O'zbekiston tarixi
qishlogida yersiz dehqon xonadonida tug‘ilgan. 1907-yilda Qo'qondagi rus- tuzem maktabini
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
qishlogida yersiz dehqon xonadonida tug‘ilgan. 1907-yilda Qo'qondagi rus- tuzem maktabini
tugatgan. 1907-yil yozidan Andijon uyezdi Bozorqo‘rg‘on tumani Rova qishlog‘ida Stepanov degan rus boyining uyida xizmatkor boiib ishlagan. Bozorqo‘rg‘on hokimligida mirzalik, xat tashuvchilik qilgan. So‘ngra Jalolobod, Qorasuv, yana Bozorqo‘rg‘on, 0‘sh, Qo‘rg‘ontepa hokimligida mirzalik, tilmochlik qilgan. 1917-yil martdan Qo‘rg‘ontepada komissar boiib ishladi. Shu yil noyabrida shahar dumasiga a’zolikka saylandi. 1919-yil 7-fevraldan Kompartiya a’zosi. Shu yili Andijondagi musulmon askarlar shtabining kotibi etib tayinlandi. 1-iyuldan Andijon shahar inqilobiy qo‘mitasida millatlar boiimi turk sho‘basi mudiri. 1919- yil 24-dekabrdan Andijon uyezd-shahar partiya qo'mitasining mas’ul kotibi. 1920- yil maydan Farg'ona viloyat partiya qo'mitasi a’zosi va raisi. 1921-yil avgustdan Turkiston ASSR MIQ a’zosi, dekabrdan Turkiston Kompartiya MQ a’zosi. 1922-yil 5- fevraldan Turkiston ASSR Yer-suv ishlari Xalq komissari. 1922-yil sentabrdan 1924-yil 8- yanvargacha Turkiston ASSR MIQ Hay’atining raisi, 1924-yil yanvardan noyabrgacha Turkiston ASSR XKK va MIQning Moskvadagi muxtor vakili, so'ngra yana Respublika Yer-suv ishlari Xalq komissari. 332 tanlanmas edi va u amalda birinchi rahbar faoliyatini boshqarib, nazorat qilib borardi. Davlat xavfsizlik qo„mitasining raisi esa umuman mahalliy millat vakillaridan boimasdi. Mahalliy millat vakillaridan birinchi rahbarlikka tanlangan nomzod obdon atroflicha o„rganilib, Moskvaning mafkuraviy chig„irig„idan o„tkazilgandan so„ng «umumxalq» ovozi yoii bilan «saylanardi». «Umumxalq» ovozini qozongan milliy rahbar qizil saltanat mustamlakachilik siyosatini 0„zbekistonda amalga oshirar va bu siyosatga «milliy vatanparvarlik» bo„yog„ini berar edi. Masalaning eng muhim va e‟tiborli tomoni shundaki, o„z davrida milliy manfaatni mustamlakachi sho„rolarga sotib, sidqidildan xizmat qilgan mahalliy millatlar orasidan birinchi rahbarlikka ko„tarilgan arboblaming birortasi ham oqibat natijada obro„-e‟tibor bilan siyosat maydonidan tushib ketmadilar. Aksincha ular ko„pchiligining taqdiri ayanchli va fojiali yakun topdi. Ammo shunga qaramasdan milliy «arboblar» o„z o„tmishdoshlarining fojiali hayot yo„llaridan tegishli saboq chiqarmadilar, o„zlarining tor shaxsiy manfaatlari, mansab shohsupasi yo„lida shuhrat kayfu safosiga berilib xalq va milliy manfaatga xiyonat qilishning yangi- yangi tashabbuslari bilan navbatma-navbat chiqaverdilar va har safar o„zlaridan oldingi o„tgan milliy arboblar nomini bulg„ash va oyoq osti qilishda o„zaro musobaqalashdilar. Albatta, sho„ro hukmronligi davrida faoliyat ko„rsatgan 0„zbekistonning partiya va davlat arboblariga bugungi mustaqil 0„zbekiston davri oichovlari va mezonlari asosida baho bermaslik lozim. Ular yashagan davming mohiyatidan kelib chiqib masalaga yondashadigan boisak, sho„ro hukmronligi davrida milliy manfaat- larga xiyonat qilgan o„zbekistonlik arboblaming yoi qo„ygan xato va nuqsonlarini to„g„ri tushunib, bu ular yashagan davming fojiasi boiganligini ko„rmaslik mumkin emas. Xullas, «lenincha milliy siyosat» insoniyat tarixida to„g„ridan to„g„ri nomlanib kelingan mustamlakachilik siyosatiga qaraganda ham bir necha karra dahshatliroq va reaksionroq mustamlakachilik siyosatining yorqin ko'rinishi edi. Sho„ro hukumati va kompartiyaning Turkistonda yuritgan milliy mustamlakachilik siyosatiga baho berib Mustafo Cho„qay quyidagicha yozgan edi: «Kimki milliy masala sohasidagi Sho„ro siyosatidan o„ziga zamr saboqlar chiqarib olishni istasa, u Lenin programmasi Turkistonda amalda qanday 333 qo„llanayotganini yaxshilab o„rganib chiqishi va shundan so„nggina biron xulosaga kelishi shart». Darhaqiqat, Turkistonda Sho„rolar olib borgan shovinistik mustamlakachilik siyosati lenincha milliy siyosatning naqadar mudhish va dahshatli ekanligini fosh etishda yorqin namunadir. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling