O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

birinchidan, 
«0„zbekfilm» uchun mutaxassis kadrlar asosan sobiq 
Ittifoqning Markaziy shaharlarida tayyorlanar edi. 
Ikkinchidan, 
kino 
asarlari dastlab rus tilida tayyorlanar va Moskvaga senzuraga 
yuborilardi. Markaz tasdigidan o„tgan filmlar- gina ekranlarga chiqarilar 
va so„ng o„zbek tiliga tarjima qilinar edi.
Uchinchidan, 
yuqoridagi sabablarga ko„ra, «0„zbekfilm»ga 
aksariyat rus tilida so„zlashuvchi xodimlargina ishga qabul qilindilar.
Natijada «0„zbekfilm»da faoliyat ko„rsatuvchi jamoa ahli bilan 
asosan o„zbek tilida ijod qiladigan 800 kishidan ortiq yozuvchilar 
jamoasi o„rtasida do„stona ijodiy aloqa boimadi. Bu oqibatda xunuk va 
achinarli natijalarga olib keldi. «0„zbekfilm» uchun mahalliy ijodkorlar 
asarlar yozib bermadilar yoki ular o„zaro umumiy til topa olmadilar. 
«0„zbekfilm» jamoasi esa, o„z navbatida, «o„rgangan ko„ngil o„rtansa 
qo„ymas» deganlaridek, o„zining eski hamtovoqlari bilan yanada 
mustahkamroq «ijodiy hamkorlik»ni rivojlantirdi. Buni 80-yillarda 
suratga olingan filmlar ro„yxatining o„ziyoq yorqin ko„rsatadi: 
«Boimagan voqea» - ssenariy muallifi Valentina Tokareva, rejissyor 
Qamara Kamolova, «Amiming xufyona sayohati» - ssenariy muallifi 
Boris Saakov, rejissyor Farid Davletshin, «Buvimni qaytaring» - 
ssenariy muallifi Isay Kuznesov, rejissyor Muxtor Og„amirzayev, 
«Bolalik stantsiyasidan chiqqan poyezd» - ssenariy mualliflari Leonid 
Arkadev, Aleksandr Kovtun, rejissyor Habibullo Fayziyev, «Hayot 
mazmuni» - ssenariy muallifi Ramiz Fataliyev, rejissyor Damir Salimov, 
«Ikkinchi aylana bo„ylab», - ssenariy muallifi Aleksandr Goroxov, 
rejissyori Ravil Botirov, «Yowoyi» - ssenariy muallifi Rustam 
Ibrohimbekov, rejissyori Qamara Kamolova, «Maysaraning ishi» - 
ssenariy muallifi Eduard Akopov, rejissyori Melis Abzalov. Bu ro„yxatni 
yana V.Jeleznikov, A.Leontev, V.Xmelniskiy («Otga mehr» - rejissyori 
M.Og„amirzayev), E.Verigo, B.Turin («Inqilob vakil qilgan» - rejissyori 
Z.Royzman) kabi «o„zbek dramaturglari» bilan toidirish mumkin»
1
.
1
«Muloqot» jumali, 1991-yil, 5-son, 29-30-
betlar. 
561 


«0„zbekfilm»ning mavzular doirasi ham juda tor va asosan 
«bosmachilik»dan boshi chiqmaganligi natijasida uni xalq orasida 
«bosmachifilm» deb kinoya bilan tilga olishardi. 1985-yildan e‟tiboran 
«qayta qurish» deb atalgan o„zgarishlar bahonasida «0„zbekfilm» o„zbek 
xalqining milliy qadriyat va an‟analariga yot g„oyalami, axloqiy-
ma‟naviy buzuq sahna asarlarini ekranlar vositasida tash- viqot-targ„ibot 
qilib, yoshlar tarbiyasiga zarar keltirdi. Damir Sali- movning «Yowoyi 
itlar», Sanjar Boboyevning «Vijdon azobi», Jahongir Fayziyevning «Siz 
kimsiz?», Muzrob Boymuhammedov- ning «Najotsiz qotil», Farid 
Davletshinning «Amiming xufyona sayohati», Nozim Abbosovning 
«Samardagi uchrashuv» kabi filmlari huddi ana shunday jihati bilan 
ajralib turadi.
Sho„rolar va Kompartiya mehnatkash xalqni itoatda saqlash uchun 
ommaviy 
axborot 
vositalaridan 
ham 
keng 
foydalandi. 
Mu- 
taxassislaming hisob-kitoblariga qaraganda, har bir millat o„z vakillarini 
hozirgi zamon axboroti bilan yetarli darajada ta‟min- lashi uchun bir 
yilda 300 tadan 500 tagacha jumal, 8 mingdan 12 mingtagacha nomda 
kitob chiqarishi kerak ekan. Busiz na milliy madaniyat, na milliy til 
ravnaqi to„g„risida so„z yuritish mumkin emas (Biz sho„rolar davrida 
chop etilgan ommaviy axborot vositalarining qullik va tobelik 
mafkurasini targ„ibot qilganligini hisobga olayotganimiz ham yo„q). 
1960-yilda 0„zbekistonda 110 nomda jumal va jumal tipidagi 
xabamomalar nashr etilgan boisa,
1985- 
yilda ulaming soni ko„payish o„miga 88 taga tushib qoldi
1

Kitob nashr qilish-chi? 1940-yilda 0„zbekistonda 4 million o„zbek boiib, 
640 nomda kitob nashr qilingan, ya‟ni har yuz ming nafar o„zbekka 11-
12 tadan kitob to„g„ri kelgan. 1985-yilgi ma‟lumotlarga ko„ra esa 16 
millionli o„zbek aholisi uchun 982 nomda kitob chop etilgan, ya‟ni har 
yuz ming o„zbekka 4-4,5 tadan kitob to„g„ri kelgan. Umuman, o„zbek 
tilida kitob chop etish yildan-yilga ko„payish o„miga kamayib borgan. 
Masalan, 1979-yilda - 105 ta, 1985-yilda - 982 ta va 1986-yilda 947 
nomda kitob o„zbek tilida chop etildi. Holbuki, 1986-yilda 1 million 20 
ming eston aholisi uchun 1.420 kitob eston tilida
2
chop etilganligiga 
taqqoslasak, 0„zbekiston bu

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling