yiroq, buning ustiga savodi yo„q, inson va odam sifatida esa olijanob bir
kishining bunday katta va mas‟uliyatli lavozimga
tanlanishi tasodifiy va
bejiz emas edi. Mustamlakachi sho„ro hukumatiga o„z rejalarini mahalliy
millat vakillari qo„li bilan silliqqina va «beozor» amalga oshirish uchun
Yo„ldosh Oxunboboyevdek siyosiy kurash o„tida
chiniqmagan, g„oyaviy-
nazariy dunyoqarashi to„la shakllanib, qiyomiga yetmagan va yuqoridan
bo„ladigan hamma va har qanday topshiriqlami
hech ikkilanmasdan
bajaradigan mehnatkash omma vakili kerak edi. Shu boisdan ham Sho„ro
hukumati uni 1917-yil oktabr to„ntarishi davridan to 1924-yilgacha
«tarbiyalab» bordi.
Shu munosabat bilan VKP(b) MQ 0„rta Osiyo byurosi nashri bo„lgan
«Za partiyu» jurnalida I.Xonsuvorovning 0„zbekistonning davlat arboblariga
bergan bahosi g„oyatda o„rinlidir: «Ana endi menga «Ozod sovet sotsialistik
0„zbekiston»ning mas‟ul rahbarlari to„g„risida haqiqiy ma‟lumot berishga
ruxsat etsalaringiz: - «okrug ijroiya komitetlari prezidiumi a‟zolari va
raislari arifmetikaning oddiy to„rt amalini ham bilishmaydi, hatto o„z
tillarida ham qiynalib yozadilar. Parij
va London shaharlari qaysi
mamlakatning poytaxti ekanligini ham bilishmaydi, partiya tarixidan
mutlaqo bexabar, partiya dasturini o„qib ham ko'rishmagan»
1
.
I.Xonsuvorov o„z maqolasida V.I.Leninning «Savodsiz odam
siyosatdan tashqarida. Oldin unga alifboni о„rg
at ish zarur, busiz bu yerda
hech qanday siyosat bo„lmaydi, busiz safsatabozlik, uydirmabozlik,
ertakbozlik, aljirash
boiishi mumkin, xolos, biroq siyosat boimaydi» degan
gaplarini keltiradi. U o„z xulosasini davom ettirib yozadi: «Mana shunday
siyosatga tushunmaydigan» odamlami sho„ro hukumati 0„zbekistonda
«Davlat organlari rahbarlari» qilib qo„yibdi.
Mamlakat hayotida, umuman,
davlatni boshqarishda « safsatabozlik, uydirma, aljirash»lardan ustalik bilan
foydalanishmoqda, shu bilan birga bu odamlar butun mamlakatni
«partiyaviy ertaklar va aljirashlar bilan toidirib boiishdi»
2
.
I.Xonsuvorovning g„oyatda ibratli bu so„zlari 0„zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: