O'zbekiston tarixi


-§. Istiqlol harakati va uning yengilish sabablari va saboqlari


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

14-§. Istiqlol harakati va uning yengilish sabablari va saboqlari
 
Turkiston o„lkasi xalqlarining milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun 
kurashi 16-yil davom etdi. Sho„ro qirginlari tufayli 1935- yilga kelib 
mamlakatimiz jasur vatanparvarlarining qarshiligi sindirildi. Natijada 
Turkistonni bosib olib o„z mustamlakachilik tartib-qoidalarini o„rnatdilar. 
Turkiston Sho„ro Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi Raisi 
Abdulla Rahimboyevning quyidagi so„zlari bu fikrga yanada oydinlik 
kiritadi: «Rusiya bosmachilik harakatini 1935-yilda o„rtadan yo„q qildi». 
Ammo bundan Turkiston o„lkasi xalqlarining Sho„ro istibdodiga qarshi 
milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurashlari 1935-yildan keyin batamom 
barham yedi va to„xtab qoldi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Milliy 
mustaqillikka, erk va ozodlikka an‟anaviy tashna boigan mamlakatimiz 
xalqlari keyinchalik ham bosqinchi Sho„ro saltanatiga qarshi kurashni bir 
daqiqa boisa-da to„xtatmadilar. Bu kurash 1991-yil avgustga qadar goh 
oshkora va goh pinxona sur‟atda davom etdi. 1917—1934-yillar mobaynida 
olib borilgan istiqlolchilik, erk va ozodlik kurashining yengilishi va 
magiubiyatga uchrashining sabablari nimalardan iborat? Bu sabablar asosan 
quyidagilardir: 
1. Turkiston oikasi xalqlari istiqlol uchun erk va milliy ozodlik uchun 
dunyodagi eng katta va qudratli mustamlakachi davlat boigan Sho„ro 
Rossiyasiga qarshi jang qildilar. Bu davlat o„zining shakllangan va kuchli 
davlat boshqaruv mexanizmiga, qudratli va muntazam Qizil Armiyaga ega 
edi. Bu armiya eng zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarogiar bilan 
ta‟minlangan edi. Vatandoshimiz tarixchi Boymirza Hayit so„zlariga 
qaraganda: «Qizil Armiya bosmachilikka qarshi tanklar, samolyotlar, to„plar 
va gaz ishlatdi. Hatto choilardagi ba‟zi jarliklar zaharlandi». 
2. Turkiston oikasi Rossiyaning mustamlakasi edi. Turkistonning bir 
boiagi hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi, rasmiy sur‟atda 
mustaqil davlat boisa-da amalda batamom Rossiyaga qaram va yarim 
mustamlaka boigan. 0„lka umuman olganda har jihatdan, xususan iqtisodiy 
tomondan kam taraqqiy etgan boiib 
320


Rossiya izmida edi. Shu boisdan butun Turkiston o„lkasi yagona jabha boiib 
dushmanga qarshi kurashga otlana olmadi. 
3. Buxoro amirligi va Xiva xonligida xalq ommasi g„oyatda og„ir va 
qiyin sotsial-iqtisodiy sharoitlarda yashar, zulm-zo„rovonlik kuchli edi. 
Xalqning aksariyat ko„pchiligi amir va xon siyosatidan norozi edi. Shu bois 
Sho„roning mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi Turkiston xalqlari 
kurashga otlangan bir paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi 
fuqarolaming bir qismi amir va xonga qarshi boidilar, Sho„rolar 
Rossiyasidan yordam va madad kutdilar, o„z kelajak taqdirlarini unga 
bogiadilar. Natijada amir va xon hokimiyati kuchsizlandi, u yolgizlanib 
qoldi va dushmanga qarshilik ko„rsatishda ojizlik qildi. Keyinchalik, bu 
hayotiy xatoni anglab yetganlarida esa, kech boigan edi. 
4. Milliy istiqlol jangchilari tarqoq harakat qildilar va ular har xil 
kurash yoilarini tanladilar. 
Ular alohida-alohida, mustaqil harakat qilmasdan, yagona va 
markazlashgan holda birgalashib jang qilganlarida, albatta, g„alaba 
qozonishlari mumkin edi. Chunki, 1919-yil mart oylariga qadar qizil 
qo„shinlar ham Farg„ona vodiysida, Markaz atrofida mustahkam kuch 
sifatida uyushtirilmagan va tarqoq holda edilar. Buni Farg'ona fronti 
qo„mondonlaridan biri, Bozorqo„rg„on singari qishloqlami kulini ko„kka 
sovurgan Konovalovning quyidagi iqroridan ham payqab olsa boiadi: 
«1919-yil yanvar oyida Turkrespublika harbiy Qo„mitasi aftidan 
bosmachilik harakatiga e‟tiborini qaratdi va Toshkentdan maxsus hamda har 
xil topshiriqli va nomli otryadlar kela boshladi. Masalan, uch yuz ellikta 
qilich bilan Zolotuxinning jazo otryadi; 2.150 kishilik Petrenkoning otryadi 
va 400 kishiga yaqin 1-G„arbiy Orenburg yig„ma polki, bundan tashqari 
joylarda mahalliy otryadlar tashkil etila boshlandi, masalan, o„rtoq 
Kujeloning Qo„qon Kommunistik otryadi. Qaytaraman, Farg„onaga e‟tibor 
berilgandek boiib ko„ringani bilan, bu e‟tibor tasodifiy va noaniq reja 
bo„yicha edi, chunki bunga qaramay, bu oyda shuncha otryadlar kelgani 
bilan boshliq tayinlanmagan edi»
1
. Faqat 1919-yil mart oyida Farg„ona 
frontining boshqaruv idorasi tuzilib, M.V.Safronov Farg„ona fronti 
qo„shinlariga bosh qo„mondon etib tayinlangach
2
, qizil qo„shinlar 
markazlashgan va tashkiliy uyushgan kuch sifatida harakat qila boshlaydilar. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling