tamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha
jamoatchilik komissiyasi va boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining
tarixiy hujjatlariga asoslangan xulosa hamda takliflarni inobatga olib,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universitetining asoschilari
jadid ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918-yil 12-may deb
belgilansin.
2. Toshkent Davlat universitetining nafaqat respublikamizda balki
mintaqamizda ham birinchi zamonaviy oliy ta’lim muassasasi ekanini,
olimlar va o‘qituvchilar jamoasining fan va ta’lim sohasidagi yuksak
salohiyatini, 0‘rta Osiyo davlatlarida ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimini
shakllantirishdagi muhim o‘rni hamda xalqaro nufuzini nazarda tutgan
holda unga «Milliy universitet» maqomi berilsin va u Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti deb atalsin»
1
.
Sho„ro hukumatining mahalliy millat vakillariga oliy ta‟lim eshiklarini
berkitib qo„yganligini ko„rgan jadid yetakchilari
va qalbida vatanparvarlik
his-tuyg„usi so„nmagan ba‟zi rahbarlar yoshlami Germaniya, Turkiya singari
rivojlangan xorijiy mamla- katlarga o„qishga yuborish choralarini izlaydilar.
Jami bo„lib 1920-1922-yillarda Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Xalq
Respublikalaridan 300ga yaqin
2
talaba o„qish uchun chet elga yuborildi.
Ular Vatan va millat istiqbolini o„ylab astoydil va jon kuydirib o„qib bilim
oldilar.
Xorijiy mamlakatlarga talabalar yuborish
va ularga moddiy va
ma‟naviy yordamlar ko„rsatish harakatining boshida A.Fitrat, Buxoro
hukumatining birinchi prezidenti Usmonxo„jabek, Abdu- rahmon Burxon,
Fayzulla Xo„jayev,
Turor Risqulov, Mannon Ramiz va boshqalar turgan.
Targ„ibot-tashviqot Markazida «Bizim uchun malakali kadrlar va texnika
mutaxassislari lozim»
3
degan qoida bo„lgan. «Ilm-texnika Ovro„pada» shiori
ostida Ovro„paning Ol- moniya, Turkiya singari davlatlarida tahsil olayotgan
yoshlarga yordam uyushtirishni tashkil etish uchun «Ko„mak gurungi»
tashkil etilgan. «Turkiston» gazetasining 1922-yil 18-dekabr sonida
M.Usmoniyning «Berlindagi talabamizga ko„mak» maqolasi bosil- gan.
Mazkur maqolada hikoya qilinishicha, Toshkent maorif-
Do'stlaringiz bilan baham: