O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

5- 
§. Jamoalashtirish
 
Jamoalashtirish siyosati V.I.Lenin ilgari surgan sotsializm qurish 
rejasining tarkibiy qismidir. Taniqli tarixchi olima Rahima Aminova 
jamoalashtirishga baho berib bunday degan edi: «Kollek- tivlashtirish - 
ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi o„matilishi- ning naq o„zginasidir. 
Partiyaviy-g„oyaviy siyosat hukmronligi tufayli yuzaga kelgan 
kollektivlashtirish nazariyasi va tajribasi bugunga kelib chilparchin boidi. 
Kishining ishlab chiqarishdagi mehnatiga haq toiov o„zaro tenglik asosiga 
qurilmaganidan bu siyosat o„zini oqlamadi. Tabiiyki, moddiy manfaatdorlik 
boimagan joyda tashabbuslar ham so„nadi. Tashabbus, izlanish boimagan 
joyda esa, ish orqaga ketadi. Buning ustiga hayotning o„zi kollektivlashtirish 
muammosini ko„tarib chiqmagan edi. Nazariyachilar asrlar osha shakllanib 
kelgan ishlab chiqarish usullariga bepisand qaradilar. Zo„rovonlik bilan 
o„tkazilgan siyosat ko„plab ishbilarmon, tadbirkor odamlaming ishga, yerga 
boigan 
munosabatini 
sovitdi. 
E‟tirof 
etmoq 
joizki, 
bugungi 
dasturxonimizning g„aribligi ham, ko„p jihatdan qishloq xo„jaligini 
kollektivlashtirish «samarasidir»
2

Kommunistik partiya va Sho„ro hukumatining 0„zbekistonda 
1
 Икрамов Акмал. Избранные труды в трех томах. Т.1. - Т.: 0‘zbekiston 1972, 
350-bet.
2
 Aminova Rahima. Kollektivlashtirish - qashshoqlashtirish demak. - «Sharq 
Yulduzi» jumali, 1992-yil, 12-son, 183-bet. 
351


jamoalashtirishni amalga oshirishdan ko„zlagan bosh maqsadi - mamlakatga 
ko„proq paxta yetkazib berish va SSSR paxta mustaqilligini ta‟minlashdan 
iborat edi. 20-yillar SSSR Amerika Qo„shma Shtatlaridan paxta sotib olish 
uchun har yili 300 million so„mdan ortiqroq oltin pul sarflar edi. 
Sho„ro hukumati va kompartiya mustamlaka asoratidagi oika xalqlarini 
qul o„mida ishlatib hisobsiz daromad olishning eng maqbul shakli boigan 
jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish uchun ayyorlik va ustamonlik 
bilan uzoq tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bu borada amalga oshirilgan 
yer-suv islohoti muhim o„rin tutadi. Yer-suv islohoti ikkii bosqichda amalga 
oshirildi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling