O'zbekiston tarixi
Turdiyev Sh. Ular Germaniyada o'qigan edilar. - «Sharq Yulduzi» jumali, 1992-yil
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Turdiyev Sh. Ular Germaniyada o'qigan edilar. - «Sharq Yulduzi» jumali, 1992-yil. 10-son, 105-bet. 2 «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1992-yil 24-aprel. 392 yurtiga qaytishini buyurdi. Talabalaming pasportlari yig„ishtirib olindi, o„miga ularga Sho„ro pasportlari berildi. Chorasiz qolgan turkistonlik yoshlar o„z yurtlariga qaytishga majbur bo„ldilar. Ammo ulardan kimlar yurtga qaytib keldiyu, kimlar qaytib kelolmadi... Markaziy Osiyoda o„tkazilgan milliy davlat chegaralanishidan so„ng Sho„ro hukumati xorijiy mamlakatlarga o„qishga yuborilgan barcha musulmon millatiga mansub mahalliy yoshlami 1927- yilgacha chaqirib oladi. Ahvol shu darajada keskin tus oldiki, Sho„ro hukumati milliy- davlat chegaralanishi o„tkazilishi bilan darhol 1925-yil 20-avgustdan kechga qolmasdan Germaniyada o„qib yurgan 0„rta Osiyolik yoshlami vatanga qaytishini qat'iy talab qildi 1 . Germaniyada faoliyat olib borayotgan 0„zbekiston SSR Madaniyat Komissiyasi raisi A.Idris, Komissiya a‟zolari, Taftish komissiyasi a‟zolari va Germaniyadagi 0„zbekiston talabalari Ittifoqi a‟zolarining 1925-yil 30-iyulda shaxsan Fayzulla Xo„jayevga yozgan xatlari ham inobatga olinmadi. Xat mualliflari «Germaniyada o„qishni davom ettirayotgan 39 o„zbekistonlik talabalardan 31 tasining o„qish muddatining ta- mom boiishiga 1-2-yil qoldi, xolos. Bir oz sabr-toqat qilinsa, bu yoshlar o„qishni tamomlab Ovro„pa fani va madaniyatini egallagan yetuk, 0„zbekiston uchun juda kerak mutaxassislar boiib boradilar. Germaniyada o„qiyotgan o„zbekistonlik yoshlar SSSR Oliy o„quv yurtlarida o„qish uchun hamma narsani boshdan boshlashlari kerak, chunki ular ms tilini bilmaydilar, ms tilini o„rganish uchun esa kamida 1,5 yil kerak boiadi. Shu bois 0„zbekistonlik yoshlarga Germaniyada o„qishni tamomlashga ko„mak berish lozim»ligini bildirdilar 2 . Ammo bu murojaatdan hech qanday natija chiqmadi. 1926-yil 22- fevralda Yoidosh Oxunboboyev, F.Xo„jayev va 0„zSSR taiim Xalq Komissari Mo„minxo„jayevlar majburiyat yuzasidan 0„rta Osiyoning Tashqi Xalq Komissarligi vakili Znamenskiy ga 32/s-sonli xat 3 bilan murojaat qildilar. Mazkur xatda 0„zbekiston hukumati rahbarlari undan SSSRning Germaniyadagi Muxtor vakili Krestinskiy orqali Germaniyada taiim olayotgan 27 ta yigit-qizlarga endi stipendiya berilmasligi, shu bois ular zudlik bilan o„z vatanlariga qaytib o„qishni SSSR oliy o„quv yurtlarida tamomlashlari kerakligini talaba yoshlarga yetkazishni so„radilar va xatda talaba yoshlar ro„yxati ilova Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling