O'zbekiston tarixi
Tursunov I. Xalq ta’limining dolzarb muammolari. - Т.: 0‘qituvchi, 1990, 37-39-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Tursunov I. Xalq ta’limining dolzarb muammolari. - Т.: 0‘qituvchi, 1990, 37-39- betlar. 541 Natijada «ustoz otangdan ulug„» degan muqaddas so„z o„z mantigini yo„qotdi, yosh yigit-qizlar ko„zi oldida tarbiyachi, murabbiy - ustoz eng pastkash, ta‟magir va poraxo„r kimsaga aylandi. Yoshlar bunday «ustozlar» tarbiyasi va ta‟limi bilan birga nuqsonlarini ham o„zlashtirdilar. Sovet hukumati maktab va oliy o„quv yurtlaridagi taiim- tarbiya jarayonida ulug„ millatchilik siyosatini avj oldirdi. Rus tilini o„rganish uchun ajratilgan soatlar bir necha barobar oshirildi, taiimning barcha tizimlarida bu tilni «ikkinchi ona tili», «dohiy Lenin so„zlagan til» sifatida o„rganish majburiy qilib qo„yildi, u davlat imtihonlari va oliy o„quv yurtlariga kirish imtihonlariga kiritildi. Aksariyat oliy o„quv yurtlarida darslar asosan rus tilida olib borildi. Hatto ijtimoiy-gumanitar fanlami ham rus tilida o„qitish «tashabbusi»ni ko„tarib chiqqan jamoalar boidi. 0„zbekiston Kompartiya MQ Byurosining 1983-yil 10-iyunda qabul qilgan «Rus tilini o„rganishni takomillashtirish va o„smirlami Sovet Armiyasi xizmatiga tayyorlashni yaxshilash bo„yicha respublika Ilmiy- amaliy konferensiyasining yakunlari to„g„risida»gi 65-sonli qarorida 0„zbekistonda rus tilini o„rganish yuzasidan juda katta ishlar qilinganligi qoniqish bilan qayd etiladi. Jumladan, mamlakatda rus tilini chuqur o„rganish bilan shug„ullanadigan 13 maxsus maktab-intemat va 1959 umumtaiim maktablari ochilgan. Barcha milliy maktablarda rus tilida taiim- tarbiya beruvchi sinflar tashkil etilgan. Toshkentda 1975 va 1979-yillarda rus tilini o„rganishni yaxshi- lashga bag„ishlangan Butunittifoq nazariy-ilmiy konferensiya boiib o„tdi. Bunday konferensiya 1983-yil 20-21-mayda Samarqand shahrida ham uyushtirildi 1 . Maktabdan tortib to oliy o„quv yurtlariga qadar mahalliy millat vakillariga rus tilini o„rganish majburiyati yuklandi. Rus tilida so„zlashuvchi millatlaming o„g„il-qizlariga maktab va oliy o„quv yurtlarida o„z istak- xohishlariga ko„ra chet tillardan birini tanlab egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan boisa, mahalliy millat vakillari uchun bunday imkoniyat yo„q edi. Ular oliy maktabda ham faqat rus tilini o„rganishlari kerak edi. Maktablar, oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlarida hafitada bir marta rus tili kunlari tashkil etish odat tusiga aylandi. Shu kuni yigit-qizlar o„zaro faqat rus tilida muomala qilishga majbur edilar, o„z ona Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling