O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan, iqtisodiy sohada Turkiston markazning asosan xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo„lib qolishi lozim edi. Uchinchidan
- Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son
Birinchidan,
siyosiy sohada Turkistonni milliy jihatdan parchalab tashlash, o„lkaning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini yo„q qilish, hududiy jihatdan uni Rossiya Federatsiyasining boiinmas tarkibiy qismiga aylantirish. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada Turkiston markazning asosan xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo„lib qolishi lozim edi. Uchinchidan, ma‟naviy-mafkuraviy sohada o„lkada «shaklan 1 0‘zR MDA, 38-fond, 4-ro‘yxat, 33-ish, 63-varaq. 2 0‘sha manba. 326 milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyat shiori asosida amalda „ ruslashtirish siyosati olib borilishi va kelajakda bu siyosat o„lkadagi tub yerli aholining assimilyatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog„i kerak edi. Sho„ro hukumati va kompartiya o„zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik va ehtiyotkorlik bilan rejali sur‟atda, ammo izchillik bilan amalga oshirdi. U o„z faoliyatida mustamlaka asoratida yashayotgan millatlarda shubha uyg„otmaslik maqsadida milliy masalada ikkita asosiy xavf bor: biri ulug„ davlatchilik shovinizmi va ikkinchisi mahalliy millatchilik degan aqidani ilgari surdi. Kompartiya millatchilikning qaysi biri xavfli: ulug„ davlatchilik shovinizmimi yoki mahalliy millatchilikmi, degan savolga millatchilikning qaysi biriga qarshi kurash susaytirilgan bo„lsa, o„shanisi xavfli deb e‟lon qildi. Amaliy faoliyatda esa sho„ro tarixida ulug„ davlatchilik shovinizmi kasaliga mubtalo bo'lgan va u bilan zaharlangan, ushbu kasallik tufayli Turkistonda tub yerli aholini sonsiz - hisobsiz dahshatli qirg„inlar qilgan, shahar va qishloqlami yondirib, kulini ko„kka sovurgan «ulug„ og„alar»dan birortasiga biror bir keskin chora ko„rilgan emas. Holbuki, har qanday mahalliy millatchilik ulug„ davlatchilik shovinizmi va mustamlakachilik siyosatining aks - sadosidir. Bu narsaga ajablanishning hojati yo„q. Chunki sho„ro davlati va kompartiyaning qabul qilgan qarori, aytgan so„zi bilan amalda qiladigan ishi hech qachon bir xil bo„lmagan, doimo birinchisini ikkinchisi inkor etgan. 0„zining qonuniy va adolatli milliy haq-huquqini talab qilgan mahalliy millat vakillari esa darhol millatchi sifatida qoralanib yo„q qilib borildi. Buni Turkiston o„lkasi xalqlari istiqlol uchun va milliy-ozodlik uchun kurash yillarida o„z tajribalarida ko„rib to„la ishonch hosil qildilar. 1921- yil 8-16-martda Moskvada RKP(b)ning X qurultoyi bo„lib o„tdi. Milliy masala bo„yicha qabul qilgan qarorda qurultoy Kompartiyaga qarshi ikkita og„machilik borligini ko„rsatdi: ulug„ davlatchilik shovinizmi va mahalliy millatchilik. Holbuki, bu paytda Turkistonda milliy istiqlol, erk va ozodlik deb ming- minglab tub yerli aholi qizil askarlaming shafqatsizlarcha bosqini tufayli qurbon boiayotgan edi. Sho'ro hukumati va kompartiya mustaqillik, erk va ozodlik uchun Qizil askarlarga qarshi adolatli kurashga otlangan mahalliy tub yerli vatanparvarlami «bosmachi» deb atadi. Qizil askarlami esa «xaloskor armiya» sifatida ko'klarga ko„tardi. Albatta, bu adolatsizlikni o„z ko„zi bilan ko„rgan xalqning 327 Sho„ro hukumati va kompartiyadan hafsalasi pir bo„ldi. Dastlabki paytlarda Sho„ro va kompartiyaning tashviqot-targ„ibotiga aldanib, uning tomoniga o„tganlar ham tez orada o„z xatolarini tushunib, milliy istiqlolchilar tomoniga goh yashirin va goh oshkora tarzda o„ta boshladilar. Sho„rolar esa bunday vatanparvarlarga «mil- latchilar», «xalq dushmanlari», «aksilinqilobchilar» kabi tamg„a- lami yopishtirdilar. kompartiyaning, V.I.Leninning milliy siyosati amalda shovinistik mustamlakachilik siyosati ekanligini birinchilar qatorida tushungan va anglab yetgan, ushbu masalada shaxsan bolsheviklaming dohiysi bilan uchrashib, milliy masalada uning dasturini inkor etgan shaxs Ahmad Zaki Validiy To„g„ondir. U 20-yillaming boshlarida V.I.Leninga yozgan xatida bunday degan edi: «...0„rtoq Stalin o„rtoq Rudzutak yordamida meni partiyaga qaytarishga urinmoqda. 1920- yilda markaziy komitetga Bokudan yozgan xatimda Moskvaga qarshi qaratilgan faoliyatimni, bosmachilar harakatiga qo„shilishimni ochiq bildirganman, lekin ular bilmaslikka olishyapti... Sovet hukumati 1917 -yil 20-noyabrda qabul qilingan «Rossiya musulmonlariga» nomli dekretdagi Rossiyadan ajralib chiqish huquqi (do otdeleniya ot Rossii) 1920- yilning 19-mayida chiqarilgan farmoningizda (mustaqil Boshqird armiyasini tan olmaslik va uni Old Volga okmgiga bo„ysundirish haqidagi farmon - muall.) ildizi bilan yo„q qilindi. Bundan so„ng, garchi boshqird, qozoq va turkistonliklar hozir magiubiyatlarga uchragan esalar-da, ertangi kun sovet rossiyasidan chiqib ketajak va sharqiy - kun chiqish musulmonlari tarixida yangi bir davr ochilajak: musulmonlaming haq va huquqlarini Rossiyaning ichki kurashlari hal eta olmaslik tajribasi achinarlidir. Shuning uchun ulami hal qilish xalqaro kurash maydoniga chiqadi. Mening maqsadim va asosiy ishim ozodlikka bo„lgan da‟volaming tarixini erkin dunyo orqali bashariyatga ma‟lum qilishdan iboratdir... Velikoroslar hozir o„z qo„li ostida qolgan elat va millatlarga qarshi qaratilgan siyosatini ijtimoiy va iqtisodiy sohadagina emas, madaniyat sohasida ham qat‟iy ravishda amalga oshira boshlaydi» 1 . Ahmad Zaki Validiy lenincha milliy siyosatning reaksion mohiyatini ochib yana davom etadi: «... Siz velikoros o'rtoqlaringiz bilan birga oddiy bir millatning tilidan va yozuvidan boshlab, 1 Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son, Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling