O'zbekiston tarixi
Xizr nazar qilgan olim. Т.: Fan, 1992, 35-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayrullo Rahmatullayev, geologiya- mineralogiya fanlari doktori.
- Akademik D.Nalivkin. «Habib Abdullayev o„z xalqining faxri boiib qoladi. Menga uning harakati negadir bo„ronni eslatadi!». Akademik A.Feresman.
- Akademik Ambarsumyan.
1
Xizr nazar qilgan olim. Т.: Fan, 1992, 35-bet. 2 0‘sha manba, 33-bet. 3 Xizr nazar qilgan olim. - Т.: Fan, 1992, 45^46-betlar. 548 * * * Buyuk olimning nechog„lik ulugiigini uning zamondoshlari so„zlari bilan tasawur qilishning o„zi kifoya deb hisoblaymiz: «Agar Alisher Navoiy she‟riyat dunyosining «hoqoni» boigan boisa, Habib Muhammedovich esa fan sohasida 0„rta Osiyo metallogenistlarining (ma‟danshunoslari) «sultoni» edi». Xayrullo Rahmatullayev, geologiya- mineralogiya fanlari doktori. «Geologiyada faqat ikki kishi K.Satpayev va H.M.Abdullayev. Ikkalasi ham ishni oddiy quduq qazishdan boshlab akademik, keyin esa prezident darajasiga ko„tarilgan». Akademik D.Nalivkin. «Habib Abdullayev o„z xalqining faxri boiib qoladi. Menga uning harakati negadir bo„ronni eslatadi!». Akademik A.Feresman. «Habib Muhammedovich Abdullayevdek buyuk insonlar har kuni, har yili tugilavermaydi, balki bunday insonlar 100 va 500- yilda bir marta tug„iladi». Akademik Ambarsumyan. * * * Xullas, o„zbek xalqining millatparvar, vatanparvar o„g„loni aka- demik Habib Abdullayevning siymosi mustaqil 0„zbekiston yoshlari uchun yurtga, millatga, imon va e‟tiqodga sodiqlik namunasi boiib abadiy qoladi. 0„zbekistonda fizika-matematika fanining yorqin yulduzlaridan biri Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov hisoblanadi. U 1915- yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining Fizika-matematika fakultetida tahsil ko„rgan. T.A.Sarimsoqov yirik jamoat va davlat arbobi boiish bilan birga fizika-matematika fani sohasida 0„zbekiston shuhratini uzoq- uzoq o„lkalarga taratgan allomadir. U 1938-yilda «Ikkinchi tartibli differensial tenglamalar hollari va ba‟zi algebraik tenglamalaming asimptotik yechimi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi. 1941- yilda boshlangan urush tufayli harbiy xizmatga chaqirilgan Toshmuhammad Aliyevich 0„rta Osiyo harbiy okrugining Tosh- 549 kentdagi meteorologiya qismida xizmat qildi. Bu yerda o„zi uchun yangi soha boigan sinoptik xaritani toidirish va uning ustida ishlash bilan shug„ullandi. 1942-yilda olim «Holatlari sanoqli boigan tasodifiy protsesslarga oid» mavzuda doktorlik dissertatsiyatsini himoya qildi. T.A.Sarimsoqov juda ko„plab darsliklar va qoilanmalar mual- lifidir. 1968-yilda «0„qituvchi» nashriyotida uning «Haqiqiy o„zga- ruvchining funksiyalari» darsligi chop etildi. Bunga qadar hali 1954- yilda allomaning «Markov protsesslarining asosi» Moskvada chop etilgan edi. Bu qoilanma 1982-yilda qayta nashr etildi. Bundan tashqari zahmatkash olimning «Funksional analiz kursi» darsligi 1980- yilda, «Kvantli ehtimollar nazariyasiga kirish» deb nomlangan yirik monografik asari 1985-yilda bosmadan chiqqan. 1989- yilda matbuot yuzini ko„rgan «Hayot dovonlari» deb nomlangan asari allomaning hayot xotiralari va esdaliklarini o„z ichiga oladi. Toshmuhammad Sarimsoqov yirik fan arbobi va alloma bo„- lishdan tashqari juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. 1943-yildan e‟tiboran bir necha bor uzilish bilan Toshkent Davlat universitetida rektor, 1946-yildan 0„zbekiston FA prezidenti, 1959- yildan esa 0„zbekiston Oliy va o„rta maxsus taiimi vaziri lavozimlarida ishladi. U qayerda ishlamasin xalq, millat baxti va ravnaqi yoiida mehnat qildi. 0„zbekistonda kimyo fanining yirik darg„alaridan biri, so„zsiz, akademik Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) edi. Uning rahbarligida Toshkent Davlat universitetida o„simliklar kimyosi kafedrasi (1946), Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi institutida g„o„za kimyosi laboratoriyasi (1954), ToshDUda tabiiy birikmalar kimyosi muammolari laboratoriyasi tashkil (1958) etildi. Bu laboratoriyalarda g„o„za tarkibidagi moddalar, Markaziy Osiyo yowoyi o„simliklari tarkibidagi alkoloidlami muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolar hal etildi. Alloma rahbarligida Markaziy Osiyodagi alkaloidli o„simliklar tekshirilib, 100 dan ortiq alkoloid ajratib olindi, shulardan 70 tasi yangi alkoloid bo„- lib, ko„pchiligining tuzilishi va konformatsiyasi aniqlandi. G„o„za bargi, chigiti, qobigi, guli va g„o„zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, sterinlar, triterpenlar, uglevodlar, shuningdek, A, Ye, R, G„ kabi vitaminlar ajratib olindi. Itakon kislota olishning arzon usuli ishlab chiqilishi sun‟iy jun (nitron) olish sanoatining rivojlanishiga muhim hissa boiib qo„shildi. Akademik Sodiqov o„z shogirdlari bilan bir qancha tabiiy birikmalar: alkaloidlar, 550 polifenollar, yog„ kislotalari, uglevodorodlar, fosfatidlar va bosh- qalami o„rganishda katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, g„o„za tarkibidagi moddalar kimyosi va stereokimyosini o„rganishga katta e‟tibor berildi. G„o„zadan 80 dan ortiq moddalar ajratib tekshirildi, bulaming ko„pchiligi ilgari topilmagan yangi moddalar edi. Olimning deyarli barcha ilmiy tadqiqotlari faqat nazariy jihatdan emas, balki xalq xo„jaligida ham katta ahamiyat kasb etdi. Limon, olma kislotalari ajratib olishning yangi va arzon usuli yaratilib, ishlab chiqarishga joriy qilindi. Anabazis o„simligi alkaloidlarini ayrim-ayrim ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Ilmiy ishlaming ob‟ektlarini to„g„ri tanlash, ularga ilmiy metodologik jihatdan yondoshish, zamonaviy fizik- kimyoviy, kvant-kimyoviy usullaming qoilanishi fizik, orga- nik, biologik kimyo sohasida qator masalalami hal qilishga yordam berdi. Bu kimyo fanining yangi sohasi - bioorganik kimyo fanining vujudga kelishiga maium hissa qo„shdi. Limon va olma kislotalari olish texnologiyasi sobiq Ittifoq davridagi Xalq Xo„jaligi Yutuqlari Ko„rgazmasining oltin medalini olishga sazovor boigan edi. Akademik Obid Sodiqov xalqaro ilmiy anjumanlarda 0„zbekiston fani dovrugini taratgan olimlardan. U 1956-yilda GDR, 1958-yilda AQSh, 1959-yilda Bratislava, 1960- yil Fransiya, 1964, 1967- yillarda Hindiston va boshqa yerlarda uyushtirilgan konferensiyalarda ma‟ruzalar bilan chiqdi. Akademik Obid Sodiqovich Sodiqov katta tashkilotchilik qobiliyatiga ham ega edi. U qariyb 20-yil davomida 0„zbekiston Fanlar akademiyasini boshqardi. Ammo 0„zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boigani kabi fan, matbuot, radio va televideniya ustidan o„matilgan qattiqqoi davlat senzurasi o„zbek ziyolilarining, xususan, olimlar- ning yanada yuksak ilm cho„qqilarini egallashlariga yoi qo„ymadi, har qadamda ulaming ijodlarini bo„g„ib turdi. 0„zbekiston SSR Bosh senzura boshqarmasining boshligi Alimtayev 1975-yil 25-dekabrda o„z ishini olib borgan respublika jumalistlar boshqarmasining V Plenumida so„zlagan nutqida iqror boiib aytgan ediki, Samarqand Davlat universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan «Вопросы истории Узбекистана» («0„zbekiston tarixi masalalari») to„plamidan bir ilmiy maqola olib tashlangan. Bu maqolaning kamchiligi nima edi? Unda, Alimtayev fikricha maqola muallifi «0„zbekiston Kompartiyasi o„tish davrining bir necha 551 yillari davomida... nafaqat sinfiy dushmanlarga, balki vaqtincha adashgan sof vijdonli kishilarga qarshi ham shafqatsiz kurash olib borganligi»ni yozgan ekan. «Mushtum» jumali, - deb davom etadi Alimtayev - she‟riy uslubda: «Inson ilgari yolg„on gapirishdan qo„rqar edi, endi esa to„g„ri so„zlashdan ham qo„rqadi» deb yozganligini tanqid qiladi 1 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling