O'zbekiston tarixi
Xizr nazar qilgan olim. (Akademik H.M. Abdullayev tavalludining 80-yilligiga
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Xizr nazar qilgan olim. (Akademik H.M. Abdullayev tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlanadi). - Т.: Fan, 1992, 4-bet. 547 U esa: Yo„q. Siz o„zbek emassiz. Siz tayyorlangan (podstavnoy) odamsiz, hali o„zbeklardan Sizdek olimlar yetishib chiqqan emas, - deb qoldi. Shunda men faxr bilan baralla: «Men haqiqiy o„zbek farzandiman», - deb javob berdim» 1 . Habib Abdullayevning «Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bogiiqligi» va boshqa juda ko„plab asarlari xorijiy tillarda tarjima qilingan. «Bu asar, - deb yozgan edilar T.Shoyoqubov va M.Ahmedov, - o„zbek fanini H.Abdullayev siymosida jahonning eng ilg„or fan cho„qqilariga olib chiqdi. Jahon ilm ahli dunyoda 0„zbekistondek jumhuriyat borligini, Beruniyning vatanida hali ilm so„nmaganini yana bir bor his etdilar» 2 . Habib Abdullayev o„zbek fanining haqiqiy jonkuyari edi. Shu boisdan ham uning rahbarlik davrida yuzlab fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqdi. Chunki buyuk alloma millatning kelajagi va istiqboli yuqori malakali milliy kadrlarga bogiiq ekanligini yaxshi bilardi. H.Abdullayev rahnamoligida aspirantlar soni o„n baravar ko„paydi va 1000 kishiga yetdi. «Moskvaga, - deb eslaydi yozuvchi Izzat Sulton, - qisqa muddatda to„rt yuzdan ortiq o„zbekni aspirantura va doktaranturaga yuborganda, Habib «to„g„ri yoidan» bormadi, chunki respublikada eng muhim amallarda o„tirgan shovinistlarga bu ish yoqmas edi. Shovinistlar g„aflatda qolib, bu voqeadan juda ham kech xabardor boidilar va alamlaridan «tirsagini tishlab» qoldilar. Keyin Habibning bu ishi uchun undan beshafqat o„ch oldilar. Shu ishi va o„zbek xalqining manfaatlarini ko„zlab qilgan ko„pgina boshqa ishlari uchun, Habib 0„zbekiston Fanlar akademiyasi prezidentligi vazifasidan qo„qqisdan olib tashlandi... Bu - Markaziy Qo„mitada ikkinchi (aslida esa - birinchi) kotib boiib ishlagan va Habib Muhammedovich tomonidan «tegirmonchi» deb nom berilgan Melnikovning ishi. Ashaddiy shovinist, o„zbek xalqining sodiq farzandidan ana shu yoi bilan qasos oladi» 3 . Noyob qobiliyat egasi, katta olim va tashkilotchi Habib Abdullayevni ishdan olishgach uni hatto Akademiyaning Prezidiumi a‟zolari qatorida ham qoldirmadilar, biror-bir ilmiy tadqiqot institutida rahbarlikka ham lozim topmadilar. Albatta, bu adolatsizlik va nohaqliklar allomaning salomatligiga o„z ta‟sirini ko„rsatmay qolmadi. U 1962-yil 20-iyunda vafot etdi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling