O'zbekiston tarixi


 Геллер М. Некрич А. История России. 1917-1995. В 4 томах. Утопия у власти


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Геллер М. Некрич А. История России. 1917-1995. В 4 томах. Утопия у власти. 
Книга первая. 203-bet. 
407


Bu teatrlaming tashkil etilishi va taraqqiyotida Munavvar qori 
Abdurashidxonov, Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdullo Avloniy, Hamza, 
Mannon Uyg„ur va boshqa ilm-ma‟rifat va madaniyat daholarining buyuk 
xizmatlari oz emas. Ulaming sa‟yi-harakatlari va xizmatlari natijasi o„laroq 
teatr san‟ati respublikaning markaziy shaharlari Samarqand va 
Toshkentdagina emas, balki viloyatlarda ham rivoj topdi. Jumladan, Hamza 
Hakimzoda Niyoziyning bevosita tashabbusi bilan 1922-yilda Xivada 
birinchi drama teatriga asos solindi. U teatr Xorazmdagi barcha mashhur 
san‟atkorlar va iqtidorli yoshlami to„pladi. Ular Safo Mug„anniy, Madrahim 
Sheroziy, Matyoqub Harrot, Karimbergan Devon, Matyoqub Otajonov kabi 
hofizlar, mulla Yusuf doirachi, Jumaniyoz sumaychi, Xudoybergan 
bulamonchi kabi bastakorlar, Soliyaxon va Anabibi Ro„zmetova singari 
mashhur raqqosalar edilar. 
1940-yilda teatrlar soni 45 taga yetdi. Teatrlar sahnalarida yuqoridan 
berilgan buyurtma sahna asarlari bilan bir qatorda milliy mh va mavzularda, 
jadid g„oyalarida yozilgan dramalar ham sahnalashtirilgan edi. 20-30-
yillarda zo„r muvaffaqiyat bilan xalq orasida e‟tibor qozongan sahna asarlari 
qatoriga Hamzaning «Maysaraning ishi», Fitratning «Qiyomat kuni», 
«Abulfayzxon», A.Cho„lponning «Cho„ri qizi isyoni», «Yorqinoy», 
«Zulmkor» asarlari, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Tohir va 
Zuhra» kabi musiqaviy dramalami kiritish mumkin. 
0„zbekiston qo„shiqchilik va musiqa san‟ati ham o'zining tarixiy 
an‟anasiga ega. Oktabr harbiy to„ntarishidan keyingi davrda ham o„zbek 
qo„shiqchiligi va musiqa san‟atida nomdor shaxslar boiganligi sir emas. 
Xalqimiz Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg„ona, Qo„qon va Xorazm 
san‟ati dovrug„ini jahonga tanitgan Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, 
Hoji Abdurahmon Umarov, Abduqodir Ismoilov, Matyusuf Xarratov, 
Sheroziy, Hojixon Boltayev, Ahmadjon Umurzoqov va ulaming shogirdlari: 
Qori Siroj Yusupov, Hoji Rahimberdi, Xushkomil, Usto Muqus, Eshon 
Rahmatxoja, Muhiddin Mavlonov, Bobo Sharif, Qodir Avliyo, G„ulom 
Qodir va boshqalar ijodi bilan haqli sur‟atda faxrlanadi. 
0„zbek milliy musiqasi taraqqiyotida G„.Zafariyning' xizmati katta 
boidi. Uning «Sharq kuylari va cholg„ulari», «Muzika 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling