O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

168-169-betlar.
329


soxta «xalq hokimiyati»dan ustalik bilan foydalanadi. Davlatni boshqarish 
va idora qilishda bu tizim «sovetlar+partiya+jamoat tashkilotlari»ning 
birligini o„zida ifoda etar va kompartiyaning yagona rahbarlik prinsipiga 
tayanar edi. Natijada Sho„ro davlatining idora shakli joriy qilindi. Davlat 
sho„rolar nomi bilan yuritiladi. Davlatning Konstitutsiyasiga asosan eng 
yuqori hokimiyat organi Oliy Kengash, ijro etuvchi organi esa xalq 
Komissarlari Kengashi hisoblanar edi. Amaliy faoliyatda esa kommunistik 
partiya davlat organlari ustidan nazoratda cheklanmagan huquqqa ega edi. 
Ya‟ni nomiga davlat sho„ro davlati nomi bilan yuritilsa-da, u hech qanday 
amaliy huquqqa ega emasdi. Biror narsani u mustaqil hal qila olmas edi. 
Barcha huquq kompartiya ixtiyorida bo„lib, Kompartiya davlat ustidagi 
davlat edi. 
Markazdagi idora tartib usuli ittifoqchi respublikalarda ham o„matilgan 
edi. Boz ustiga ittifoqchi respublikalar partiya va sho„ro tashkilotlari hech 
qanday amaliy huquqqa ega emas, faqat Markazning buyrug„ini ijro etuvchi 
filiallar edilar, xolos. Ular, yuzaki qaraganda, «mustaqil-suveren» davlatlar 
edilar: ulaming «o„z sho„ro davlati», «o„z kompartiyasi» va milliy rahbarlari 
bor edi. Amalda esa ular batamom Markazga bo„ysundirilgan mustamlaka 
o„lkaning qo„g„irchoq tashkilotlari edilar. 
Turkistonda sho„ro hokimiyati o„matilgan yillarda va hatto 0„rta 
Osiyoda o„tkazilgan sun‟iy milliy davlat chegaralanishi va 0„zbekiston sovet 
sotsialistik respublikasi tashkil topgan dastlabki yillarda ham partiya va 
davlat tashkilotlarining eng yuqori lavozimlariga mahalliy yerlik kadrlar 
qo„yilmadi, ularga ishonmasdan past nazar bilan qaraldi. Bu davrda yuqori 
partiya va davlat idoralarini asosan ms millatiga mansub kishilar 
boshqardilar. Jumladan, 1917-yilda (15-21-noyabr) bo„lib o„tgan Turkiston 
o„lkasi sho„rolarining III Qumltoyida saylangan Turkiston xalq komissarlari 
kengashining 15 kishidan iborat tarkibida mahalliy yerli millat vakillaridan 
birorta vakil boimagan, hammasi Ovmpa millatiga mansub kishilar edi. 
1918- 
yil aprelda Turkiston o„lkasi muxtor respublikasining 
birinchi koalision Markaziy Ijroiya Qo„mitasi shakllandi. 0„lka 
sho„rolarining V Qumltoyida saylangan bu hukumat tarkibiga 18 bolshevik 
va 18 so„l eser saylangan edi. Markaziy Ijroiya qo„mitasi raisligiga dastlab 
I.O.Tobolin (1885-1941) saylandi. So„ng uni P.A.Kobozev (1978-1941), 
A.F.Solkin (1895-1941), V.D.Votinsev 
330


(1892-1919), A.A.Kazakov (1978-1963) va I.A.Apin boshqardilar. Mahalliy 
millat vakillari bu yerda ham chetlab o„tildi. 
Turkiston o„lkasi Kompartiyasi 1918-yil iyunda shakllanganligi 
yuqorida qayd etildi. Bu partiyaning asoschilari ham ovrupaliklar edilar. Shu 
bois Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo
1
mi tasiga asosan Ovrupa 
millatlariga mansub kishilar: I.Tobolin (rais), A.Solkin, V.Votinsev, 
M.Troiskiy, K.Sorokin, P.Ermolov, N.Xo„- jayevlar saylandi
1

Sho„rolar Turkistonida xalq ommasi orasidan o„ta qiyin sharoitlarda 
yetishib chiqqan, respublika rahbarligiga nomigagina saylanib, tayinlanib 
qo„yilgan milliy arbol iming qismati ham og„ir kechgan. Ular Markaz va 
uning 
Markaziy 
Osiyodagi 
dastyor, 
ijrochi, 
gumashta 
organlari 
Turkkomissiya, Turkbyuro, 0„rta Osiyo byurosi kabi organlar chizib bergan 
yo„ldan sal bo„lsa-da og„ib, millat manfaati, mustaqillik uchun harakat 
qilgudek bo„lsalar, ular darhol boshqa kadrlar bilan almashtirilganlar. Misol 
sifatida taniqli istiqlol kurashchisi Salimxon Tillaxonovning 1930 -yil 5-
iyundagi tergovda bergan mana bu ko„rsatmasini keltiramiz: «... Kunlaming 
birida «Ko„mak» jamiyati ishi yuzasidan Turkiston Markaziy Ijroiya 
Qo„mitasi raisi Xidiraliyevga murojaat qilgandim. Turkmarkazijroqo„midagi 
ishlar tugashi bilan Xidiraliyev taklifi bo„yicha u bilan Turkmarkazijroqo„m 
yotoqxonasidagi uyida bo„ldim. Tushlik ovqat chog„ida Xidiraliyev 
Turkiston Respublikasi- dagi umumiy ahvoldan noroziligini bildira boshladi. 
Xidiraliyev shunday degan: «Salimxon! Meni ham chamasi ishdan olishsa 
kerak, chunki men ham Risqulovga o„xshab byudjet masalasini tushuna 
boshladim, paxta bilan bog„liq ishlarga aralasha boshladim. Turkiston ishchi 
rayoni emas, balki qishloq xo„jaligi rayonidir. Shuning uchun bu yerda 
dehqonlar manfaatiga rioya etish lozim. 
Qanday bo„lganida ham mustamlaka mustamlakachiligicha qolaverar 
ekan. О„zing mamlakatga egalik qilmas ekansan, Respublika Prezidenti 
lavozimi mustaqil harakat qilish uchun hali- veri imkon bermas ekan. 
Risqulovni shuning uchun ham ishdan oldilarki, chunki paxta ishiga 
aralashgan edi. Endilikda aftidan shunday qismat mening boshimga ham 
tushsa kerak?»
2


Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling