O'zbekiston tarixi
Hamidov H. 0‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. - Т.: 0‘qituvchi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Hamidov H. 0‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. - Т.: 0‘qituvchi, 1996, 125-bet. 2 Очерки истории музыкальной культуры Узбекистана. - Т.: 1968, 39-bet. 3 История Узбекской советской музыки. Том 1.— Т.: 1972, 133-bet. 409 1937- yilda 0„zbekiston san‟ati ustalari o„z muvaffaqiyatlarini Moskvada o„tkazilgan dekadada namoyish qildilar. Unda mashhur san‟atkorlar Halima Nosirova, M.Qoriyoqubov, Domla Halim Ibodov, Mulla To„ychi Toshmuhamedov, Tamaraxonim, Abdulla Baxshi Nurillayev, Usta Olim Kornilov, Sora Eshonto„rayeva, Abror Hidoyatov, S.Tabibullayev va boshqalaming chiqishlari har qancha ta‟qib va tazyiqlarga qaramasdan o„zbek milliy san‟ati o„z tarixiy an‟analarini davom ettirayotganligini ko„rsatdi. Ammo xalq ommasi o„rtasida o„zining buyuk san‟ati va katta qobiliyati tufayli hurmat va e‟tibor qozongan ko„plab ijodkorlar mehnatlari Sho„rolar tomonidan qadrlanmadi va kamsitildi. Jumladan, ajoyib san‟atkor va noyob ovoz egasi Mulla To„ychi Toshmuhamedov, Hoji Abduaziz va boshqalarga «inqilobga» qadar boylaming to„y-hashamlarida xizmat qilgan, degan bahonada omma o„rtasida konsert dasturlari bilan chiqish taqiqlab qo„yilgan edi 1 . Sho„ro hukumati va Kommunistik partiyaning mustamlakachilik, ulug„ davlatchilik va shovinistik siyosati 20-30-yillarda o„zbek kino san‟atiga nisbatan qo„lladi. Asossiz o„zbek kino san‟ati rivojiga yoi berilmaydi. Moskvadagi milliy muxoliflarimiz o„zlari tutgan milliy mustamlakachilikdan iborat bu yoini 0„zbekistonda kino san‟ati sohasida mutaxassis kadrlaming «yo„qligi» bilan oqlashga urindilar 2 . Holbuki, o„zbek kinematografiyasi o„z tarixiga ko„ra Rossiya kinematografiyasi tarixi bilan bemalol bellasha olar edi. 0„zbek kinosining ilk vatani Xorazm diyoridir. U Xorazm farzandi Xudoybergan Devonov (1878-1940) nomi bilan bogiiqdir. 0„z davrida nafaqat Xorazmda, balki butun Turkistonda ham katta shov-shuvga sabab boigan bu yigitni Xiva xoni o„z saroyiga taklif qilgan. Rus kinematografiyasining jajji asarlari sur‟atga olina boshlagan 1908-yilda Xudoybergan Devonov ham o„zbek kinosining «Turkiston ko„rinishlari», «Xiva va xivaliklar» kabi ilk kadrlarini yaratib Xorazm xalqiga bepul ko„rsatgan edi 3 . Xudoybergan Devonov «Yosh xivaliklar» safida turib xonlik tuzumiga qarshi kurashgan. U yangi hukumat davrida sur‟atli kino olish, maxsus intemat maktablar ochish ishlari bilangina shug„ullanib qolmagan. Yangi hukumat tarkibiga kirib moliya noziri lavozimida ham faoliyat ko„rsatgan. U o„zi ishlagan «Qazuv», Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling