O'zbekiston tarixi
Fitrat A. Temur sag'anasi. - Т.: 1922, 6-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Fitrat A. Temur sag'anasi. - Т.: 1922, 6- bet. 403 to„g„ri?», «Maysaraning ishi». «Xolisxon» va boshqa asarlari ham sho„ro dramaturgiyasining emas, balki jadid dramaturgiyasining namunalari qatoridagi asarlardir. Chunki, ulardagi voqea-hodisalar talqinida sotsialistik realizm belgilari ko„rinmaydi, muallif hayotiy voqea va hodisalami xolisona va atroflicha tasvirlaydi, insonni insoniy jozibalardan mahrum etuvchi sinfiy sifat va xarakterlarga murojaat etmaydi. 20-yillarda jadid ijodkorlari, proza janrida ham qalam tebratdilar. Natij ada tarixda o„zo„migaegabo„ lgan bir qator hikoyalar va romanlar paydo bo„ldi. Abdulla Qodiriyning «0„tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» romanlari, «Kalvak Mahdumning xotira dafitaridan», «Toshpo„lat tajang nima deydi?» kabi hikoyalari, S.Ayniyning «Buxoro jallodlari», «Odina», «Qulbobo yoki ozod», Mo„minjon Muhammadjon o„giining «Turmush urinishlari» kabi roman va qissalari shular jumlasidandir. Bu asarlarda Turkistondagi mehnatkash ommaning ko„p qirrali hayot kechmishlari qalamga olingan, о„ lkaning kechagi eng dahshatli qorong„ i va mustamlakachilik davri o„tmishi la‟natlanadi. 20-yillarda jadid ijodkorlari, bilan bir qatorda Oybek, H.Olimjon, G„.G„ulom, Uyg„un, Usmon Nosir, Elbek, Botu, Abdulla Qahhor, X. Shams, Oydin, Mirtemir, Sobir Abulia kabi yosh qalam sohiblari ham adabiyot maydoniga kirib keladilar. Bu jadid adabiyoti beiz yo„qolib ketmaganligini ko„rsatadi. Gap shundaki, 20-yillaming oxirlariga kelganda Sho„ro hukumati va Kompartiya mafkuraviy kurashni keskin sur‟atda kuchaytirdi, yo„qsil adabiyotining gegemonligi uchun kurash bahonasida aslida ulug„ davlatchilik, mustamlakachilik siyosati kuchaytirildi. 30-yillarga kelib jadidchilik adabiyotining rivojlanishi uchun imkoniyatlar mutlaqo yopib qo„yildi. Shu boisdan ham bu davrda Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» (1929) va Choiponning «Kecha va kunduz» (1935-1937) romanidan boshqa jadid adabiyotidan namuna tariqasida ko„rsatishga arziydigan asar chop etilmadi. Bu davrda o„ziga xos zamon zayliga mos yangi yo„nalishdagi asarlar paydo bo„ldi, shakl va mazmun sohasida bir qancha yangiliklar vujudga keldi. Ammo shu narsaga imon keltirish kerakki, vaziyat qanchalik og„ir boisa-da, badiiy ijodda hamma janrlarda xalq obrazi yetakchi o„rinda boidi. Lirikadagi bunday namuna xususan olov qalb shoir Usmon Nosir (1912- 1944) ijodiga xosdir. Uning she‟riyatining mavzui serqirradir: sevgi- muhabbat, hayot 404 tashvishlari, ijtimoiy-siyosiy jumboqlar masalalari markazida inson timsoli markaziy o'rinda turadi. Bu bejiz emas. Chunki Usmon Nosir xalq, vatan manfaatini hamma narsadan ustun qo„yadi. U 1933-yilda Samarqandda yozgan «Yurak» she‟rida butun hayoti, borlig„ini xalqqa, jamiyatga bag„ishlash, ona-Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ila halol xizmat qilish g„oyasini ilgari surib bunday kuylagan edi: Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling