O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Birinchi bosqich
1920-yillaming boshlarida o„tkazildi va oikada amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi munosabati bilan maium muddatga to„xtab qoldi. Ikkinchi bosqich esa 1925-1929-yillami o„z ichiga oladi. 1920- 1921-yillarda o„tkazilgan yer-suv islohotining asosiy maqsadlaridan biri, oikaga ko„chirib keltirilgan ajnabiy zamindor- laming yerlarini mahalliy dehqonlaming yerlari bilan tenglashtirish edi. Chunki, bu kelgindi mujiklar Chor ma‟murlaridan juda katta hajmdagi serunum yaxshi yerlami olgan edilar. Sho„ro hukumati bu bilan o„zini go„yo mahalliy mehnatkash xalqning «g„amxo„ri» va «mehriboni» qilib ko„rsatmoqchi boigan edi. Oikada yer- suv islohoti Sho„ro hukumatining «Yer to„g„risida»gi dekreti asosida amalga oshirildi va uning bosh maqsadi qishloqda sinfiy tabaqalanishni kuchaytirishdan iborat edi. Sho„ro va kompartiya korchalonlari bu yerda ham «boiib tashla va hokimlik qil» qabilida ish yuritdilar. Qishloq aholisini boy va kambag„allarga boiib, ulami bir-birlariga qarshi gij-gijladilar. 1921-yilda tashkil etilgan «Qo„shchi» ittifoqi huddi ana shu maqsadda tuzildi. 20-yillaming o„rtalaridayoq uning saflarida 160 ming nafarga yaqin a‟zo bor edi. Bu ittifoqqa asosan yersiz va kam yerli kambag„al dehqonlar uyushar edi. Uning faoliyati bolsheviklar tomonidan boshqarilar edi. «Qo„shchi» ittifoqi boylar va mhoniylaming yerlarini tortib olib yersiz va kam yerli dehqonlarga boiib berardi. 1921 - 1922-yillarda o„tkazilgan yer-suv islohoti natijasida Sirdaryo, Farg„ona, Yettisuv viloyatlari, Turkman viloyatining Marv uyezdida 1.722.626 desyatina yer musodara qilindi 1 . Ana shu yerlardan 117.512 desyatinasi 1 Голованов А.А. Крестьянство Узбекистана: эволюция социального положения. 1917-1937 гг. - Т.: Фан, 1992, 70-bet. 352 yersiz va kam yerli o„zbek dehqonlariga berildi va 3 ming xo„jalik tashkil etildi. Dehqonlarga yer bilan birgalikda 1.517 ot, 87 tuya, 1042 sigir va 133 eshaklar ham taqsimlab berildi. Bundan tashqari kambag„allarga mehnat qurollari ham ulashildi'. Yer-suv islohoti davrida ko„chirib yuborilgan oilalardan 250 ming botmondan ortiq don tortib olindi va shundan atigi 12,8 ming botmoni mahalliy kambag„al batraklarga boiib berildi. 1925- 1929-yillarda o„tkazilgan yer-suv islohoti 0„zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo„mitasining 1925-yil 2-dekabrdagi «Yer va suvni nasionalizasiya qilish» to„g„risida va «Yer va suv islohoti to„g„risida»gi dekretlar asosida amalga oshirildi. 0„tkazilgan islohot davomida faqat Toshkent, Farg„ona, Samarqand va Zarafshon viloyatlarida 254,2 ming desyatina yer jamg„armasi hosil boidi. Bu yerlaming 70 foizi «boylar» deb hisoblangan o„rta hoi dehqonlardan tortib olingan edi. Ana shu o„rta hoi dehqonlar 1918-1922-yillarda sho„rolardan yer olib o„z xo„jaliklarini tiklab olgan edilar. Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog„iston viloyatlarida yer-suv islohoti 1928-1929-yillarda o„tkazildi. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan Qashqadaryo viloyatida yer- suv islohoti 1929-yil bahorida yakun topdi. Bu o„tkazilgan tadbir natijasida katta yer egalari yo„q qilindi, amirlikning katta amaldorlari va savdogarlari xo„jaliklari tugatildi. Qashqa vohasida yer-suv islohoti davomida jami boiib 989 xo„jalik batamom yo„q qilindi. Shundan 339 tasi boylamiki, 195 tasi amir amaldorlariniki, 174 tasi ruhoniylamiki, 53 tasi savdogarlamiki, 41 tasi sudxo„rlamiki boigan. Bu xo„jaliklaming yo„q qilinishi oqibatida 12556 tanob sug„oriladigan, 5290 tanob lalmikor yerlar, 1001 ot, 1194 ho„kiz, 274 tuya tortib olindi 2 . Ayni paytda Sho„ro hukumati o„z yerida halol mehnati bilan kun ko„radigan dehqon xo„jaliklarini ham islohot girdobiga tortib quloqlarga aylantirgan, ulaming yer-suvi, ot-ulovi va bori-bisotidan mahmm etgan edi. Qashqadaryo viloyatida ko„rsatilgan sabablarga ko„ra musodara etilgan yerlar 17,996 tanob sug„oriladigan va 7.315 tanob lalmikor zamindan iborat boiib, jami 25311,23 tanobni tashkil etgan edi. Yer-suv islohoti 1929-yilda o„tkazilgan Qoraqalpog„istonda Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling