Narimonov orqali 
Rossiya bolshevoylar hukumatiga sho„ro qo„shinlarini Buxoro, Xiva va 
Turkistondan olib chiqib ketish to„g„risida ultimatum (talabnoma) 
topshiradi. 
Sho„ro Rossiyasi bu ultimatumga javoban 1922-yil 19- aprelda Anvar 
Poshshoga sulh taklif qildi. Sulh taklifida Anvar Poshshoga «Darvoz, 
Qoratekin, Koiob, Dushanbe va Hisor kabi shahar va viloyatlarda o„z orzusi 
asosida mustaqil bir davlat qura 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling