O'zbekiston tarixi


 «Inson va siyosat» jumali, 1991-yil, 5-son, 8-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet515/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Inson va siyosat» jumali, 1991-yil, 5-son, 8-bet.


ijtimoiy mehnat unumdorligi 1976-1980-yillarda 2,7 foizga teng bo„lgan 
bo„lsa, 1981-1985-yillarda 0,4 foizga va 1986-1990- yillarda esa ilgarigi 
besh yillikdagiga qaraganda yana 0,4 foizga kamaygan. 1990-yilga kelib 
respublikada nechog„lik og„ir iqtisodiy ahvol yuzaga kelganligini 
shundan ham bilish mumkinki, mamlakat bo„yicha joriy yilda 1 milliard 
so„mlikdan ziyod asosiy fondlar ishga tushirilmadi. Ishlab chiqarish 
maqsadlarini ko„zlab rejalashtirilgan 86 inshootdan bor-yo„g„i 40 tasi 
foydalanishga topshirildi, xolos
1
. Bu mablag
1
o„sha davrdagi qiymatini 
hisobga olganda iqtisodiy ahvol naqadar ayanchli ahvolga tushib 
qolganidan dalolat beradi.
1986- 
1988-yillar davomida 0„zbekiston Respublikasi 
biror marta davlatga paxta tayyorlash rejasini bajarmadi. 1987-yilda 
«Glavsredazirsovxozstroy» tarkibidagi 76 ta paxta ekuvchi davlat 
xo„jaliklaridan faqat 31 tasi paxta topshirish rejasini bajardi, xolos. 
Boshqacha aytganda ko„zlanganidan 67 ming tonna paxta, 16 ming tonna 
don kam topshirildi. Har gektar boshiga paxtadan olingan hosil atigi 14,3 
sentnemi tashkil etdi
2
.
Yangi yerlami o„zlashtirish uchun kelgan «cho„lquvarlar»ga yetarli 
darajada shart-sharoit yaratilmadi. Natijada 1986-1987- yillarda 876 oila 
yoki yangi yerlami o„zlashtirishga kelganlaming 40 foizi bu yerdan ketib 
qoldilar
3
. XII besh yillikda respublika milliy daromadi rejaga ko„ra 20 
foizga ko„payishi, sanoat ishlab chiqarish sur‟atlari 24—27 foizga o„sishi 
va qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirish har yili o„rta hisobda 14, 16 
foiz ortishi ko„zda tutilgan bo„Isa, bu rejalaming hammasi qog„ozda qolib 
ketdi.
Yuqorida ko„rsatilgan sabablar tufayli respublikada iqtisodiy 
taraqqiyot orqada qola bordi. Unga boigan sarf-xarajatlar yil sayin ortdi. 
Aholining iste‟mol taqchilligi keskin kuchaydi. Natijada 0„zbekiston 
barcha iqtisodiy va ijtimoiy ko„rsatgich bo„yicha sobiq ittifoqda oxirgi 
o„rinlardan birini egallab oldi. Buni shundan ham bilish mumkinki
respublika aholisi jon boshiga ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo„yicha 
80-yillaming oxiriga kelib 12- o„ringa tushib qoldi. Milliy daromad ishlab 
chiqarish bo„yicha esa, ittifoqdagi o„rtacha ko„rsatgichdan, ikki barobar 
past edi
4
. Buning oqibatida iqtisodiyot batamom izdan chiqdi, moddiy va

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling