O'zbekiston tarixi


iyuldagi Marg‘ilon xalq g‘alayonida qatnashib, ikki oy qamoqda yotgan. 1917-yil oktabr


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

iyuldagi Marg‘ilon xalq g‘alayonida qatnashib, ikki oy qamoqda yotgan. 1917-yil oktabr 
to'ntarishidan so'ng Jo ‘ у bor qishloq sho‘rosi raisining o'rinbosari, 1919-yil 12-fevraldan 
so‘ng Marg'ilon uyezdi Qo‘shchi Ittifoqi raisi, 1921-yil 12-maydan Kompartiya a’zosi. 1926-
1927-yillarda 0‘zbekistonda yer-suv islohotini o‘tkazish Markaziy komissiyasi raisi. 1925-
1938-yillarda 0‘zSSR MIQ raisi. 1938-1943- yillarda 0‘zSSR Oliy Kengashi Hay’ati raisi.
1
 «Za partiyu» jumali, 1927-yil, 3-son, noyabr.
2
O'sha manba.
338


Respublikasi MIQsining raisi etib saylangan Yoidosh Oxunbo- boyevning 
o„ziga ham bevosita aloqador edi. Mustafo Cho„qaev bu to„g„rida 
quyidagilami yozgan: «Safsatago„ylik, uydirma, aljirashdan iborat siyosatni 
tushunmaydigan» hukumat tarkibiga nafaqat okrug sovetlari a‟zolari va 
raislari, balkim Sovet 0„zbekistonining rahbari, MIQ raisi Yoidosh 
Oxunboboyevning o„zi ham kiradi. 1925-yil so„nggi saylovda nihoyat 
0„zbekiston MIQ raisi qilib saylangach, uning savodsizligi aniq boiib qoldi... 
Hozir Oxunboboyev shiddat bilan «ilm olishga kirishgan», u o„z ismini 
qoyilmaqom qilib yoza oladi va o„qishni ham bir iloj qilib amallamoqda. 
Biroq shunday boisa-da, mana shu chalasavod dehqon «asosan, yerli aholi 
vakillaridan iborat 0„zbekiston hokimiyatini haqiqatan ham boshqarayapti» 
deb jiddiy ayta olamizmi?»
1
. Eng ajablanarli joyi shundaki, sho„rolar 
0„zbekistonining bosh nashri «Qizil 0„zbekiston» gazetasi o„zining 1925-yil 
23-avgust sonida «Barcha musulmon sharqi uchun sho„ro respublikalarining 
yorqin namunasi boiajak» - deb, 0„zbekiston hukumatining tepasida 
savodsiz bir shaxs turganligidan faxrlanib yozgan ekan. 0„sha paytda 
0„zbekiston hukumatini boshqara oladigan zamonaviy bilim va malakaga 
ega boigan o„qimishli bir rahbar nahotki respublikada topilmagan boisa, 
degan qonuniy savol har bir kishining xayolidan, albatta, o„tadi. Bunday 
rahbar ko„plab bor edi va topilar edi. Ammo sho„rolarga o„qimishli, siyosiy 
jihatdan yetuk va iqtidorli rahbar emas, balki mustamlakachilaming barcha 
talab va buyruqlarini quloq qoqmay bajaradigan qo„g„irchoq kerak edi. Bu 
to„g„rida Sho„ro Rossiyasining rahbar arboblaridan biri hisoblangan 
G.Safarovning so„zlari nihoyatda ahamiyatlidir: «Mustamlakachilarga yerli 
xalqdan chiqqan haqiqiy rahbar, o„zlari bilan bir safda turadigan teng 
huquqli o„rtoq kerak emas edi. Ularga tilmochlar va mirshablar kerak edi»
2

«Xalq oqsoqoli» kompartiya va sho„ro hukumatining 0„zbe- kistonga, 
o„zbek millatiga qarshi qaratilgan topshiriqlarini shaxsan ijro etayotganda bu 
topshiriqlaming shovinistik, mustamlakachilik mohiyatini tushunib yetsa -da, 
biroq,. «qo„g„irchoq oqsoqol»lik vazifasini ado etishga majbur edi. Buni 
quyidagi misollar yorqin ifoda etadi. «Zuhro» nomli xabar beruvchining 
1926-yil 17-martda bergan maiumotida «18 lar» guruhi a‟zolaridan biri 
Rahmat 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling