Bahor keldi, yotma, tur,
Eshit, bu saslari nadir!
Bahor qumlari o‘qir
Bahoming havolari.
S.Ayniy 1919-yilda yozilgan «Turon marshi» deb nomlangan she‟rida
ham Turonni uyg„otishga chorlaganligining guvohi bo„- lamiz.
Oktabr harbiy to„ntarishidan so„nggi davrda Hamza Hakimzoda
Niyoziyning poeziya bobidagi ijodi ko„zdan kechirilsa, u tag„in ham
barkamollik sari rivojlanib borganligini kuzatamiz.
Bu davrga kelib shoir
ilgarigidek faqat ma‟rifatga chorlash bilangina cheklanmaydi. U endi
qadimiy Turkistonning ijtimoiy-siyosiy taqdiri to„g„risida
bosh qotiradi,
Turkiston muxtoriyati g„oyalarini ulug„laydi. Shoir- ning muxtoriyat
g„oyalarini ulug„lovchi va naqoratida «Qutlug
4
bo„lsin
Turkiston
muxtoriyati!» deya kuylanuvchi she‟ri 1918-yil 11-yanvarda «Ulug„
Turkiston» gazetasida chop etilgan edi.
Unda shoir «yangi muborak zamon»ni ardoqlashga da‟vat etadi:
Keldi muborak bizga yangi bir zamon,
Yangi davr kechirmang endi fil omon,
Yot etmaki ismimiz tarixi jahon.
Shoir Tavallo o„z ijodida hajviya uslubining keng imkoniyat- laridan
ustalik bilan foydalanadi.
Unda yangi tasviriy imkoniyatlar izladi.
U poeziyaning shiru shakar
janridan mohirona foydalangan holda o„z she‟rlarini bir vaqtning o„zida ikki
tilda (shu paytga qadar forscha-o„zbekcha yozib kelingan) - o„zbek va rus
tilida yozib jamiyatdagi voqea-hodisalarga o„z munosabatini bayon etadi.
1928-
yil «Mushtum»ning 3-sonida bosilgan «Vot she‟n>
nomli
hazil she‟rida bu quyidagicha o„z ifodasini topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: