O'zbekiston tarixi
- §. Sho‘ro hukumati va islom dini
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
8-
§. Sho‘ro hukumati va islom dini Sho„ro hukumati va Kompartiya Turkistonda Oktabr harbiy to'ntarishini amalga oshirgan birinchi kundan boshlab xalqimizning milliy va diniy qadriyatlarini poymol qilish yo„lini tutdi. Bu mohiyatan tushunarli holdir. Chunki, qizil mustamlakachilar xalqi- mizni milliy va diniy ma‟naviyatini o„zgartirmasdan turib bu o„lkada uzoq muddatda hukmronlik qila olmasliklarini yaxshi bilar edilar. Ammo bu ishni bolsheviklar birdaniga emas, ayyorlarcha, asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirib bordilar. Rossiya Sho„ro Respublikasi XK Soveti 1917-yil 20-noyabrda e‟lon qilgan va V.I.Lenin imzolagan «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» murojaatida «Sizning din va urf- odatlaringiz... bundan buyon erkin va daxlsiz...» 1 deb eion qilinadi. 1918-yil 23 noyabrda esa V.I.Lenin imzosi bilan «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish haqida» dekret eion qilindi. Bu dekret RSFSR va SSSR Konstitutsiyalari asosida tuzilgan 0„zbekiston SSRning 1927 va 1937-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari uchun asos qilib olindi va vijdon erkinligi g„oyasi ilgari surildi. Amalda esa mutlaqo boshqa qonunlar hukmronlik qildi. 1929- yil boshida L.M.Kaganovich imzosi bilan joylarga «diniy tashkilotlar birdan-bir legal harakat qilayotgan va ommaga ta‟sir ko„rsatuvchi aksilinqilobiy kuchdir», degan direktiva yuborildi. Joylardagi bolshevistik tashkilotlar uchun ushbu hujjat din va dindorlarga munosaba t uchun birdan-bir asos boidi. Sho„ro hukumati va Kompartiya «din - xalq uchun afyundir» degan g„oyaga amal qildi. Dindorlar ta‟qib va tazyiq ostiga olindi. Diniy mazmundagi kitoblar «reaksion» deb eion qilindi. Diniy kitoblami yo„qotish 1 Lenin V.I. 0‘rta Osiyo va Qozog‘iston to‘g‘risida. - Т.: 1967, 405-bet. 413 bahonasida arab alfavitiga asoslangan eski o„zbek imlosidagi barcha kitoblar yo„q qilindi. Masjidlar va madrasalar buzib tashlandi. Hatto peshtoqi, devori, eshik yoki ustunlarida arab imlosida yozuvi bo„lgan binolarga ham qiron keltirildi. Saqlanib qolgan ba‟zi masjid va madrasalardan ham boshqa maqsadlarda foydalanildi: mineral o„g„itlar saqlanadigan omborxona, kerosin sotadigan do„kon, te- mirchixona kabilarga aylantirildi. «Hatto, Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjid xudosizlar uyiga aylantirilgan. Ya‟ni unda ateizm muzeyi ochilgan edi» 1 . 20-yillaming oxirlarida Qarshi shahrida madrasalami qamoq- xonalarga aylantirgan ekanlar. «Xoja Abdulaziz madrasasida avax- tada yotganlarida hibsga olingan bechoralami yo„q joydagi azoblar bilan qiynar ekanlar. Qish vaqtida, deng, madrasa hovuzining muzini yorib, bandilami suvga solib qiynar ekanlar...» 2 . Masjid va madrasalar xususida tarixiy arxiv hujjatlarida va ommaviy axborot vositalarida har xil ma‟lumotlar berildi. Jumladan, 0„z SSR Sho„rolar MIQ raisining o„rinbosari Manjara tomonidan 1936- yil 1 yanvarda imzolangan ma‟lumotnomaga qaraganda, oktabr to„ntarishiga qadar 0„zbekiston hududida 15877 ta masjid, madrasalar va namoz o„qiladigan joylar 3 boigan. Pokistonlik Mavlon Ragib Hasan maiumotlariga qaraganda, Turkiston hududida masjid va madrasalar soni 27 mingdan ortiq boigan 4 . Manjara ana shu masjid va madrasalardan 1936-yil l- .yanvarigacha 8489 ta qolganligini 5 xabar beradi. Ommaviy axborot vositalarida masjid va madrasalarga qiron keltirish Sho„ro tarixida ikki marta maxsus uyushtirilganligi ta‟kidlanadi. Birinchisi 1934-1939-yillarda, ikkinchisi esa 1954-1955-yillarda uyushtirilgan. «0„zbekiston adabiyoti va san‟ati» gazetasida qayd etilishicha, 1929- 1939-yillarda faqat birgina Turkiston hududining o„zida 14.000 masjid va madrasalar yoptirilib yuborilgan yoki buzdirilgan. Shayxlar, imomlar va boshqa din arboblari qatag„on qilingan 6 . «Vera vo 2-mire» deb nomlangan xorijda chiqadigan jumal bu to„g„rida yanada dahshatliroq maiumotlami beradi. Jumal Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling