O'zbekiston tarixi


 «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1994-yil 30-sentabr


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1994-yil 30-sentabr.
546


Ammo zahmatkash va vatanparvar olimning ogir va mashaqqatli ilmiy 
faoliyati sovet davrida qadrlanmadi.
H. 
MAbdullayev (1912-1962) taniqli ma‟danshunos 
olim, davlat va jamoat arbobi. U qisqa umr ko„rgan boisa-da, o„zidan 
katta meros qoldirdi. Vafotidan so„ng Habib Abdullayevning yetti jildlik 
saylangan asarlari chop etildi. Uning birinchi jildida allomaning 1937-
1947-yillarda yaratilgan «Sheelitli skari Konlari»ga doir maqolalari 
to„plangan (1964); ikkinchi jildiga «0„rta Osiyoning Sheelitli skari 
Konlari geologiyasi» (1964); uchinchi jildiga «Ma‟- danlanishning 
granitoid intruziyalari bilan genetik bogiiqligi»
(1964) ; to„rtinchi jildiga «Daykalar va ma‟dan» (1965); beshinchi 
jildiga «0„rta Osiyo magmatizmi va ma‟dani» hamda «Ma‟danli- 
petrografik provinsiyalari» nomli monografiyalari (1965); oltin- chi 
jildiga «Ma‟danshunoslik - konlarni qidirib topishning nazariy asosi» 
darsligi (1967) va nihoyat yettinchi jildiga Habib Muhammedovichning 
iqtisod hamda tarixga oid maqolalari, ilmiy- publisistik asarlari kiritilgan 
(1969)'. Jami boiib buyuk olim 130 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan.
Habib Abdullayev faqat olimgina emas, ayni paytda mohir 
tashkilotchi va davlat arbobi ham edi. U yigirma yetti yoshida, 1941-
yilda Politexnika institutida rektorlik lavozimiga ko„tarildi.
H. 
Abdullayev ikki muddatga 0„zbekiston FAning 
prezidenti etib saylandi. Mashhur o„zbek olimini dunyo tan olgan. 1960-
yilda Fransiya geologiya va Buyuk Britaniya mineralogiya jamiyatlari 
uning olamshumul kashfiyotlarini nazarda tutib, haqiqiy a‟zolikka qabul 
qilgan edilar. Dunyoning Meksika, Finlyandiya, AQSH, Fransiya
Hindiston, Italiya, Chexoslovakiya, Xitoy, Shveytsariya va boshqa 
mamlakatlarida boiib o„tgan nazariy-ilmiy anjuman va simpoziumlarda 
ma‟ruzalar bilan qatnashgan Habib Abdullayev o„zbek fanining 
shuhratini jahonga tanitdi.
1943-yilda Meksikada Jahon geologlarining XX Kongressi boidi. 
Ushbu xalqaro anjumanda o„zbek olimi ham ilmiy ma‟ruza bilan 
qatnashgan edi. «Men minbardan tushishim bilan, - deb eslaydi H. 
Abdullayev, - Amriqo delegatsiyasining boshligi yonimga kelib qoiimni 
siqdi-da: Janob Abdullayev, Siz kim boiasiz? - deb so„rab qoldi. Shunda 
men:... o„zbek geologi boiaman, - dedim.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling