O'zbekiston tarixi


 0‘zRMDA, 1714-fond, 2s-ro'yxat, 103-ish, 40-varaq


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet486/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘zRMDA, 1714-fond, 2s-ro'yxat, 103-ish, 40-varaq.
2
O'sha manba, 40-41-varaqlar.
3
 O'sha manba, 41-varaq.
4
O'sha manba, 42-varaq.
635


bekistonda bir-biridan mustaqil ikki yo„nalishda olib borilgan. Birinchisi 
diniy-islomiy yo„nalishda bo„lsa, ikkinchisi umum- ma‟rifiy - siyosiy, 
dunyoviy va demokratik yo„nalishdadir. Bu har ikkala yo„nalishning umum 
mushtarak maqsad yoiida mustaqillik uchun kurashda birlashib harakat 
qilmaganligi, ko„p hollarda esa ikkinchi darajali muammo va masalalar 
atrofida kelisha olmasdan bir-birini inkor etib kelganligi har ikkala 
yo„nalishning ham zaif tomonlaridan boiib, undan mustamlakachi kuchlar 
ustalik bilan foydalanganlar. 1946-1985-yillarda ham bu jarayonda aytarlik 
o„zgarishlar boigan emas. 
Sovet hukumati va kommunistik partiya ikkinchi jahon uru- shidan 
so„ng ham o„zining «Din xalq uchun afyundir» degan naqlga amal qildi. 
0„zbekistonda shovinistik-mustamlakachilik siyosatni davom etdirishda 
Islom dinini asosiy raqib deb bildi. Ammo Islom diniga qarshi strategik 
maqsaddan voz kechmagan holda Kreml imperiyasi kurashning taktik yoiini 
o„zgartirdi va maium ma‟noda u bilan vaqtincha murosayu-madora qilish 
yoiini tutdi. Aniqrogi, u bunday yoini tutishga majbur boidi. Ulaming 
bunday yoini tanlashlariga sabab boigan omillar albatta ko„p. Ular asosan 
ikkita: birinchisi mamlakat ichkarisidagi ogir ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va 
unda islom omilining o„midir. Gap shundaki, Sovet hukumati va 
kommunistik partiya oktabr to„ntarishidan keyingi o„tgan qariyb 30-yilga 
yaqin shafqatsiz kurash davomida har qancha qirgin, qamoq, surgun va shu 
kabi dahshatli tadbirlar bilan ham musulmonlami o„z e‟tiqodidan, islom 
dinidan qaytara olmadi. Oxir oqibat umsh tufayli vujudga kelgan ogir 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda o„jarlik bilan Islomni rad etish va unga qarshi 
shafqatsiz kurash yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini tushundilar. Buning 
ustiga mamlakat o„z boshidan qirginbarot urushni kechirayotganda 0„rta 
Osiyo va Qozogiston musulmonlari fashizmga qarshi kurashda Sovetlami 
har tomonlama qoilab-quwatladilar, uning joniga malham boidilar. 
0„rta Osiyo va Qozogiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi 
muftiy Eshon Boboxon Ibn Abdulmajidxon 1944- yil noyabrda Oktabr 
«inqilobi»ning 27-yilligi munosabati bilan I.Stalinga yoilagan tabrik xatida 
0„rta Osiyo va Qozogiston musulmonlari fashizm ustidan tezroq g„alaba 
qozonishdek olija- nob ishga o„zlarining munosib hissalarini qo„shish 
niyatida 1944-yilda shaxsiy jamg„armalari hisobidan mamlakat mudofaa 
636


fondiga 1280.000 so„m pul to„plaganliklari va 117.000 so„m zayom 
obligasiyalarini sotib olganliklari, 63 tonna don va 90 bosh qoramol 
jamg„arganliklarini xabar qilgan edi. Ana shu to„plangan mablag„ning 790 
ming so„mi tank kolonnalari qurish, 490 ming so„mi esa jangchilarning 
oilalariga yordam fondiga o„tkazildi'. I.Stalin 0„rta Osiyo va Qozog„iston 
musulmonlari diniy boshqarmasining raisi muftiy Eshon Boboxon Ibn 
Abdulmajidxonga yozgan javob xatida 0„rta Osiyo va Qozog„iston 
musulmonlari va dindorlarining bunday olijanob himmatlari va yordamlari 
uchun tashakkur va minnatdorchilik
2
izhor etgan edi. 
Sovet hukumati Islom diniga maium ma‟noda «yon berib», musulmon 
xalqlarining ishonchini qozonishni va 0„rta Osiyoda o„z pozitsiyalarini 
yanada mustahkamlashni istar edi. 
Ikkinchisi tashqi omil boiib, urush tufayli har tomonlama toliqqan 
Sovet mamlakati butun musulmon dunyosini o„jarlik bilan o„ziga qarama-
qarshi qo„ya olmasligi turadi. Chunki, qariyb 30-yilga yaqin davr 
mobaynida musulmon millatlariga nisbatan genotsidga asoslangan siyosat 
xalqaro 
jamoatchilikni, 
xususan, 
musulmon 
dunyosi 
mamlakatlari 
xalqlarining sovetlarga nisbatan nafirati va qahr-g„azabini qo„zg„ardi. 
Sovet hukumati va kompartiya rahbarlari mamlakatda maium ma‟noda 
Islom diniga yon berish Sovet mamlakati uchun endi hech qanday xavf 
tug„dira olmasligini ham yaxshi bilar edilar. Chunki ular 1939-yilga qadar 6 
million musulmonlami qirib bitirdi, Islom dini va ma‟naviyatidan taiim va 
tarbiya beradigan diniy maktablar, madrasalar va masjidlami tugatdi. Borlari 
ham norasmiy holatda faoliyat ko„rsatar edi. 
1943-yilda 0„zbekistonda davlat ro„yxatidan o„tgan 8 tagina masjid
3
bor 
edi, xolos. Shu bois islom dini va ta‟limoti asoslaridan maiumotli 
musulmonlar barmoq bilan sanarli darajada qolgan edi, ommaning asosiy 
qismi islom dini ta‟limoti asoslaridan bexabar boiib, eski o„zbek tilida o„quv 
va yozuvni bilmas edi. 
Sovet hukumati ana shu obyektiv va subyektiv vaziyatni hisobga olib, 
1943-yil 20-oktabrda 0„rta Osiyo va Qozogiston musulmonlarining I 
qurultoyining tashkilotchisi boidi. Unda 0„rta Osiyo va Qozogiston 
musulmonlari diniy boshqarmasi 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling