O'zbekiston tarixi
To‘rtinchi eng asosiy saboq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yo‘1
- Ikkinchi yoi
To‘rtinchi eng asosiy saboq
shundan iboratki, Vatan va milliy mustaqillik yoiida jon berib jon olgan haqiqiy vatanparvarlaming, milliy qahramonlaming, xalqning mard va jasur o„gionlarining nomlari Vatan tarixining zarvaraqlarida oltin satrlar bilan yoziladi, ular milliy g„urur, iftixor tuyg„usi sifatida kelajak avlodlarimiz, o„g„il-qizlarimizni yangidan- yangi zafarlarga chorlayveradilar. Ulaming nomlari abadiy va o„chmasdir. 324 1920- 1930-YILLARDA 0‘ZBEKIST0NDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY-MADANIY VA MA’NAVIY 0‘ZGARISHLAR l- §. 20-30-yillarda sho‘rolarning mustamlakachilik siyosati Oktabr harbiy to„ntarishi tufayli hokimiyatni egallab olgan sho„ro hukumati 0„rta Osiyo hududlarida mustamlakachilik tartib- qoidalarini mustahkam poydevor asosida qurish uchun ikki xil kurash yo„lini tanlab olganliklari yuqorida ta‟kidlandi. Birinchi yo‘1, istiqlolga, milliy-ozodlikka otlangan tub yerli musulmon aholini zo„rlik bilan bostirish yoii. Bu yoini sho„rolar tish-timogigacha zamonaviy harbiy qurollar bilan qurollangan Qizil armiya vositasida amalga oshirdi. 30-yillaming o„rtalarigacha va undan keyin ham ana shu siyosat davom ettirildi. Ikkinchi yoi zo„rlik, kuch ishlatish, qamash, surgun qilish va yo„q qilishdan qaytmagan holda o„zgacha fikrlovchi, o„z mustaqil fikriga - xulosasiga ega boigan shaxslarga qarshi mafkuraviy jabhada olib borildi. Sho„ro hukumati va Kompartiya keng mehnatkashlar ommasining ongiga «tinch» kurash vositalari orqali g„oyaviy-siyosiy va mafkuraviy sohada ta‟sir ko„rsatish yoiidan bordi. 0„z niyatini amalga oshirish uchun Sho„ro hukumati o„zida bor boigan barcha imkoniyat hamda vositalami ishga solib: Turkistonni RSFSR tarkibidagi muxtor respublikaga aylantirdi; Xorazm va Buxoro xalq sho„ro respublikalarini tuzdi; Turkiston, Xorazm va Buxoro Kompartiyalarini tashkil etdi, Kasaba Ittifoqi, komsomol, pi oner va shuning singari boshqa jamoat tashkilotlarini shakllantirdi. Natijada juda katta kuch orqali xalq ommasi ongiga sho„rolar va kompartiya rahnamoligida amalga oshirilajak xalqchil, dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik- kommunistik tuzumning «afzalliklari»ni to„xtovsiz singdirib borishga imkoniyat yaratdi. Sho„rolar xalq ommasi ongidan barcha milliy qadriyatlami siqib chiqarish hamda yangicha urf-odatlar va sho„ro an‟analarini singdirishni o„zining bosh maqsadi deb bildi, shu maqsadda 1923-yil 325 9-iyulda Turkiston Respublikasi Mehnat Xalq Komissarligi o„zining 50 - sonli maxsus qarori bilan «Inqilobiy bayramlar va dam olish kunlami»ni„ ham belgiladi. Mazkur qarorga asosan quyidagi kunlar Turkiston xalqlarining «bayram kunlari» deb e‟lon qilindi: 1 yanvar - Yangi yil 22 yanvar - 1905-yil 9-yanvar qonli yakshanba kuni 12 mart - 1917-yil Chorizmning ag„darilgan kuni 18 mart - Parij Kommunasi kuni 1 may - Baynalminal kuni 7 noyabr - Yo„qsillar bayrami kuni 2 Sho„rolar va kompartiya yuritgan bu siyosatning markazida «dunyoda eng adolatli va birdan bir to„g„ri bo„lgan lenincha milliy siyosat» yotardi. Bu siyosatning bosh talabi «millatlaming to milliy mustaqil davlat bo„lib ajralib chiqishiga qadar o„z taqdirini o„zi belgilashi»dan iborat nihoyatda «jozibador» talabdir. Ammo milliy masalada bolsheviklar dasturida ilgari surilgan bu bosh talab faqat deklorativ xarakterga ega bo„lib, amalga oshmaydigan sarobdan iborat edi. Ya‟ni sho„ro Rossiyasi mustamlakachilik, ulug„ saltanatchilik siyosatini «Lenincha milliy siyosat» bayrog„i ostida amalga oshirdi. Amalga oshmaydigan va shirin xom-xayoldan iborat «sotsializm va kommunizm» haqidagi dastur, shior, g„oya va chaqiriqlar amalda Chor Rossiyasiga nisbatan ham ayanchliroq va dahshatliroq mustamlakachilik siyosatining aynan o„zi edi. Uni kommunistik partiya balandparvoz, havoyi, targ„ibot va tashviqotdan iborat g„oyalar va qarashlarda ko„klarga ko„tarib maqtaydi. Lenincha milliy siyosat qobig„iga o„ralib, yurtimizda amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosatining maqsadlari va mohiyati nimalardan iborat edi, degan qonuniy savol tug„iladi. Ular asosan quyidagilardan iborat: Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling