O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘sha manba, 170-bet. 2 «Inqilob quyoshi» gazetasi, 1924-yil 3-sentabr. 335 b) Turkiston va Buxoroning o„zbeklar yashaydigan qismlaridan mustaqil 0„zbekiston Respublikasini tashkil etish; d) Turkmanlami ajratib olib, Xorazm Respublikasini mavjud holida qoldirish. Chunki, Xorazm Respublikasi rahbarlari 1924-yil 8 mayda RKP(b) MQsiga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to„g„risida maktub» yo„llab, unda Xorazmni milliy chegaralashga qo„shmaslikni so„ragan edilar. Ular o„z fikrlarini Xorazmning olisda joylashganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi kabi masalalar bilan asoslagan edilar. 1923-yil oktabrdan Xorazm Kompartiyasining mas‟ul kotibi lavozimida ishlagan Qalandar Odinayev ham bu g„oyani ma‟qullagan edi. Ammo 1924- yil iyul oyida u Markazning fatvosi bilan ishdan olib tashlangach, 1926 - yilda Xorazm Kompartiyasi respublikaning chegaralanishga kiritilishiga o„z «roziligi»ni bildirdi. RKP (b) Markaziy Qo„mitasi siyosiy byurosining 12-iyundagi qarorida shuningdek, Turkistonning qozoq tumanlarini Qozog„iston Muxtor Respublikasiga birlashtirishni hamda bevosita RSFSR tarkibiga kiruvchi Qirg„iziston muxtor viloyatini va 0„zbekiston Respublikasi tarkibida tojik muxtor viloyatini tuzish zarur deb topildi. Hamma ish Moskvada kompartiya MQsi siyosiy byurosi qarori bilan hal etilib bo„lingach, u joylarda muhokama qilinib «yakdillik bilan ma‟qullandi va qo„llab-quwatlandi». Nihoyat, 1924-yil 27- oktabrda SSSR sovetlari markaziy ijroiya qo„mitasining II Sessiyasi 0„rta Osiyo xalqlarining «istagiga asoslanib» Turkiston MIQning Butun Buxoro va Butun Xorazm Sho„rolari qurultoylarining milliy chegaralanish hamda yangi Sho„ro sotsialistik respublikalar va viloyatlar tuzish to„g„risidagi «iltimosi»ni qondirdi. Yuqoridan qabul qilingan qarorlar asosida Turkiston, Buxoro va Xorazmda milliy davlat chegaralanishi o„tkazildi. Turkiston, Buxoro va Xorazm Sho„ro Respublikalari o„mida 0„zbekiston Sho„ro Sotsialistik Respublikasi, Turkmaniston sho„ro sotsialistik respublikasi, 0„zbekiston SSR tarkibiga kiradigan Tojikiston Muxtor sho„ro Sotsialistik Respublikasi, RSFSR tarkibiga kiradigan Qoraqirg„iziston (Qirg„iziston) Muxtor viloyati va Qirg„iziston (Qozog„iston) muxtor sho„ro sotsialistik respublikasi tarkibiga kiradigan Qoraqalpog„iston muxtor viloyati tashkil 336 etildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari ham QASSR tarkibiga kirdi 1 . 0„zbekiston SSR huzurida butun hokimiyat 1924-yil 31 oktabrda tuzilgan 0„zbekiston SSR Inqilobiy Qo„mitasi (Revkom) qo„liga o„tadi. 0„zbekiston SSR Inqilobiy Qo„mitasining raisi etib Fayzulla Xo„jayev tasdiqlandi. Turkmaniston SSRda Inqilobiy Qo„mitani N.Oytoqov boshqardi. 1924-yil noyabr va dekabr oylarida Nusratulla Mahdum Lutfullayev raisligida Tojikiston ASSR Inqilobiy Qo„mitasi, I.Aydarbekov raisligida Qoraqirg„iz (Qirg„iziston) muxtor viloyati Inqilobiy Qo„mitasi faoliyat ko„rsatdi. Inqilobiy Qo„mitalar «milliy jumhuriyat va muxtor viloyatlar»ni tuzish ishi bilan shug„ullandilar. 1925-yil 13-fevralda Buxoro shahrida maxsus qurilgan «Xalq uyi»da 0„zbekiston sho„rolarining 1 umumo„zbek qurultoyi bo„- lib o„tdi. Unda «0„zbekiston sho„ro sotsialistik Respublikasini tuzish to„g„risida» deklaratsiya qabul qilindi. Deklaratsiyada 0„z- bekiston Sho„ro Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi qonuniy rasmiylashtirildi. 0„zbekiston Respublikasi SSSR 2 tarkibiga kirdi. Qurultoyda Respublika davlat hokimiyatining rahbar organi - 0„zbekiston SSRning 160 a‟zosi va 44 nomzoddan iborat Markaziy Ijroiya Qo„mitasi saylandi. Unda Fayzulla Xo„jayev rahbarligida 0„zbekiston SSR xalq komissarlari kengashi tarkibi tasdiqlandi. Qurultoyda Yo„ldosh Oxunboboyev (1885-1943) 0„zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo„mitasiga rais etib «saylandi». Yo„ldosh Oxunboboyevdek 3 oddiy mehnatkash, siyosatdan Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling