O'zbekiston tarixi


' «Hayot va iqtisod». - Т.: 1990-yil, 1-son, 7-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

' «Hayot va iqtisod». - Т.: 1990-yil, 1-son, 7-bet. 
2
 «Sovet 0‘zbekistoni» gazetasi, 1987-yil 16-may.
3
 0‘sha manba.
540


xohlamaymiz deb javob qaytarganlar. Termiz, Qarshi (1983-1987- yillar), 
Farg„ona, Xorazm (1984-1988-yillar), Sirdaryo, respublika rus tili va 
adabiyoti pedagogika institutini (1984-1989-yillar) bitiruvchi kurs 
talabalaridan 40 foizi boshqa tashkilotlarda mehnat qilishni xohlaydi, 46,4 
foizi esa o„z ixtisosidan ko„ngli qolgan. Yettita pedagogika oliy o„quv yurti 
talabalarining 31 foizi ota- onalar maslahati bilan (1986-yil) pedagoglik 
kasbini tanlagan. 0„zi tanlagan kasb-hunarga va qiziqish bo„lmagach, 
tayyorlanayotgan kadrlaming sifat darajasi to„g„risida gap yuritish albatta 
mantiqsizdir. Shu boisdan ham Jizzax, Qarshi, Buxoro pedagogika 
institutlari bitiruvchilari bilan dastur hajmida yozma ish olinganda ulaming 
teng yarmi qoniqarsiz baho olgan. Farg„onada institutni bitirib, maktabda 
matematikadan dars berayotgan 100 nafar o„qituvchidan maktab dasturi 
hajmida yozma ish olinganda ulaming 80 foizi, Jizzaxda esa 1988/89 o„quv 
yilida 60 nafar
1
o„qituvchining hammasi qoniqarsiz baho olgan. 
Maktablar va oliy o„quv yurtlarida o„qituvchilar obro„sining tushib 
ketishiga olib kelgan omillar nimalardan iborat? 
Birinchidan, moddiy omil 50-yillardan e‟tiboran o„qituvchilik kasbiga 
nisbatan Sovet hukumatining munosabati salbiy tomonga keskin o„zgardi, 
ulaming mehnatiga to„lanadigan haq jiddiy kamay- tirildi. 
Ikkinchidan, moddiy ishlab chiqarish birinchi darajali vazifa degan 
bahonada va ta‟limni ishlab chiqarish bilan bogiab olib borish degan vaj-
karson asosida maktab va oliy o„quv yurtlarida taiim-tarbiya bo„shashib 
ketdi. Maktab o„quvchilari va oliy o„quv yurtlarining talabalari bir necha 
oylab paxtani yaganalash, qator oralariga ishlov berish, terim mavsumiga va 
chorva uchun yem-xashak tayyorlash kabi ishlarga surunkali safarbar 
qilindilar. О„qituvchi-pedagoglar esa jamoa va davlat xo„jaliklarining 
qo„shim- cha ishchi kuchiga aylandilar, savodsiz zveno va brigada 
boshliqlari ular ustidan xo„jayin boiib oldilar. 
Uchinchidan, 
о„qituvchi-pedagoglar mehnatiga 
munosib 
haq 
toianmaslik va moddiy yetishmovchilik maktablar va oliy o„quv yurtlarida 
ta‟magirlik illatini keltirib chiqardi. Bu hoi o„z navba- tida ildiz otib har 
qanday jamiyatni ham ichdan g„orat qiluvchi poraxo„rlik deb atalmish 
vaboning gazak otishiga sabab boidi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling