O'zbekiston tarixi
partiya qo„mitasi «partiya drujinasi to„g„risida»gi masalani ko„rib chiqdi va
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiya qo„mitasi «partiya drujinasi to„g„risida»gi masalani ko„rib chiqdi va tegishli qaror qabul qildi. Qizil gvardiya shtabi va harbiy kollegiya 5-sentabr kuni «Qizil gvardiya tashkil etish»ga qaror qildi. Shahami mudofaa etish uchun G.M. Bildin raisligida (a‟zolari V.N.Sidorov, M.G.Shanin, N.Aliyev, S.I.Qo„ziahmedov, A.Husanboyev) mudofaa Shtabi tuzildi. Kom- munistlardan iborat qurolli partiya drujinasi tashkil topadi. Shahami qamal qilish chog„ida Andijonda shahar himoyachilari soni 1565 taga etgandi. Ular ixtiyorida 2 ta to„p, 3 ta pulemyot, 2 ta bombamyot bor edi. Mudofaa shtabi qarori bilan shahar beshta jangovar hududga boiindi. Xullas, Sho„rolar Andijonni mudofaa etish uchun zamr 124 chora-tadbirlar belgiladilar. Viloyat va respublika davlat va harbiy organlari ham bundan boxabar edilar, Andijonga boshqa jabhalardan ham yordamchi kuchlar yuborish choralarini ko„rdilar. Madaminbek va Monstrovlaming birlashgan qo„shinlari 1919- yil sentabrda Andijonni qamal qildi. Andijon shahri va uyezdi milliy ozodlik kurashchilari uchun katta strategik ahamiyatga ega edi. Andijon Madaminbek armiyasini oziq-ovqat bilan ta‟minlab turgan Jalolobod, 0„sh shaharlariga yaqin edi. Andijonning yangi shahar qismida joylashgan qal‟ada katta miqdorda oziq-ovqat va qurol- yarog 1 bor edi. Qolaversa, Andijon yirik temir yo„1 tarmog„ining tuguni edi. Andijonni qoiga kiritish butun Farg„ona vodiysida sho„ro hokimiyatini ag„darish imkonini berar edi. Bu vaqtda Skobelev va Qo„qon shaharlari atroflarida Milliy ozodlik kurashchilari shay turgan edilar. Marg„ilon Madaminbek tasarrufida edi. Istiqlolchilar Andijonni egallashi bilan Andijon va Marg„ilon oralig„idagi temir yoini toialigicha o„z tasarrufiga olish imkoniga ega bo„lar edilar. Ana shu bois Turkiston Sho„ro hukumati ham Andijonning istiqlolchilar qo„liga o„tib qolmasligi uchun jon-jahdi bilan kurash olib boradi, o„lkadagi bor kuch shu jabhaga safarbar qilindi. «Madaminbek qo„shinlariAndijonning eski shaharini hech qanday qarshiliksiz ishg„ol qiladi, — deb yozadi tadqiqotchi Alisher Ibodinov o„zining «Qo„rboshi Madaminbek» asarida, - Andijonlik ko„pgina yigitlar madaminchilarga qo„shildi. Farg„ona fronti qo„mondonligi ham Andijonning yangi shahrini himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko„rdi. Qo„qondan Andijonga 7 vagon askar yuborildi» 1 . 8 kun davomida shiddatli jang tinmadi. Farg„ona fronti qo'mondoni M.V.Safonov o„z qo„shini bilan Andijon sho„ro hukumatiga yordamga keldi. I.I.Shishkanov otryadi ham yordamga shoshildi. Ginzburg nomli Qozon o„qchi polki A.P.Sokolov qo„mondonligida, III kommunistik intemasional nomli otryad E.F.Kujelo boshchiligida Andijonga kirib keldi. Shundan keyin Andijon gamizoni 3116 jangchi, 12 to„p, 3 ta bombomyot, 57 ta pulemyotga ega boidi. Yana boshqa mahalliy otryadlar ham kelib qo„shildi. Har ikki tarafdan qurbonlar ko„p boidi. Jangda Andijon uyezd- shahar Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling