O'zbekiston tarixi
‘zR MDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 49-ish, 5-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
0‘zR MDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 49-ish, 5-varaq.
2 O'sha manba. 3 0 ‘sha manba, 2 -varaq. 262 Buxoro ma‟rifatchilar uyiga yuboriladi 1 . Amir oila a‟zolaridan: uning onalari To„raoy, Shamsiyaoy, To„tioy; Qizlari: Xosiyatoy, Saodatoy, Muharramaoy; Xotinlari: Sharifaoy, Muborakoy, Xursandoy va boshqalami ja‟mi 51 kishini Afg„onistonga jo„natish va 63 kishini ozod qilishga 2 qaror qilindi. Amiming kenja o„g„li Rahimning taqdiri masalasida ikki xil ma‟lumot bor. Rasmiy ma‟lumotlarga qaraganda Rahim chet eldagi aksilinqilobiy kuchlar bilan aloqada bo„lgan, deb 1937-yilda qamoqqa olingan va otib tashlangan. Ikkinchisi esa xalq orasida keng tarqalgan, ya‟ni amiming bolalarini bilgan kishilar bergan ma‟lumotlardir. Bu ma‟lumotlarga qaraganda, Sayid Olimxonning iltimosiga binoan Afg„onistonning Moskvadagi elchisi Muhammad Azizxon amiming bolalarini Afg„onistonga olib ketish uchun ko„p yelib-yuguradi. Ammo Sho„ro hukumatidan rasmiy raxsatnoma ola olmaydi. Shundan so„ng Rahim vizasiz Afg„onistonga o„tib ketmoqchi boiadi. Ammo u chegarada qo„lga olinadi va otib tashlanadi. Ikkinchi ma‟lumot haqiqatga yaqinroqdir. Amiming bosh farzandi Sultonmurodning bir oyog„i nogiron bo„lgan. Moskvada nogironlar fabrikasida ishlagan. Uni 40- yillarda Sho„ro davlatining dushmani sifatida qamoqqa olishgan. Sultonmurod nohaq ayblanganligiga nisbatan norozilik bildirib ochlik e‟lon qiladi va shu tariqa qamoqxonada bandalikni bajo keltiradi. Amiming ikkinchi o„gii Shohmurod awal harbiy bilim yurtiga, keyin Kuybishev nomidagi harbiy-injenerlik akademiyasiga kirib o„qiydi. Sho„ro armiyasining generali darajasiga yetadi, umrining oxirigacha shu akademiyada dars beradi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, birinchilar qatorida umshga jo„nab ketadi. 1944- yilda Qrimni ozod qilishda og„ir yaralanadi va Moskvadagi uyiga qaytadi. Shohmurod 1965-yilda 75 yoshida vafot etadi. U umrining oxirigacha qalbidagi yurak dardini hech kimga oshkor eta olmasdan bu dunyoni tark etdi. Shohmurodga Sho'ro yurtida bunday yorqin parvoz yo„li qanday nasib qildi, degan muammo har bir o„quvchini qiziqtiradi, albatta. Shohmurod ikki o„t o„rtasida qolgan edi. Birinchisi - Sho„rolaming ashaddiy dushmani Buxoro amirining o„gii sifatida otaga sodiq qolish edi. Bu yo„1 uni ham Sultonmurod va Rahimlar orqasidan yetaklab borardi. Ikkinchi yo„1 esa, jonni saqlab qolish, shafqatsiz dushman bilan kelishuvga - kompromissga Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling