O'zbekiston tarixi
partiya dasturlarida e‟tibor berilgan masalalar majmui va ulaming
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiya dasturlarida e‟tibor berilgan masalalar majmui va ulaming yechimidan kutilgan maqsadlar bir xil. Biroq shunday boisa-da, milliy radikal jadid partiyasi dasturiga kirgan 19 moddadagi ba‟zi bir masalalar quyidagicha o„ziga xos milliylik va aniq amaliy xarakterga ham ega edi. Uning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Milliy madaniyatga ega boiib, mustaqil millat sifatida yashash hayotning asosi boiishi kerak. Bu esa barcha millatlaming ideali. Maqsadimiz Turkistonni mustaqil etib, hukumatni ham milliy qilish. Mill at, til, din, madaniyat, adabiyot, urfi odat birligiga asoslanadi. 2. Ozod Turkistonda davlat formasi va idorasi Jumhuriyat boiib, hokimiyat asosini demokratik yoi bilan saylangan millat majlisi yoki viloyat, shaharlarda viloyat ham shahar majlislari (zemstvo) tashkil qiladi. 3. Markaziy hukumat a‟zolari millat majlisining roziligiga ko„ra jumhuriyat raisi tomonidan yoki viloyatlardagi vakillar markaziy hukumat tarafidan tayinlanajak. Viloyat va shahar idora majlislarining raislari shu majlisning o„zida saylanib qo„yilajak. Millat majlisi, jumhuriyat raisi, viloyat majlislarining saylash tartibi mustaqil Turkistonning birinchi qurultoyi tomonidan belgilanajak. 4. Turkistonda turk boimagan ozchilik ham madaniy huquq- lardan foydalanajak. Turkiy xalqlar Turkiston madaniyatini kuchli ravishda yashnatish uchun barcha choralami ko„rishlari kerak. 5. Turkiston milliy hukumati Turkiston milliy askariga tayana- jak, harbiy xizmat majburiy. 6. Ichki osoyishtalikni saqlash uchun viloyat idoralari joylarda polisiya tashkil qiladi va bu uyushma mamlakatning milliy huquqli uyushmalariga bogiiq boiajak. 7. Mamlakatda vijdon erkinligi to„la ta‟minlanajak. Diniy ibodat va urfi-odatni erkin ravishda boshqarishi davlat yoii bilan ta‟minlanajak. Mamlakatda boshqa din missionerlarining ish olib borishlariga ruxsat berilmaydi. 8. Matbuot va nashriyot hurriyati ham shaxs erkinligi davlatning asosiy qonunlari tarafidan ta‟min etilajak. 9. Mamlakatning asosiy soligi kirimga qarab olinajak. Me- rosdan ham soliq olinajak. Turkistonda eski zamonalardan qolgan har xil oliq-soliqlar bekor qilinajak. 10. Yer masalasida asos - yeming, yer osti va yer yuzi boylik- larining, o„rmonning, havzaning davlat mulkiga o„tishi. Yer dehqonlarga (qishloq krestyanlariga) xususiy mulk qilib berilajak. 11. Alohida shaxslar o„zaro kelishib, yer va suv sotish masalasini hal etmayajak. Bunday ish davlat vositasida boshqarilajak. Yer berish huquqi mahalla shartlarga ko„ra qonun asosida belgilanajak. 12. Turkistonning ozodligi iqtisodiy mustaqillik asosidagina amalga oshirilur. Shuning uchun Turkiston boshqa qo„shni davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlaming hozirgi zamon formasi asosida oyoqqa turib, tobora rivojlanib borishni ta‟min qilishga harakat qilajak. 13. Turkistonda yer masalasining asosi - suv. Shuning uchun millatning barcha kuchi xalqni suv bilan ta‟minlab, turmushni yaxshilashga sarflanajak. Suv idorasi ishlarini tartibga solishga katta ahamiyat berilajak. 14. Turkistonda, awalo, qozoq, qirgiz, turkman xalqlaridagi eng muhim masala - ko„chmanchi xalqlaming o„troq hayotga o„tishi. Bu masala katta- katta suvlik vohalar yoqalarida, yangi yuqori vohalar yoqalarida yangi katta qurilishlar qilish yoii bilan hal etilajak. 317 Turkistonda turkiy xalqlardan ham musulmonlardan boshqa ко„chib keluvchifar qabul etilmayajak. 15. Turkistonda ishchilar masalasi bu mamlakatdagi milliy sanoatning o„sishiga bogiiq. Ishsizlaming ish shartlari, sug„urta va boshqa masalalar ilg„or mamlakatlardagi yoilar bo„yicha tartibga solinajak. 16. Yustisiya masalasida toia mustaqillik va har kim uchun teng huquqlilik. Dini va dunyoga qarashi qanday boiishidan qat‟iy nazar har bir kishi hozirgi zamon qonunlari himoyasi bilan ta‟min etilajak. 17. Maorif sohasida toiiqsiz boshlang„ich ta‟lim olish imko- niyatlari yaratilajak. Mamlakatning o„z grajdanlari, davlat manfaatlariga qarshi kelmagan holda xususiy maktablar ochishga huquqli. 18. Turkistonda, eng awalo, professional maktablar yoiga qo„yilajak. Ovrupaga o„quvchilar yuborishga ahamiyat berilajak. 19. Qadimiy madaniyat o„chog„i boigan Turkistonda asrlar mobaynida yuzaga kelgan madaniyat yodgorliklari himoya ostiga olinajak va ular milliy madaniyatning o„sishiga xizmat etajak 1 . «Jadid taraqqiyparvarlar partiyasi» mazkur dastur asosida Sho„ro qizil saltanati davrida milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun katta ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida kurashadi. Ammo kompartiya rahnamoligida Sho„ro hukumati boshqa siyosiy partiyalar qatorida jadid taraqqiyparvarlariga ham yo„1 bermaydi. Bu tabiiy edi, albatta. Shunday qilib, biz 1917-1934-yillarda Turkistonda milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashni o„z oldiga bosh maqsad qilib qo„ygan siyosiy Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling