O'zbekiston tarixi


partiyaviylikni taqiqlab, Kompartiya yakka hukmronligiga asos solgan


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiyaviylikni taqiqlab, Kompartiya yakka hukmronligiga asos solgan 
V.I.Lenin qo„ygan edi. «Xalqlar dohiysi» I.Stalin bu ishni qiyomiga 
yetkazdi va mamlakatda zo„rlikka tayanuvchi byurokratik davlat 
boshqaruv tizimi qaror topdi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalari va 
muammolari bo„yicha birdan-bir to„g„ri va so„nggi haqiqatni, nazariy-
ilmiy xulosani Kompartiyaning birinchi rahbari - yoiboshchisigina 
aytishi odatga aylantirildi. Omma fikri bilan hisoblashish tartibi 
yo„qoldi. Bu siyosiy-nazariy sohada 60-yillardan e‟tiboran kuchli tus 
olgan qashshoqlik va bo'hronning asosi edi.
V.I.Lenin 1920-yilda komsomolning III syezdida «Yoshlar soyu- 
zining vazifalari» haqida so„zlagan nutqida: «...Hozir 15 yoshda boigan 
avlod kommunistik jamiyatni ko„radi...»
2
deb bashorat qilgan edi.
«Dohiy»ning bu bashorati boshqa xalqlar qatorida o„zbek xalqini 
ham aldab, «kommunizm yoiida» zahmatli mehnatga chorlagan edi.
1959-yilning boshida boiib o'tgan KPSSning navbatdan tashqari 
XXI syezdi «SSSRda sotsializm batamom va uzil-kesil g„alaba 
qozonganligi, sovet davlati o„z taraqqiyotining yangi bosqichiga - 
kommunizm qurish davriga o„tganligi»ni ijod qildi.
1961-yil oktabrda Kompartiyaning XXII syezdi chaqirildi va
1
 Gorbachev M. S. Qayta qurish va yangicha fikxlash mamlakatimiz va butun dunyo 
uchun.-T.:0‘zbekiston, 1988, 15-bet.
2
 Lenin V.I. TAT, 41-t. 354-bet. 
564


unda KPSSning III dasturi - «kommunizm qurish dasturi» qabul qilindi. 
Syezdda ma‟ruza bilan chiqqan N.S.Xrushchev ikki o„n yillikda SSSRda 
«kommunizm qurilishi»ni bashorat qildi. Bu «nazariy xulosalar» barcha 
qatori 0„zbekiston mehnatkashlarini ham quvontirdi, albatta. Ammo bu 
quvonch uzoqqa cho„zilmadi. 1963-1964-yillarda mamlakatda oziq-
ovqat tanqisligi vujudga keldi. «Kommunizm qurilishini avj oldirish» 
davriga kirgan xalq birinchi darajali hayotiy ahamiyatga ega bo„lgan 
oziq-ovqat mahsulotlari: un va un mahsulotlari, yog„, go„sht va boshqa 
shuning singarilami talon orqali olish darajasiga tushib qoldi. 
Mamlakatning juda ko„p shaharlarida zabastovkalar va norozilik 
mitinglari boidi. 1962-yil iyunda Novocherkasskda boigan fojiali va 
qonli voqealar bunga misol boia oladi. Go„sht va yog„ mahsulotlari narxi 
oshganligidan norozi boigan mehnatkashlar namoyishi o„qqa tutildi, 70-
80 kishi
1
oidirildi.
1964-yil Oktabr Plenumi N.S.Xrushchevni barcha lavozim- lardan 
olib tashladi. Uning o„miga L.I.Brejnev saylandi. Kompartiyaning yangi 
«dohiysi» ham «kommunizm» to„g„risidagi «nazariy g„oyani» yanada 
«ijodiy» rivojlantirdi. Uning rahbarligida ishlab chiqilgan va 1977-yil 7-
oktabrda 
qabul 
qilingan 
SSSR 
Konstitutsiyasida 
mamlakatda 
«rivojlangan sotsializm» qurilganligi qonuniy «mustahkamlandi». Bu 
xulosa 0„zbekiston SSRning
1978- 
yil 19-aprelda qabul qilingan Konstitutsiyasi uchun ham asos 
boidi. Albatta, Kompartiya va shoio hukumati ulug„ naza- 
riyotchilari»ning «sotsializm va kommunizm» to„g„risidagi cho„p- 
chaklari mehnatkashlar ommasining barcha «ishonch va umid- lari»ni 
chilparchin qildi. Ammo bu masaladagi oxirgi xulosaga so„nggi nazariy 
nuqtani M.S.Gorbachev qo„ydi. U Kompartiya MQsining 1985-yil aprel 
Plenumida 
mamlakatda 
Lenin 
asoslab 
bergan 
sotsializm 
qurilmaganligini, balki u «stalincha model» yoiidan borganligini eion 
qildi. Bu fikmi KPSSning sobiq rahbari keyinchalik yanada aniqroq 
bayon qilgan edi: «Beg„araz, halol yondoshish bizni muqarrar xulosaga 
olib keldi: mamlakat krizis oldi holatiga tushib qolgan ekan. 1985-yil 
aprelida boiib o„tgan Markaziy Komitet Plenumida ana shunday xulosa 
chiqarildi»
2
.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling