Respublikasi MIQsining raisi etib saylangan Yoidosh Oxunbo- boyevning
o„ziga ham bevosita aloqador edi. Mustafo Cho„qaev bu to„g„rida
quyidagilami yozgan: «Safsatago„ylik, uydirma, aljirashdan iborat siyosatni
tushunmaydigan» hukumat tarkibiga nafaqat okrug sovetlari a‟zolari va
raislari, balkim Sovet 0„zbekistonining rahbari, MIQ raisi Yoidosh
Oxunboboyevning o„zi ham kiradi. 1925-yil so„nggi
saylovda nihoyat
0„zbekiston MIQ raisi qilib saylangach, uning savodsizligi aniq boiib qoldi...
Hozir Oxunboboyev shiddat bilan «ilm olishga kirishgan», u o„z ismini
qoyilmaqom qilib yoza oladi va o„qishni ham bir iloj qilib amallamoqda.
Biroq shunday boisa-da, mana shu chalasavod dehqon «asosan, yerli aholi
vakillaridan iborat 0„zbekiston hokimiyatini haqiqatan ham boshqarayapti»
deb jiddiy ayta olamizmi?»
1
.
Eng ajablanarli joyi shundaki, sho„rolar
0„zbekistonining bosh nashri «Qizil 0„zbekiston» gazetasi o„zining 1925-yil
23-avgust sonida «Barcha musulmon sharqi uchun sho„ro respublikalarining
yorqin namunasi boiajak» - deb, 0„zbekiston hukumatining tepasida
savodsiz bir shaxs turganligidan faxrlanib yozgan ekan. 0„sha paytda
0„zbekiston hukumatini boshqara oladigan
zamonaviy bilim va malakaga
ega boigan o„qimishli bir rahbar nahotki respublikada topilmagan boisa,
degan qonuniy savol har bir kishining xayolidan, albatta, o„tadi.
Bunday
rahbar ko„plab bor edi va topilar edi. Ammo sho„rolarga o„qimishli, siyosiy
jihatdan yetuk va iqtidorli rahbar emas, balki mustamlakachilaming barcha
talab va buyruqlarini quloq qoqmay bajaradigan qo„g„irchoq kerak edi. Bu
to„g„rida Sho„ro Rossiyasining rahbar arboblaridan
biri hisoblangan
G.Safarovning so„zlari nihoyatda ahamiyatlidir: «Mustamlakachilarga yerli
xalqdan chiqqan haqiqiy rahbar, o„zlari bilan
bir safda turadigan teng
huquqli o„rtoq kerak emas edi. Ularga tilmochlar va mirshablar kerak edi»
2
.
«Xalq oqsoqoli» kompartiya va sho„ro hukumatining 0„zbe- kistonga,
o„zbek millatiga qarshi qaratilgan topshiriqlarini shaxsan ijro etayotganda bu
topshiriqlaming shovinistik, mustamlakachilik mohiyatini tushunib yetsa -da,
biroq,. «qo„g„irchoq oqsoqol»lik vazifasini ado etishga majbur edi. Buni
quyidagi misollar yorqin ifoda etadi. «Zuhro» nomli xabar beruvchining
1926-yil 17-martda bergan maiumotida «18 lar» guruhi a‟zolaridan biri
Rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: