11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- “Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad
11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja: 1. “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. Dinshunoslikning ijtimoiy gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. 3. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari. 4. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi hamda dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy taraqqiyoti. Tayanch tushunchalar:Din, e’tiqod, ibodat, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi, din mifologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi,din fenomenologiyasi, din falsafasi, din tarixi 1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bir paytda din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining saloxiyatsizligi hammaga ochiq- oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. “Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan muhim o‘zgarishlar, yangiliklar haqida ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan. Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy- ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi. “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondashib o‘rganadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling